• OKOZ: 1.
  • Darsning maqsadi: talabalarni mustaqil ishlashi uchun qo’lda va mashinada terilgan o’rta va ingichka tolali g’o’za navlarini chigitli paxta hamda tolasini namligini aniqlaydilar




    Download 0.5 Mb.
    bet1/7
    Sana08.09.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #80785
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-Loboratoriya.
    3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari

    Darsning maqsadi: talabalarni mustaqil ishlashi uchun qo’lda va mashinada terilgan o’rta va ingichka tolali g’o’za navlarini chigitli paxta hamda tolasini namligini aniqlaydilar. 1. Chigitli paxtani va tolani namligini USX-1, (VSX-m1) aniqlash. 2. O’zbekiston Respublikasi standarti O’z RST 615-94. O’z RST – 644-95. 3. Mashg’ulotni o’tkazish joyi. Mana shu mavzudagi mashg’ulot o’quv xonasida va labaratoriyada o’tkaziladi. 4. Mashg’ulot uchun kerakli narsalar. 5. Andozalar (etalonlar). 9 6. Chigitli paxta va paxta tolasi. 7. Paxtaning namligi bo’yicha jadval. 8. Tosh tarozi. EHM, 30 kishiga -15 ta byuks, cho’tka, VXS M-1. 9. Namuna tashish bankalari d-200 mm, h-350 mm. 10. Talabalar to’la hisobot tuzadilar va joriy baholanadilar. 11. Tavsiya qilingan adabiyotlar. O’z RST 644-95 «Paxta. Namligini aniqlash usullari», O’z RST 615-94 «Paxta. Texnik sharoitlar.» Paxta tolasining fizik-mexanik ko’rsatkichlari: shtapel, vazn, paxtaning namligi va iflosligi uning sifatini belgilaydigan ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Paxtadagi nam miqdorining uning absolyut quruq massasiga bo’lgan foiz hisobidagi nisbati paxtaning namligi deb yuritiladi. Asosan paxtaning namligi hisobiy va chegaralangan namligi bilan farq qiladi. Hisobiy namlik bu standartda ko’rsatilgan asosiy me’yor, chegaralangan namlik esa namlikning eng yuqori me’yori bo’lib, har bir nav uchun alohida belgilangan namlikdagi paxta qabul qilinadi. Davlat standartida namlikning hisoblash ko’rsatkichi qo’lda va mashinada terilgan paxta uchun bir hil, chegaralangan namligi esa har bir nav uchun qabul qilingan (jadval). Qo’lda va mashinada terilgan paxtaning namlik me’yorlari, %. Umumlashtirilgan namunadan chigitli paxtani namligini aniqlash uchun VXSM-1 PRIBORIGA 1 ta 40 gr namuna olinadi. Namlik 22 % dan ko’p bo’lsa 40 grammdan 2 ta namuna olinadi. Labaratoriya asboblarida paxtani qabul qilishda har bir olib kelinadigan partiyadan namlik necha % bo’lishidan qat’iy nazar 1 ta 40 gr namuna olinadi. Quritish asbobinig yuqorigi va pastki plitalari (quritish) orasidagi issiqlik (195±20C quritish plitalarining orasi 3,7 ± mm ish sikli 5 min ± 100C quritishda issiqlikni boshqarish avtomatik bajariladi. Namunani priborga qo’yishdan oldin, priborni ishga tayyorligini tekshirib ko’ramiz. Analizlar boshlanishidan 30-40 min oldin asbob elektr tarmog’iga ulanib, «Norma» degan ishchi holatiga kelgan bo’lishi kerak (195± 2) C0 . Olingan namuna bir xil qalinlikda mis plastinkaga yoyib qo’yiladi, priborning qopqog’i dastasidan ehtiyotkorlik bilan ushlash yo’li bilan yopiladi. «Quritish» (sushka) tugmasi bosilib, pribor ishga tushiriladi 5 minutdan so’ng «sushka» chirog’i o’chib, signal chalinadi. Priborning dastasi yordamida qopqoq ochilib namuna byuksga solinadi va qopqog’i yopilib tortiladi. Tarozining yo’l qo’yilish xatoligi 0,02 gr dan oshmasligi kerak.
