• 2.XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTON
  • Xvi-xviii asrlarda yaponiya va koreya XVI-XVIII asrlarda xitoy




    Download 26,3 Kb.
    bet1/2
    Sana13.05.2024
    Hajmi26,3 Kb.
    #228760
      1   2
    Bog'liq
    Xvi-xviii asrlarda yaponiya va koreya XVI-XVIII asrlarda xitoy


    1-Mavzu:Yangi davrda a’naviy sivilizatsiya mamlakatlari.XVI-XVIII Xitoy,Hindiston,Yaponiya va Korea.
    Reja:
    1.XVI-XVIII ASRLARDA XITOY
    2.XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTON
    3.XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA VA KOREYA

    1.XVI-XVIII ASRLARDA XITOY
    Siyosiy hayot. XVI asr oxiri - XVII asr boshlarida Xitoyda min sulolasi siyosatidan norozilik kuchaydi. Mamlakatda islohotlar tarafdori bo‘lgan kuchlar shakllandi. Davlat boshqaruvini isloh qilish, mamlakatni boshqarishda bevosita imperatorning rolini oshirish, shuningdek, iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligini va ishlab chiqarayot gan mahsulotlarining sifatini oshirish uchun davlat manufakturalari va ustaxonalarini xususiylashtirish, dehqonlarning yerlarini tortib olishni to‘xtatish, soliqqa tortish tizimini tartibga solish kabilar muhim o‘rin tutardi. XVII asr boshlarida islohotchilar Pekinda hokimiyatni egallashga erishdi va amalda o‘z dasturidagi talablarni hayotga tatbiq etishga urindilar. Ammo saroy asilzodalarining qarshiligi tufayli islohotchilar hokimiyatdan chetlatilib, ko‘pchiligi qatag‘on qilindi. Davlat xazinasini o‘marish, dehqonlar yerlarini tortib olish, soliqlar va shaxsiy majburiyatlarni oshirish davom etaverdi. Xitoyning xalqaro ahvoli ham tobora yomonlashib bordi. Biroq minlar hokimiyati uchun hukmron tuzumga qarshi tobora yirik miqyosdagi urushga aylanib borayotgan dehqonlar qo‘zg‘olonlari, ayniqsa, xavfli edi. Chin (sin) sulolasi hukmronligi. XVI asr oxirida Amur daryosidan janubda manjur qabilalarining ittifoqi paydo bo‘ldi. Manjurlar o‘z davlatini tuzib, qo‘shni Mo‘g‘ulistonni bo‘ysundirdi. 1636-yili manjurlar sardori Abaxay o‘zini xon, yangi davlatni esa Chin (ya'ni «sof», «toza») deb atadi. Chinlar Xitoyni egallash uchun uzoq kurash olib bordi. Shu davrda Xitoyda xalq qo‘zg‘olonlarining avj olishi va bir guruh qo‘zg‘olonchilarning Pekinni egallashi ham chinlarga yordam berdi. 1644-yili Pekinga kirib kelgan manjurlar hukmdori Shunchji Xitoy imperatori deb e'lon qilindi. Chinlar Xitoydagi dehqonlar qo‘zg‘olonini bostirdi. Mahalliy vatanparvarlarning Nankin shahrida chinlarga qarshi yagona front tuzish uchun urinishi ham muvaffaqiyat qozonmadi. Keyingi bir necha yil davomida chinlarga qarshi bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar ham qo‘shinlar tomonidan shafqatsiz bostirildi. Chinlarning butun Xitoy hududini egallashi oson kechmadi. Har bir shahar qattiq janglar bilan olindi. Uzoq davom etgan urushlardan so‘ng Tayvan ham egallab olindi va Xitoy hududi to‘liq bo‘ysundirildi. Manjurlarning chin sulolasi Xitoyda 1911-yilgacha hukmronlik qildi. Chinlar XVII-XVIII asrlarda o‘zlarining bosqinchilik siyosatini davom ettirdi. Koreya, G‘arbiy va Shimoliy Mo‘g‘uliston, Vyetnam, Qashqar bo‘ysundirildi, Birma ham chinlarga vassallikni tan oldi. Iqtisodiy hayot. XVI asr boshlariga kelib, Xitoyda agrar soha rivojlanishning ancha yuqori darajasiga erishgan bo‘lib, u mamlakat iqtisodida muhim o‘rin tutardi. Ish qurollari oddiy bo‘lsa-da, dehqonlar aholining asosiy oziq-ovqati bo‘lgan sholidan yuqori hosil olardi. Ular yangi texnologiyalar, masalan, sholi ekishning uyali usulini, sifatli urug‘ tayyorlash kabilarni joriy qilgandi. Xitoy dehqonlari sholidan tashqari, paxta yetishtirishda ham katta yutuqlarni qo‘lga kiritdilar. Xitoyda yerga egalik qilishning ikkita asosiy turi - davlat va xususiy yer egaligi mavjud edi. Ammo xususiy yerlar XVI asr davomida kamayib bordi. Dehqonlarning yerlari asta-sekin katta yer egalari, sudxo‘rlar va amaldorlarning qo‘llariga