• Axborotning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdidlar
  • Axborotning yaxlitligini buzishga qaratilgan tahdidlar




    Download 184,87 Kb.
    bet65/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Axborotning yaxlitligini buzishga qaratilgan tahdidlar
    Axborotga bo‘ladigan tahdidlarning keng tarqalganlari orasida tasodifiy
    xatoliklar va zaifliklardan kelib chiqadigan tahdidlardan so‘ng ikkinchi o‘rinda
    o‘g‘irlik va qalloblik asosida bo‘ladigan tahdidlar turadi. Ko‘pgina hollarda
    kompaniyaning o‘z xodimlari tomonidan bunday harakatlar amalga oshirilgan.
    Demak, ichki tahdid naqadar xavfli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.
    Axborotning statik yaxlitligini buzish maqsadida buzg‘unchi quyidagi
    harakatlarni amalga oshirishi mumkin :

    Noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritishi;

    Ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritishi.
    Ba’zida bunday harakatlar natijasida ma’lumotlarning ma’nosi tubdan
    o‘zgartirilsa, ba’zida rasmiy hujjat ko‘rinishidagi ma’lumotlar ataylab
    bo‘rttirilgan yoki buzilgan holda kiritilib, saqlanadi.
    Faqatgina ma’lumotlar yaxlitligini emas, balki dasturlarning ham yaxlitligini
    buzishga qaratilgan tahdidlar ham bo‘lishi mumkin.

    116
    Dinamik yaxlitlikni buzishga qaratilgan tahdidlar natijasida elektron


    tijoratdagi oldi-sotdi bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlar buzilishi, qayta
    tartiblanishi, o‘g‘irlanishi va nusxasi ko‘paytirilishi, qo‘shimcha ma’lumotlar
    bilan to‘ldirilishi holatlari vujudga kelishi mumkin. Bunda buzg‘unchilar tarmoq
    miqyosida tarmoq paketlari jo‘natilishini kuzatib, josuslarga xos harakat
    qiladilar.
    Axborotning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdidlar
    Maxfiy axborotlarni ma’lum sohaga oid va xizmat doirasiga oid turlarga
    ajratish mumkin. Хizmat doirasiga oid (masalan, foydalanuvchilar paroli)
    axborot muayyan sohaga tegishli bo‘lmagan ma’lumot bo‘lib, axborot tizimida
    texnik rol o‘ynaydi, biroq bunday ma’lumotni oshkor qilish juda ham katta xavf
    tug‘diradi. Sababi, undan foydalanib tizimdagi ma’lumotlarga murojaat qilish va
    sohaga oid bo‘lgan maxfiy axborotlarga ham ega bo‘lish imkoni yaratiladi.
    Kompyuter xotirasida saqlanayotgan axborot faqat kompyuter sohasiga
    tegishli bo‘lsa ham, uning maxfiyligini oshkor qilishga qaratilgan tahdidlar
    xususiyati umuman boshqacha bo‘lishi mumkin.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




    Download 184,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotning yaxlitligini buzishga qaratilgan tahdidlar

    Download 184,87 Kb.