    Namunaninig namligi (W) quyidagi formula bilan aniqlanadi. W = 100 0,6  x т т т с н с Bunda: m н - namunaning (dastlabki) quritmasidan oldingi vaqtidagi massasi, g; m с - namunani quritilgandagi massasi, g – yoki chigitli paxta va tolaning namligi quyidagi usul bilan aniqlaniladi. 0,6 - namlikni aniqlashdagi to’g’irlash koefisienti. Misol: Qo’lda terilgan paxtani namligini aniqlang m н – 40 gr. m c – 37.90. W = 100 0.6  x тс тн тс W = 100 0,6 4,94 37,9 40 37,9    x Kunlik yoki birlashtirilgan namunani ikkitasining tahlil natijalarini tekshirganda, dastlabki namunaning og’irligi sutkalik namuna og’irligidan namlik 10 % dan ko’p bo’lganda 5 % dan oshmasligi kerak. TOPShIRIQLAR: 1. Har bir talaba mavzuga oid tushuntirish matnini o’qib chiqib, o’rganib va daftarga 11 asosiy ma’lumotlarni yozib oladi. 2. Laboratoriyada mavjud bo’lgan qo’lda va mashinada terilgan chigitli paxtadan namuna olib, namligini VXS-M1 apparatida aniqlang? O`zlashtirish uchun savollar. 1. G'aramlarda saqlanayotgan chigitli paxtaning namligi necha foiz bo'lishi kerak? 2. Chigitli paxtada namlik necha foiz bo'lganda sifatli xom-ashyo olinadi? 3. Me'yoridan ortiqcha namlik chigitli paxtaning qaysi sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi? 4. Ingichka va o'rta tolali paxa navlarining namligi standart talabi bo'yicha necha foizdan oshmasligi kerak?
    Darsning maqsadi: talabalarga tolaning solishtirma uzilish kuchini dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish bilan va namunaning havo o'tkazuvchanligi bo'yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash usulini o'rgatish. Paxta tolasining solishtirma uzulish kuchini aniqlashning quyidagi usullari mavjud: - dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish bilan solishtirma uzilish kuchini aniqlash usuli. - namunaning havo o'tkazuvchanligi bo'yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash usuli. Paxta tolasini yetkazib berish va qabul qilishda solishtirma uzilish kuchini aniqlash, o'z-o'zidan kuygan paxta tolasidan tashqari, namunaning xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha aniqlash usuli xisoblanadi. Dinamometrda yassi tutamlarni uzish bilan solishtirma uzilish kuchini aniqlash usuli graduirovka ishlari, standart namunalarni attestasiyalash va zarur bo'lgan arbitraj sinashlar o'tkazishda qo'llaniladi. O'LCHASHNING XATOLIK ME'YORI. 43 Paralel namunalarning natijalari o'rtasidagi ruxsat etilgan tafovut (usulning yaqinligi) quyidagilardan oshmasligi kerak: - dinamometrda uzish, ikkita namuna bo'yicha ishonchlilik extimoli 0,9 bo'lganda - 1,8 sN/teks (gk/teks); - namunaning xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha -0,3 sN/test (kg/teks), yoki LPS-4 shkalasiga nisbatan 2,5 % da Pa (mm, suv ustuni) da. Ikki turli laboratoriyalardan olingan sinash natijalari yoki bir laboratoriyada turli xil sharoitda olingan sinash natijalarining o'rtasida tafovut (usulning tiklanishi) quyidagilardan oshmasligi kerak. - dinamometrda uzish, ikkita