o‘tdi. Yerlarning katta qismi bevosita imperatorning mulkiga aylandi. Dehqonlar yerlarni ijaraga olib, ekin ekardi. Ijara haqi hosilning 50 foizini tashkil etardi va bu dehqonlarni holdan toydirib, ularning noroziligiga sabab bo‘lardi. Bu davrda soliqlar ham doimiy oshib bordi. Ular natural holda sholi bilan olinar va faqat XVI asrdan soliqlar kumush tanga bilan to‘lana boshlandi. Bu qiyinchiliklar bir qator dehqonlar qo‘zg‘olonlariga olib kelib, ular butun imperiya hududini qamrab oldi. Shaharlarda aholi soni qishloqqa nisbatan ancha kam edi. Shaharliklar, asosan, hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanardi. Gazlama ishlab chiqarishda o‘z davri uchun ancha mukammal bo‘lgan dastgohlar, shu jumladan, suv bilan aylantiriluvchi qurilmalar ham qo‘llanilardi. Binolar qurilishida ko‘tarish moslama (kran)lariga o‘xshash qurilmalardan foydalanilardi. O‘sha paytlardan saqlanib qolgan binolar bugungi kunda ham o‘zining mukammalligi va mahobati bilan kishini hayratga soladi. Yirik va mustahkam kemalar qura oladigan xitoylik kemasozlar ham texnik yutuqlarga erishgan edi. Xitoy texnik taraqqiyotda G‘arbdan tobora ortda qolib ketayotgan bo‘lsa-da, to XVIII asrning oxirigacha u iqtisodiy jihatdan dunyoning eng qudratli davlatlaridan biri bo‘lib qoldi. Yevropaliklarning Xitoyga kirib kelishi. Xitoy afsonaviy boy mamlakat sifatida yevropaliklarda doimiy qiziqish uyg‘otib kelgan. Yevropaliklar Xitoyning texnik yutuqlarini o‘zlashtirib olishga intilgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan so‘ng kuchaygan bu jarayon XVII asrda ham davom etdi. Ispaniya Filippinni egallab olganidan so‘ng, atrofdagi orollarda savdo bilan shug‘ullanuvchi minglab Xitoy 71 fuqarolarini yo‘q qilib yubordi. Xuddi shunday yovuzlik keyin ham takrorlandi. XVII asrda Xitoy qirg‘oqlarida golland kemalari paydo bo‘ldi. Ular Tayvan orollarining bir qismini egallab oldi. Shuningdek, Angliya ham bu hududlarga qiziqish bildira boshladi. Inglizlar Guanchjou hududiga o‘rnashib, bu yerda savdo olib borish uchun Xitoy hukumatidan ruxsat oldi. Yevropaliklar Xitoydan ipak va chinni olib ketib, bu yerga tamaki va o‘qotar qurollar olib kelardi. XVIII asrning 70-yillarida Rossiya Xitoy bilan o‘zaro aloqalar o‘rnatishga urindi. Ammo ikkala davlat o‘rtasida Uzoq Sharqda va Markaziy Osiyoda ta'sir uchun kurash bunga yo‘l qo‘ymadi. Keyin ikki tomon o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. XVI - XVIII asrlarda Xitoy madaniyati. Minlar davrida Xitoy madaniyati gullab-yashnadi. Oldingi davrlarning eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib olgan jamiyat taraqqiyotning yangi bosqichiga ko‘tarila oldi. Bu davrda qadimiy din va dunyoqarashga asoslangan madaniyatni Yangi davr talablariga moslashtirish boshlandi. Minlar davrining eng mashhur olimlaridan biri Van Yanmin xitoyliklar dunyoqarashining asosi bo‘lgan konfutsiylikdan voz kechmagan holda, bu ta'limotni o‘zgargan tarixiy vaziyatga mos ravishda, yangicha sharhlay boshladi. Chinlar davriga kelib, adabiyotda ham katta yutuqlarga erishildi. Qadimgi xalq afsonalari asosida «G‘arbga sayohat» romani yaratilib, unda xitoylik ruhoniyning mo‘jiza izlab Hindistonga qilgan safari tasvirlanadi. Bu roman kitobxonlarning ko‘plab avlodlarida katta taassurot qoldirdi. 72 XVI—XVII asrlarda teatr san'atining eng mashhur turi, umummilliy teatrga aylangan, kunsyuy bo‘ldi. Unda aktyorlar niqob kiyib rol o‘ynashadi. Kunsyuy asosida shakllangan Pekin operasi butun dunyoga mashhur bo‘ldi. Tasviriy san'atda o‘tmish an'analari davom ettirildi. Minlar davrida Tasviriy san'at akademiyasi qayta tiklandi. Badiiy asarlarga tasviriy bezak berish san'ati rivojlandi, peyzaj san'ati ham gullab-yashnadi. Xitoylik ustalar, faqat o‘z yurtlaridagina emas, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham juda qadrlanadigan chinni, gazlama, loklangan miniaturalar yaratishda katta yutuqlarga erishdilar.
