Vazifasini bajarish uchun darsdan keyin olib qolish; ta‘sir ko’rsatish uchun




Download 128,12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.02.2024
Hajmi128,12 Kb.
#151686
Bog'liq
035-035



35 
vazifasini bajarish uchun darsdan keyin olib qolish; ta‘sir ko’rsatish uchun
pedagoglar kengashiga chaqirish; ta‘lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan
ogohlantirish e‘lon etish; xulqiga qo’yilgan bahoni pasaytirish; sanab o’tilgan
jazo choralarini qo’llanganda o’qituvchi har bir o’quvchining shaxsiy va yosh 
xususiyatlarini, sinf yoki guruhning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olmog’i 
kerak. 
Po’pisa. Po’pisa - man etilgan va bema‘ni hatti-harakatlarni to’xtatishga
va oldini olishga yordam beradi. «Abbos, so’kishni tashlamasang, sinfga 
kirgizmayman» yoki «Vali, kelgusi darsga yozib kelmasang, shu yerda olib
qolib, yozdiraman». Mana bunday po’pisa kichik bolalar uchun mos hamda 
ishonarli bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, po’pisa qilgan bilan aytganini
qildirolmagan o’qituvchining obro’si tushib ketadi. Shuning uchun o’qituvchi 
bolalarga oqilona, onda-sonda po’pisa qilishi va har bir buyurilgan ishning qat‘iyat 
bilan amalga oshirilishiga erishishi kerak. 
Koyish. Koyish - bema‘ni qiliqlarning yaramasligini aytish va
ogohlantirish shakllaridan biridir. O’quvchining salbiy harakatlari, qiliqlari va
tartibni buzganliklari uchun ularni koyib qo’yish zarur. Koyish o’git-nasihat
bilan birga qo’shilgan holda qo’llanadi. Ya‘ni, o’quvchiga qilgan gunohining
yaramas ekanligi, bu gunohning oqibati xayrli emasligi yotig’i bilan
tushuntiriladi va uni tuzatish yo’llari ko’rsatiladi va yana qaytarmasligi 
uqtiriladi.O’quvchilarni koyiganda ularni to’g’ri yo’lga solib yuborish ko/zda 
tutiladi. Shuning uchun har bir qilingan aybning o’z darajasiga qarab 
tarbiyalanuvchiga shu aybning yaramasligi tushuntiriladi. Koyish paytida
nihoyatda osoyishta hamda muloyimlik bilan gapirilishi lozim. Uyaltirish,
qizartirish. Odamning eng nozik his-sezgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-hayo 
hissidir. Odam o’z «shaxsi»ning boshqa odamlar ko’z oldida qadrsizlanishini,
ya‘ni belgilangan qoidalarni buzganini yoki bilishi kerak bo’lganini bilmay 
qolganini anglagan taqdirda qizaradi, uyaladi. O’quvchilarni tarbiyalashda ularning 
uyat, sharm-hayo hissiga ehtiyotlik bilan ta‘sir etish kerak. O’quvchilarning
uyalishi va qizarishi uni shu ayb xatoni qaytarmaslikka olib kelishi, u tavba
qilishi mumkin. Lekin uyalish-qizarish natijasi hamma vaqt ham
tarbiyalanuvchini tavba qilishga olib bormaydi. Bola boshqalar oldida
sharmanda bo’lish, qizarishni istamagani uchun noto’g’ri hatti-harakatlarni
yashirincha qilishga intiladi. Mana bunday holda uyat ikki yuzlamalik, 
munofiqlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham yoshlarni hadeb uyaltiraverish 
va qizartiraverish yaramaydi. O’quvchini yolg’izligida yoki tengdoshlari o’rtasida 
kamroq uyaltirish kerak. 
Yuqorida aytib o’tilgan metodlardan tashqari kun tartibi, odatlantirish va 
o’yin hamda sport vositalaridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, tarbiya 
jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma‘naviy madaniyat namunalari,
ko’rgazmalari, o’quv qurollari, badiiy-ilmiy adabiyotlar, san‘at asarlari, radio,
televidenie, kompyuter, magnitafon, slayd kabi axborot va texnik vositalardan
ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Ulardan maqsadga muvofiq va 
samarali foydalanish uchun o’quvchi talabalarning ongi, his-tuyg’usi va xulq-

Download 128,12 Kb.




Download 128,12 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazifasini bajarish uchun darsdan keyin olib qolish; ta‘sir ko’rsatish uchun

Download 128,12 Kb.
Pdf ko'rish