• "Chuvalchanglar"
  • o‘g‘irlash
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 184,87 Kb.
    bet66/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Boshqa tahdidlar
    Хavfli hujum uyushtirishning yana bir usullaridan biri dasturiy tizimga
    ziyon yetkazuvchi dasturlarning o‘rnatilishidir.
    Ziyon yetkazuvchi dasturlar quyidagi jihatlari bilan ajralib turadilar :

    Buzish funksiyasi bilan;

    Тarqalish usuli bilan;

    Тashqi ko‘rinishi bilan.
    Ziyon yetkazuvchi dasturda buzish funksiyasini bajaruvchi qism "bomba"
    deb ataladi (albatta, "zaryad" yoki "boyegolovka" deb ham nomlash mumkin
    edi). Umuman olganda buzish funksiyalari cheklanmagan, chunki "bomba" 
    boshqa dasturlar kabi mantiqan murakkab buyruqlar ketma-ketligidan iborat
    bo‘lib, uning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin :

    Boshqa ziyon yetkazuvchi dasturni tizimga joriy etish;

    117


    Hujum qilinayotgan tizim ustidan to‘liq nazorat qilishni o‘z zimmasiga
    olish ;

    Resurslardan agressiv tarzda foydalanish ;

    Ishlab turgan dasturlarni yoki qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni buzish.
    Тarqalish usuli bo‘yicha ziyon yetkazuvchi dasturlarga quyidagilar kiradi :

    viruslar – boshqa dasturlarga suqilib kirib, tarqalish imkoniyatiga ega
    bo‘lgan buyruqlar ketma-ketligidan iborat kod;

    "chuvalchanglar" – mustaqil ravishda, ya’ni boshqa dasturlarga suqilib
    kirmasdan o‘z nusxalarini tizimda ko‘paytirish va bajarish imkoniyatiga ega
    bo‘lgan buyruqlar ketma-ketligdan iborat kod.
    Viruslar odatda tarmoq bo‘g‘inlari doirasida mahalliy ravishda tarqaladilar.
    Ularnig tarqalishlari uchun virus yuqqan faylni jo‘natish buyrug‘i kabi tashqi
    yordam zarur. "Chuvalchanglar" esa, aksincha o‘zlari mustaqil ravishda
    tarmoq bo‘yicha sayohat qiladilar va o‘z ta’sirlarini o‘tkazadilar.
    Ba’zida ziyon yetkazuvchi dastur tarqalishi bilan birga resurslarni agressiv
    ishlatib, boshqa foydali dasturlar ishiga halaqit beradi. Masalan, chuvalchanglar
    tarmoqning
    o‘tkazish
    yo‘lakchasini
    bo‘g‘ib,
    boshqa
    ma’lumotlarning
    uzatilishiga to‘sqinlik qiladilar.
    Normal holda ishlaydigan dastur ko‘rinishida ziyon yetkazishga
    mo‘ljallangan dasturlar ham tarqatiladi. Bunday dasturlar troyan dasturlari deb
    ataladi. Masalan, virus bilan zararlangan oddiy dastur troyan dasturiga aylanadi.
    Qurilmalarni yoki tashqi xotira vositalarini o‘g‘irlash ham axborotga
    bo‘ladigan tahdidlarga kiradi. Ko‘pgina hollarda disklarni, xattoki portativ
    kompyuterlarni qarovsiz qoldirilishi undagi ma’lumotlarning yo‘qotilishga olib
    keladi.
    O‘z vakolatini suiste’mol qilish natijasida ham axborotga tahdid solinishi
    mumkin. Masalan, tizim administratori o‘z vakolati doirasida boshqa
    foydalanuvchilar fayllariga, pochta qutisiga kirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa
    ba’zi hollarda noxush oqibatlarga olib keladi.

    118
    Axborot munosabatlari subyektlariga jiddiy zarar yetkazuvchi asosiy


    tahdidlar mana shulardir.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   87




    Download 184,87 Kb.