    2.XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTON
    Boburiylar imperiyasiga asos solinishi. XVI asrda Hindiston siyosiy tarqoqlik holatida bo‘lib, o‘zaro ichki nizo va urushlar mamlakatni holdan toydirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik 73 bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahiriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanishga qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida afg‘onlarning lo‘diylar sulolasidan bo‘lgan Ibrohim Lo‘di hukmronlik qilardi. U 1526-yil 21-aprelda Bobur qo‘shiniga qarshi bo‘lgan Panipat jangida mag‘lubiyatga uchrab, halok bo‘ldi. Dehli sultonligida Bobur taxtga keldi va boburiylar sulolasiga asos soldi. Bobur 1530-yili vafot etgunga qadar Hindistonda hukmronlik qildi. Boburning vasiyatiga ko‘ra, taxtga uning katta o‘g‘li Humoyun o‘tirdi. Ammo Humoyunga qarshi birlashgan mahalliy zodagonlar 1540-yili uni taxtdan ag‘darishdi. Jangda mag‘lub bo‘lgan Humoyun Eron shohi Taxmasp I saroyidan panoh topdi. Hindistonda taxtni afg‘onlarning sur qabilasi sardori Sherxon egallab oldi. Humoyun uzoq kurashlardan so‘ng 1555-yili Dehlini qaytarib oldi, ammo ko‘p o‘tmay vafot etdi. Taxtga Humoyunning o‘g‘li Akbar keldi. U Bobur vorislari orasida eng mashhuri, buyuk islohotchi sifatida nom qoldirgan. Bu shoh Hindiston tarixida «Buyuk Akbar» nomi bilan ataladi. Akbar 1556—1605-yillarda Hindistonni boshqardi. U ham harbiy, ham diplomatik usullar yordamida barcha musulmon beklari va hind rojalarini o‘ziga bo‘ysundirdi. Akbarshoh islohotlari. Akbarshohning hukmronlik yillari imperiyaning oltin davri bo‘ldi. Akbarshoh markazlashgan davlat va kuchli hokimiyatni barpo etish maqsadida imperiyani viloyatlarga ajratib, ularga o‘z noiblarini tayinladi. Soliq tizimi ham isloh qilinib, imperiya hududida yagona savdo solig‘i joriy etildi, xolisa va jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undiriladigan bo‘ldi. Butun imperiya uchun bir xil uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari hamda Mirzo Ulug‘bek tizimiga asoslangan yagona taqvim joriy qilindi. Mamlakat bo‘ylab saroylar, me'moriy inshootlar va bog‘lar barpo etildi. Ilm-fan, san'at va dehqonchilik rivojlandi. Yo‘llarni ta'mirlash, karvonsaroylar qurish hamda dengiz yo‘llari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-sotiq ishlari olib borishga katta e'tibor qaratildi. Islohotlar ichida Akbarga eng katta shuhrat keltirgani diniy islohot bo‘ldi. Odamlar islom, hinduizm va boshqa bir qator dinlarga sig‘ina74 digan ko‘p dinli Hindistonda Akbarshoh diniy murosasozlik siyosatini olib bordi. U mamlakatni boshqarishga musulmonlar bilan birga hindlarni ham jalb etdi, musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jon solig‘i — jizyani bekor qildi, hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni ham man etdi. Akbarshoh o‘z mamlakatida diniy bag‘rikenglik siyosatini yuritib, hindlar orasida islom dinining tarqalishini rag‘batlantirdi va ayni paytda hindlarning har qanday kamsitilishini bekor qildi. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarix ilmini yaxshi egallagan ma'rifatli hukmdor edi. U hindlar bilan musulmonlarning tinch-totuv yashashlariga erishdi. Akbarshoh yuritgan adolatli siyosat Boburiylar davlatining ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishida katta rol o‘ynadi. Bu esa, o‘z navbatida, imperiya qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qildi. Akbarshoh Hindistonda yuritgan adolatli siyosati tufayli «Milliy podshoh», «Xalq hukmdori» nomlariga ham sazovor bo‘ldi. U 1605-yilda vafot etdi. Akbarshohning islohotlari musulmon zodagonlar va diniy mutaassiblarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Norozilar orasida Akbarshohning o‘g‘li, taxt vorisi Jahongir Mirzo ham bor edi. U taxtga kelishi bilan, otasining ko‘plab islohotlarini bekor qildi. Imperiya inqirozining boshlanishi. Akbarshoh vorislarining siyosati imperiyaning iqtisodiy ahvolini og‘irlashtirdi. Davlat xazinasiga tushumlar kamayib ketdi. Bunday holatda imperiyadan ajralib chiqish, ayirmachilik kayfiyati kuchaydi. Natijada, Boburiylar imperiyasi inqirozga yuz tuta boshladi. Bunday holat, ayniqsa, Shoh Jahonning o‘g‘li Avrangzeb Olamgir hukmronlik qilgan yillarda (1658—1707) avjiga chiqdi. O‘zaro qonli to‘qnashuvlar oqibatida taxtga kelgan Av75 rangzeb parchalanayotgan imperiyani saqlab qolishning yo‘li sifatida islom dini qoidalarini qat'iy joriy qilishga kirishdi. Musulmon bo‘lmaganlardan olinadigan jizya solig‘ini qayta tikladi, hindlar uchun qolgan barcha soliqlarni ikki hissaga oshirdi, ularga o‘z bayramlarini nishonlashni taqiqladi, hind ibodatxonalarini buzib tashlashni buyurdi. Oqibatda, mamlakat bo‘ylab xalq qo‘zg‘olonlari boshlanib ketdi. XVIII asr boshlariga kelib, imperiya parchalana boshladi. Armiya o‘zining avvalgi qudratini yo‘qotdi, mahalliy hukmdorlarning mustaqilligi oshdi. Shunday holatda Hindistonga avval eronliklar, so‘ngra afg‘onlar bostirib kirib, mamlakatni taladi. Boburiy hukmdorlarning hokimiyati tobora zaiflashib bordi. Mamlakat feodal tarqoqlikka qaytib, yevropaliklarning kirib kelishi uchun qulay sharoit yaratildi. Yevropaliklarning Hindistonga kirib kelishi. Yevropa davlatlarining maqsadi Hindistonning ulkan boyliklariga, unumdor yerlariga ega bo‘lish edi. Boburiylar imperiyasining inqirozi tufayli Yevropa hukmdorlari o‘z maqsadlarini amalga oshirishga kirishdi. Chunonchi, 1757-yili Buyuk Britaniya Bengaliyani bosib oldi. Bu boy hudud Buyuk Britaniyaning keyingi bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda tayanch vazifasini o‘tadi. Shu tariqa Buyuk Britaniyaning Hindistonni asta-sekin o‘z mustamlakasiga aylantirish davri boshlandi. Bu jarayonda Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi juda katta rol o‘ynadi. XVIII asr oxirlariga kelib, o‘zining barcha raqiblarini yenggan Ost-Indiya kompaniyasi tarqoq va zaif Hindistonni bo‘ysundirishda yetakchilik qildi. Madaniyat va san'at. Boburiylar davrida Hindiston fani, madaniyati va san'ati rivojlanishning yangi cho‘qqilarini zabt etdi. Hindistonda matematika, tibbiyot kabi fanlar o‘sha davr Yevropa fanidan ancha oldinlab ketdi. Adabiyotda ham yuksalish davri boshlandi. Akbarshoh saroyida hind adabiyotining «Mahabharata», «Ramayana» kabi mashhur asarlari tarjima qilindi. Sharq xalqlarining buyuk shoiri, ulug‘ mutafakkir olimi Mirzo Abdulqodir Bedil ham shu davrda Hindistonda ijod qildi. Bu davr ijodkorlari orasida ikki buyuk hind shoiri — Tulsidas va Surdas ajralib turadi. Tulsidas «Ramayana» sujetlari asosida «Ramaning jasoratlari» nomli juda katta poema yaratdi. Rivoyat qilishlaricha, tug‘ma ko‘r bo‘lgan Surdas Krishnaning hayoti haqidagi yorqin poemalar muallifi edi. Boburiylar davri arxitekturasi mahobati, bezaklarning boyligi, musulmon me'morchiligi va hind saroy arxitekturasi an'analarining uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Bu davrda bunyod etilgan me'moriy obidalarning eng mashhuri, jahon me'morchilik san'atining noyob durdonalaridan biri Tojmahal mavzoleyidir. Uni Shoh Jahon o‘zining sevimli xotini Mumtoz Mahalga bag‘ishlab qurdirgan.


    Download 26,3 Kb.
      1   2




    Download 26,3 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xvi-xviii asrlarda yaponiya va koreya XVI-XVIII asrlarda xitoy

    Download 26,3 Kb.