Atrof-muhit monitoring haqida tushuncha




Download 239,5 Kb.
bet2/6
Sana23.05.2024
Hajmi239,5 Kb.
#251697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Atmosfera havosi monitoringi va me’yorlashtirish

Atrof-muhit monitoring haqida tushuncha

Atrof muhit monitoringi. Atrof muhit sifatini boshqarish uchun maxsus kuzatishlar tizimini tashkil etish zaruriyati monitoring g‘oyasini shakllantirishga olib keldi. «Monitoring» termining ilmiy iste’molga kirishi BMTning inson atrof muhitining muammolari bo‘yicha konferensiyasi (Stokgolm shahri, 1972-yil 5-16-iyun) bilan bog‘liq. Bu konferensiyada SKOPening maxsus komissiyasi ekspertlari tomonidan monitoring tizimini tashkil etishga doir dastlabki takliflar bildirilgan. «Monitoring» so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “kuzatish, nazorat qilib borish” ma’nolarini anglatadi.
Tabiiy muhit holatini nazorat qilish atrof muhit holatining monitoringi va uning sifat ko‘rsatgichlarini (tavsiflarini) geografik, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini hisobga olgan holda tartibga solishni o‘z ichiga oladi. Monitoring tizimini tashkil etishda bu jihatlarning barchasi albatta e’tiborga olinishi shart emas, ammo atrof muhit holatini nazorat qilishda atrof muhit ifloslanishi va muhofazasi muammolarining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini e’tiborga olish zarur bo‘ladi.
Monotoringning antropogen ta’sirning kimyoviy, fizikaviy va biologik manbalarni hamda omillarni, shuningdek, bu omillar tufayli tabiiy muhitda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar samarasini kuzatishlarni o‘z ichiga oladi. Birinchi navbatda biologik sistemalarning ta’sirlanishini kuzatish lozim. Bunday hollarda odatda kimyoviy, fizikaviy va biologik ko‘rsatkichlar kuzatib boriladi (Izrael, 1979).
Atrof muhit monitoringi quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

  • atrof muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni va muhit holatini kuzatish;

  • atrof tabiiy muhitning haqiqiy holatini baholash;

  • atrof tabiiy muhit holatining bashorati va bu holatning bahosi;

Shunday qilib, monitoring – atrof muhit holatini kuzatish, baholash va bashoratlsh tizimidir. Monitoring tizimi quyidagi belgilarga qarab tavsiflanadi:

  • monitoring olib borilayotgan hudud yoki akvatoriyaning maydoniga ko‘ra;

  • kuzatish ( atmosfera, okean, tuproq va b.) obyektiga ko‘ra;

  • metodlariga (bevosita asboblar bilan o‘lchash, masofaviy tasvir, bevosita indikatsiya va b.) ko‘ra;

  • kuzatish olib borilayotgan samara va jarayon nisbatining darajasiga ko‘ra;

  • ta’sir turlariga (geofizikaviy, biologik, tabiiy-geografik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy) ko‘ra;

  • maqsadlariga (muhitning hozirgi holatini aniqlash, atrof muhit tendensiyalarini ochib berish, hodisalarni tadqiq qilish, modellarni baholash va bir o‘lchamga keltirish, qisqa muddatli bashorat, uzoq muddatli xulosalar, tadqiqotlar va bashoratlarning iqtisodiy samaradorligini optimallashtirish va oshirish, muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni nazorat qilib borish).




Download 239,5 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 239,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Atrof-muhit monitoring haqida tushuncha

Download 239,5 Kb.