namuna bo'yicha ishonchlilik extimoli 0,9 bo'lganda – 1,8 sN/test (kg/teks); - namunaning havo utkazuvchanligi bo'yicha - 0,31,8 sN/test (kg/teks); O'LCHASH VOSITALARI, YORDAMCHI QURILMALAR. Dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzishning usullari: riflyonli yoki pressli qisqichli DSh-3 yoki DSh-3M-2 dinanometrlari. Qisqichlar orasidagi masofa 3 mm, pastki qisqich tutish tezligi (300-+15) mm/min: Mexanik taram tayyorlagich MPU-1 va predmet oynachalariga tolalarni mexanik taxlagich MRV-1 to'plami (taramni mexanik yo'l bilan tayyorlash) yoki 80x165x20 mm o'lchamli duxoba qoplangan taxtacha va tolalarni taxlashda kerakli qisqich № 1 (taramni qo'lda tayyorlash): Taramni o'rta qismini (10,0+-0,1)mm uzunlikda kesuvchi qirqgich; VT-20 toroion tarozisi; 25x76 mm yoki 13x76 mm o'lchamli predmet oynachalari; 1 sm da 10 va 20 ta ignali metall taroqlar; PSV-1 markali proyeksiyali tola xisoblagich, yoki 120-250 marta kattalashtirib ko'rsatuvchi xar qanday markali mikroskop. O'lchash chizig'i. Namunaning xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash usuli; LPS-4 qurilmasi. Shkalasining oralik darajasi 10 mg dan ko'p bo'lmagan, eng katta tortish chegerasi 1 kg gacha, DAVLAT STANDARTI bo'yicha aniqlanadi 4–sinfga mansub bo'lgan laboratoriya tarozilari. AX tipidagi paxta analizatori yoki FM-30, yoki o'xshash analizatorlar, sinash usullarini nazorat qilish uchun maxsus tartibda tasdiqlangan paxta tolasining standart (etalon) namunalari. O'LCHASH USULLARI. 44 Solishtirma uzilish kuchi – tola uzilishiga olib kelgan eng katta kuchning, shu tola chiziqli zichligiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalik. Ko'rsatkich tolaning mustaxkamligini tavsiflaydi. Yassi tutamlarda solishtirma uzilish kuchini aniqlash usuli, so'ngra bita tola chiziqli zichlik birgalikda xisoblanadi. Namunning xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash bu ikki ko'rsatkichning o'zaro bog'liqligiga asoslanadi. Bu nisbat seleksion navlarning maxsus jadvallari bo'yicha belgilanadi. Sinash uchun namunaning massasi g'o'zaning seleksion naviga bog'liq ravishda belgilandi. O'LCHASH SHAROITI. Namunalarni sinashdan avval GOST 10681 bo'yicha standart klimatik sharoitda, xarakatdagi havo oqimi ostida 4 soat yoki 12 soat davomida xarakatsiz havo oqimi ostida yoki namuna massasi o'zgarishi 2 soat ichida 0,25% dan oshmagan xollarda undan kam vaqt davomida saqlanadi. LPS-4 qurilmasi tajriba o'tkazishdan avval namuna Uz RST 618 bo'yicha klimatik sharoitda saqlanadi. O'LCHASHGA TAYYORGARLIK. Dinamometrdan foydalanish shart sharoitlariga muvofiq tekshirish va standart namunalarda nazorat sinovlari o'tkazib ko'rsatkichlarni aniqlash tavsiya etiladi. Agar solishtirma uzilish kuchini standart namunalarning ruxsat etilgan me'yorlardan yuqori bo'lgan takroriy xatosi mavjud bo'lsa, sinov natijalariga maxsus to'g'irlov koeffisiyenti belgilash ruxsat etiladi. To'g'irlov koeffisiyenti L – standart namuna solishtirma uzilish kuchining me'yorlangan kattaligini