• Komp’yuter stenografiyasining asosiy vazifalari
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 184,87 Kb.
    bet69/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    konteyner-fayl, u xabarni yashirish uchun ishlatilishi mumkin. Bunda
    konteynerlar ikki turda bo‘ladi: konteyner-original (yoki «bo‘sh» konteyner) —
    bu konteyner yashirin axborotni saqlamaydi;
    konteyner-natija (yoki
    «to‘ldirilgan» konteyner) — bu konteyner yashirin axborotni saqlaydi. Kalit 
    sifatida xabarni konteynerga kiritib qo‘yish tartibini aniqlaydigan maxfiy
    element tushuniladi.
    Hozirgi vaqtda axborotni himoyalash eng ko‘p qo‘llanilayotgan soha bu —
    kriptografik usullardir. Lekin, bu yo‘lda kompyuter viruslari, «mantiqiy

    121
    bomba»lar kabi axborotiy qurollarning kriptovositalarni buzadigan ta’siriga


    bog‘liq ko‘p yechilmagan muammolar mavjud. Boshqa tomondan, kriptografik
    usullarni ishlatishda kalitlarni taqsimlash muammosi ham bugungi kunda
    oxirigacha yechilmay turibdi. Kompyuter stenografiyasi va kriptografiyalarining
    birlashtirilishi paydo bo‘lgan sharoitdan qutulishning yaxshi bir yo‘li bo‘lar edi,
    chunki, bu holda axborotni himoyalash usullarining zaif tomonlarini yo‘qotish
    mumkin.
    Shunday qilib, kompyuter stenografiyasi hozirgi kunda axborot xavfsizligi
    bo‘yicha asosiy texnologiyalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
    Komp’yuter stenografiyasining asosiy vazifalari

    Zamonaviy kompyuter stenografiyasining asosiy holatlari quyidagilardan


    iborat:
    • yashirish usullari faylning autentifikatsiyalanishligini va yaxlitligini
    ta’minlashi kerak;
    • yovuz niyatli shaxslarga qo‘llaniluvchi stenografiya usullari to‘liq ma’lum
    deb faraz qilinadi;
    • usullarning axborotga nisbatan xavfsizlikni ta’minlashi ochiq uzatiladigan
    faylning asosiy xossalarini stenografik almashtirishlar bilan saqlashga va
    boshqa shaxslarga noma’lum bo‘lgan qandaydir axborot — kalitga
    asoslanadi;
    • agar yovuz niyatli shaxslarga xabarni ochish vaqti ma’lum bo‘lib qolgan
    bo‘lsa, maxfiy xabarning o‘zini chiqarib olish jarayoni murakkab
    hisoblash masalasi sifatida tasavvur qilinishi lozim.
    Internet kompyuter tarmog‘ining axborot manbalarini tahlili quyidagi
    xulosaga kelishga imkon berdi, ya’ni hozirgi vaqtda stenografik tizimlar
    quyidagi asosiy masalalarni yechishda faol ishlatilayapti:
     konfidensial axborotni ruxsat etilmagan kirishdan himoyalash;
     monitoring va tarmoq zaxiralarini boshqarish tizimlarini yengish;
     dasturiy ta’minotni niqoblash;

    122
     intellektual egalikning ba’zi bir turlarida mualliflik huquqlarini


    himoyalash.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   87




    Download 184,87 Kb.