|
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
|
bet | 1/6 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 239,5 Kb. | | #251697 |
Bog'liq Atmosfera havosi monitoringi va me’yorlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Mavzu: Atmosfera havosi monitoringi va me’yorlashtirish
Guruh: 044-20
Bajardi: Fozilov D.
Tekshirdi: ________________
Toshkent 2024
Mavzu: Atmosfera havosi monitoringi va me’yorlashtirish
Reja:
Kirish
Atrof – muhit monitoringi haqida tushuncha
Atrof – muhit monitoringi va uning turlari
O'zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta'siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi. Bu esa atrof-muhit holatini doimiy kuzatib borish tizimini tashkil qilishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan fanda yangi, monitoring (lotincha "monitor" — esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo'ldi.
Monitoring - tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma'lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta'sirida o'zgarishini kuzatish, olingan ma'lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir.Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yer osti suvlari, tuproq, o'simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kim-yoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma'lum ekologik /sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o'zgarish darajasi hali iflos-lanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi.
|
| |