Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar




Download 184,87 Kb.
bet67/87
Sana22.01.2024
Hajmi184,87 Kb.
#143131
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar

Kompyuter tizimi (tarmog‘i)ga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan sharoit,


harakat va jarayonlar kompyuter tizimi (tarmog‘i) uchun xavf-xatarlar, deb
hisoblanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta’sir ko‘rsatish sabablari
tarkibiga quyidagilar kiradi

Ma’lumki, kompyuter tizim (tarmog‘)ining asosiy komponentlari - texnik


vositalari, dasturiy-matematik ta’minot va ma’lumotlardir.
Nazariy tomondan bu komponentlarga nisbatan to‘rt turdagi xavflar mavjud,
ya’ni uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish:
— uzilish — qandaydir tashqi harakatlar (ishlar, jarayonlar)ni bajarish uchun
hozirgi ishlarni vaqtincha markaziy protsessor qurilmasi yordamida
to‘xtatishdir, ularni bajargandan so‘ng protsessor oldingi holatga qaytadi va
to‘xtatib qo‘yilgan ishni davom ettiradi. Har bir uzilish tartib raqamiga ega,
unga asosan markaziy protsessor qurilmasi qayta ishlash uchun qism-dasturni
qidirib topadi. Protsessorlar ikki turdagi uzilishlar bilan ishlashni vujudga
keltirishi mumkin: dasturiy va texnik. Biror qurilma favqulodda xizmat
ko‘rsatilishiga muhtoj bo‘lsa, unda texnik uzilish paydo bo‘ladi. Odatda bunday
uzilish markaziy protsessor uchun kutilmagan hodisadir. Dasturiy uzilishlar
asosiy dasturlar ichida protsessorning maxsus buyruqlari yordamida bajariladi.
Dasturiy uzilishda dastur o‘z-o‘zini vaqtincha to‘xtatib, uzilishga taalluqli
jarayonni bajaradi.
— tutib olish — jarayoni oqibatida g‘arazli shaxslar dasturiy vositalar va
axborotlarning turli magnitli tashuvchilariga kirishni qo‘lga kiritadi.
Dastur va ma’lumotlardan noqonuniy nusxa olish, kompyuter tarmoqlari
aloqa kanallaridan nomualliflik o‘qishlar va hokazo harakatlar tutib olish
jarayonlariga misol bo‘la oladi. 

119
— o‘zgartirish — ushbu jarayon yovuz niyatli shaxs nafaqat kompyuter


tizimi komponentlariga (ma’lumotlar to‘plamlari, dasturlar, texnik
elementlari) kirishni qo‘lga kiritadi, balki ular bilan manipulyatsiya
(o‘zgartirish, ko‘rinishini o‘zgartirish) ham qiladi. Masalan, o‘zgartirish
sifatida g‘arazli shaxsning ma’lumotlar to‘plamidagi ma’lumotlarni
o‘zgartirishi, yoki umuman kompyuter tizimi fayllarini o‘zgartirishi, yoki
qandaydir qo‘shimcha noqonuniy qayta ishlashni amalga oshirish
maqsadida foydalanilayotgan dasturning kodini o‘zgartirishi tushuniladi;

Download 184,87 Kb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   87




Download 184,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nisbatan xavf-xatarlar

Download 184,87 Kb.