dinamometrda olingan xaqiqiy solishtirma uzilish kuchiga nisbatiga teng. To'g'irlov koeffisiyenti aniqlash belgilangan tartibga ko'ra tasdiqlangan qo'llanmaga muvofiq aniqlanadi. Bunda dinamometr tekshiruv qo'llanmasi bo'yicha belgillangan texnik va metrologik ko'rsatkichlarga muvofiq kelishi kerak. Sinash uchun namuna Uz RST 604 yoki Uz RST 614 bo'yicha tanlab olinadi. O'LCHASHLARNI BAJARISH. Pressli qisqichli dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish usuli. Yakuniy plitadan MPU-1 yordamida taram tayyorlab olinadi, uni siyrak ignali tarmoqda (1sm da 10 igna) taraladi va pressli qisqichlariga joylab tolalarni qisqichdan chiqib turgan qismi qirqib olinadi. Bunda tolalar soni sanalmaydi. Qisqichlar bloki dinamometrning qisqich ushlashlariga o'rnatiladi, bunda qisqich berkitkichlari chap tarafda bo'lishi kerak. Taramcha uzib olingandan so'ng blok qisqich ushlagichdan olinadi va xama tolalar uzilishda ishtirok etilganligi tekshiriladi. Agar xama tolalar uzilishda ishtirok etmasa, yoki qisqichlarga nisbatan burchak ostida notekis uzilgan bo'lsa, ushbu tajriba noto'g'ri xisoblanadi. So'ngra blok qisqichga o'rnatiladi. Kalit bilan yuqori va pastki qisqichlar vintlar bo'shatilib, 45 traversiya yuqoriga ko'tariladi. Pinsent yordamida uzilgan taramchalarni avval birinchi yarmini, so'ngra ikkinchi yarmi chiqarib olinadi, va vaqtincha ikkita buyum oynachalari orasiga joylanadi. Barcha taramchalar uzib olingandan so'ng, uzilgan bo'laklar birga taxlanadi va GOST 10681 bo'yicha klimatik sharoitda 1 soat davomida saqlab vazni o'lchanadi. Massa qiymati 0,05 mg aniqlikda yoziladi. Yassi tutamlarni riflen qisqichli dinamometrlarda uzish usuli. Namuna plitasidan bo'yiga ikkita namuna qismi ajratib olinadi. Birinchi qismi 1-jadvalga muvofiq dinamometrda tajriba o'tkazish uchun, ikkinchisi chiziqli zichlikni va 1 mg dagi tolalar sonini aniqlash uchun. 17-jadval. Paxta tolasining uzunligi Uzilish kuchini aniklash uchun tortim massasi, mg 35,1 gacha 50-60 35,2-45,1 60-70 45,2 va yukori 70-80 Xar bir namuna qismidan ko'lda qisqich va tayanchli, duxoba qoplangan taxtacha yordamida bir tomoni tekis bo'lgan taram tayyorlanadi va taroq yordamida taraladi. Tayyorlangan birinchi taram 10 ta katta bo'lmagan taramchalarga xar bir taramchaga barcha uzunlikdagi tolalar kirishi va bu taramchalarning uzilish kuchi 1500-2000 gk dan kam bo'lmaydigan qilib bo'linadi. Qisqichga taramni o'rnatishdan avval taram yana bir marta to'g'irlanadi. Bunda tolani chiqib ketishiga yo'l qo'yilmaydi. Barcha 10 ta taramchalar birin ketin yuqori qisqichga o'rnatiladi. Taramchalarni tekis tomoni bilan yuqori qisqichga joylashtirish o'lchamlari 18– jadvalga muvofiq bajariladi. 18- jadval Paxta tolasining uzunligi, mm Yuqori qisqichga taramning o'rnatish o'lchami, mm 35,0 8 35,2-45,1 10 45,2 va yuqori 13 Taramchani ikkinchi uchi pastki qisqichga tolalar bir xil tortilib siqiladi. Uzilgan taramchalar GOST 10681 bo'yicha standart klimatik sharoitda 1 soat davomida saqlanadi va massasi o'lchanadi. Massa qiymati 0,05 mg aniqlikda yoziladi. Namunaning solishtirma uzilish kuchini xavo o'tkazuvchanlik bo'yicha aniqlash LPS-4 qurilmasida bajariladi. 