|
Elmuratov Ruziboy Ulfatovichning “Jizzax shahar yo‘lovchi tashish transport tizimini loyihalashda transport harakatini tahlil qilish va modellashtirish” mavzusidagi
|
Sana | 05.07.2022 | Hajmi | 16.35 Kb. | | #24755 |
Bog'liq Ташқи тақриз Элмуратов Р 3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
Elmuratov Ruziboy Ulfatovichning “Jizzax shahar yo‘lovchi tashish transport tizimini loyihalashda transport harakatini tahlil qilish va modellashtirish” mavzusidagi 5A310609 – “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasiga
| TAQRIZ
Bugungi kunning dolzarb vazifalaridan kelib chiqib, barcha transport turlarini uzviy bog‘lagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, Jizzax shahar va tuman markazlari o‘rtasida kunlik transport qatnovlari bo‘yicha uzog‘i bilan 1−1,5 soatda manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish maqsad qilingan. Jizzax shahar yo‘lovchi tashish transport tizimini loyihalash hamda yangi loyihalar asosida yo‘lovchilarga sifatli va arzon xizmat tariflarini ishlab chiqish ushbu dissertatsiya ishining dolzarbligini belgilaydi. Oxirgi yillarda shahar infratuzilmasida transport vositalarining keskin ravishda oshib borishi hamda aholining transport vositalariga bo‘lgan talabining ortib borishi shu soha vakillariga va mutaxassis kadrlarga yechilishi lozim bo‘lgan bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Dissertatsiyaning tadqiqot natijalari asosida quyidagi vazifalar maqsad qilib olingan.
1. Jizzax shahar yo‘lovchi tashish xizmatlarini zamonaviy dasturiy komplekslar yordamida ilmiy monitoringi olib borish;
2. Jizzax shahar yo‘lovchi tashish transport tizimini loyihalash hamda yangi loyihalar asosida yo‘lovchilarga sifatli va arzon xizmat tariflarini ishlab chiqish
3. Shahar infratuzilmasini o‘zgartirmasdan transport harakat modelini takomillashtirishga yordam berish;
4. Jizzax shaharda katta chorrahalarda jamoat transportlarini to‘xtab turish vaqtini maksimal darajada kamaytirishga yordam berish;
5. Jizzax shahar yo‘lovchi tashish transport tizimini loyihalashda transport harakatini tahlil qilish va modellashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqarishdan iborat.
Dissertatsiya quyidagi qismlardan iborat bo‘lib, kirish qismi hamda 3 ta bob, xulosalar, adabiyotlar ro‘yxati va takliflardan iborat. Muallif ko‘rib chiqilayotgan masalalarni har tomonlama tahlil qilib, tadqiqot maqsadini va vazifalarini keltirgan. Dissertatsiyada tadqiqot predmeti, obyekti, sinov natijalari va tadqiqotning amaliy jihatlari keltirilgan.
Ish bo‘yicha quyidagicha kamchiliklarni keltirishimiz mumkin.
Hisob va sinov natijalari grafik ravishda to‘liqroq keltirilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Dissertatsiyada orfografik xatolar mavjud.
Keltirilgan kamchiliklar tadqiqotning ahamiyatini kamaytirmaydi.
Ko‘rilayotgan magistrlik dissertatsiyasi magistratura to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tayyorlangan. Magistrant Elmuratov Ruziboy Ulfatovichning “Jizzax shahar yo‘lovchi tashish transport tizimini loyihalashda transport harakatini tahlil qilish va modellashtirish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi 5A310609 – “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olishga muvofiq deb hisoblayman.
Jizzax viloyat Transport
Boshqarmasi katta inspektori I.Qo‘shboqov
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Elmuratov Ruziboy Ulfatovichning “Jizzax shahar yo‘lovchi tashish transport tizimini loyihalashda transport harakatini tahlil qilish va modellashtirish” mavzusidagi
|