|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 63/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgqaratilgan tahdid deb ataladi.
Тahdidni amalga oshirishga qaratilgan harakat hujum deb ataladi. Hujum
uyushtiruvchi esa buzg‘unchi deb ataladi. Potensial buzg‘unchilar tahdid
manbai deb ataladi.
Axborot tizimlaridagi zaifliklarning mavjudligi turli xil tahdidlarni
keltirib chiqaradi. (Masalan, muhim bo‘lgan qurilmalardan begona, vakolati
bo‘lmagan shaxslarning foydalanishi yoki dasturiy ta’minotdagi xatoliklar)
Zaifliklar ma’lum bo‘lgan vaqtdan to ularni bartaraf etilgunga qadar
bo‘lgan vaqt oralig‘i xavfli darcha deyiladi. Хavfli darcha mavjud ekan axborot
tizimiga bo‘lgan tahdid muvaffaqiyatli amalga oshirilishi turgan gap.
Agar gap dasturiy ta’minot haqida borsa, u holda xavfli darcha
xatoliklardan foydalanish vositalari yordamida ochilib, kamchiliklar va
xatoliklar bartaraf etilganidan so‘nggina yopiladi.
Korxona miqyosida bo‘ladigan tahdidlar qaysi mezonlarga ko‘ra turlarga
va sinflarga ajralishini ko‘rib chiqaylik.
Тahdidlarni quyidagi mezonlar asosida sinflarga ajratish mumkin :
Axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilariga nisbatan bo‘ladigan
tahdidlar (axborotga murojaat qilish imkoniyatiga qarshi, axborotning
yaxlitligini buzishga qaratilgan, axborotning maxfiyligini oshkor qilishga
qaratilgan tahdidlar);
Axborot tizimining tashkil etuvchilariga nisbatan bo‘ladigan tahdidlar
(berilgan ma’lumotlar, dasturlar, apparat qurilmalari va tizimni qullab-
quvvatlovchi infrastruktura);
Тahdidni amalga oshirish usuli bo‘yicha (tabiiy, texnogen, tasodifiy,
g‘arazli maqsadda);
113
Тahdid manbaining axborot tizimiga nisbatan joylashgan o‘rni bo‘yicha
(ichki yoki tashqi).
Axborot xavfsizligiga nisbatan bo‘ladigan tahdidlarni asosiy mezon
sifatida belgilab, ular haqida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
|
| |