46 ULCHASH NATIJALARINI XISOBLASH Pressli qisqichli dinamometrda yassi tutamli tolalarni uzish usuli. Paxta tolasining solishtirma uzilish kuchi (R) sN/teks, (gs/teks) quyidagi formulada xisoblanadi. 3 0.692 10 15      c c m Q P  bu yerda: Qc - taramchalarning uzilish kuchlarini yig'indisi, sN (gk); mc - kesib olingan, uzilishda ishtirok etgan taram o'rta qismining massasi yig'indisi, mg; bir vaqtda uzilmasligi xisobga olish koeffisiyenti: L - mazkur standartning 5,1 bandiga binoan xar bir dinamometr uchun standart namuna bo'yicha aloxida belgilanadigan to'g'irlov koeffisiyenti. Riflyon qisqichli dinamometrlarda yassi tutamli tolalar uzish usuli. Paxta tolasining solishtirma uzilish kuchi (R) sN/teks, (gs/teks) quyidagi formula yordamida xisoblanadi. M N T Q P      0.675  bu yerda: Q – aloxida taramning uzilish kuchi, sN(gk); M – taramning massasi, kg; N – 1mg dagi tolalar soni; T – tolaning chiziqli zichligi, mteks; 0,675 – taramdagi tolalarning bir vaqtda uzilmasligini xisobga olish koeffisiyenti; L – mazkur standartning 5,1 bandiga binoan xar bir dinamometr uchun standart namuna bo'yicha aloxida belgilanadigan to'g'irlov koeffisiyenti. Chiziqli zichlik va 1 mg dagi tolalar soni Uz RST 620 bo'yicha aniqlanadi. Xar bir taramni uzishda olingan sinov natijalaridan, solishtirma uzilish kuchining o'rtacha ariifmetik qiymati xisoblanadi. Agar ba'zi bir taramchalarning solishtirma uzilish kuchi, o'rtacha kuchidan +–2 sN (gs/teks) ga farq qilsa, u xolda bu taramchaning sinov natijalari xisoblanmaydi va solishtirma uzilish kuchining o'rtacha qiymati qolgan taramchalarning natijalari bo'yicha aniqlanadi. Xisoblash to ikkinchi o'nlik belgisigacha aniqlik bilan amalga oshiriladi va birinchi o'nlik belgisigacha yaxlitlanadi. Kelishmovchiliklar kelib chiqqan paytda bitta namuna 2 marotaba sinaladi va ikkita sinash natijalari bo'yicha arifmetik qiymat xisoblanadi. Agar solishtirma uzilish kuchi qiymatlari o'rtasidagi farq ko'rsatilgan bo'lsa, u xolda uchinchi marotaba sinov 47 o'tkaziladi va uchta sinovning o'rtacha arifmetik qiymati xisoblanadi. Namunaning xavo o'tkazuvchanligi bo'yicha solishtirma uzilish kuchini aniqlash, belgilangan tartibga muvofiq jadvaldan aniqlanadi. O`zlashtirish uchun savollar. 1. Tolaning solishtirma uzilish kuchi deganda nimani tushinasiz? 2. Tola namunasidan taram tayyorlash tartibini tushintirib bering? 3. Tolaning mustaxkam bo'lishida qaysi omillar muxum sanaladi? 4. Mexanik taram deganda nimani tushinasiz?


    [OKOZ:
    1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar;

    Download 0.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning maqsadi: talabalarni mustaqil ishlashi uchun qo’lda va mashinada terilgan o’rta va ingichka tolali g’o’za navlarini chigitli paxta hamda tolasini namligini aniqlaydilar

    Download 0.5 Mb.