• 8. O‘lchashlar natijalariga ishlov berish
  • Darsning maqsadi: talabalarni mustaqil ishlashi uchun qo’lda va mashinada terilgan o’rta va ingichka tolali g’o’za navlarini chigitli paxta hamda tolasini namligini aniqlaydilar




    Download 0.5 Mb.
    bet6/7
    Sana08.09.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #80785
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1-Loboratoriya.
    3-Ma\'ruza, O`QUV QO`LLANMA ZAMONAVIY LOGISTIK TEXNOLOGIYALAR, Zamonaviy logistik texnologiyalar, KEYS, Ташқи тақриз Элмуратов Р, 3-Laboratoriya, Index, Гурух мураббийлиги30,06,21, REG1-51, Uslubiy qo\'llanma TVTvaN kurs ishiga 2015, \'\'Navoiy\'\' va \'\'Bobur\'\'ga tadbir, инф письмо рус ва узбек тилида, ИНваДА (амалий иши), Elementlarning kashf qilinishi, Umumiy va anorganik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
    7. O‘lchashlarni o‘tkazish tartibi
    7.1. Quritish shkaflari yordamida aniqlash usuli
    Ochiq byukslardagi sinash uchun namuna quritish shkaflariga joylashtiriladi va 2 h mobaynida quritiladi. Keyin byukslar chiqariladi, qopqoqlari yopilib sovitish uchun eksikatorda 15 min saqlanadi. Sovitilgan byukslar sinash uchun namuna bilan birga tortiladi, keyin bo‘sh byukslar tortiladi.
    7.2. Quritish apparatlari yordamida aniqlash usuli
    Og‘irligi o‘lchangan sinash uchun namuna quritish apparati savatchasiga titilgan holda tekis qavatlarga iflos aralashmalarni yo‘qotmasdan joylashtiriladi. Savatcha quritish apparatiga joylashtiriladi, keyin uni berkitib havo oqimi o‘tkaziladi. Bir soatdan keyin havo oqimi berkitiladi va sinash uchun namunaning massasi ko‘pi bilan 0,1 % xatolikda o‘lchanadi. Sinash uchun namunaning ikkita ketma-ket o‘lchangan massasi 0,1 % yuqori bo‘lmagan kattalikda farq qilgunga qadar, massasini o‘lchash har 20 minutda takrorlanadi.
    7.3. Namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmalari yordamida o‘lchash usuli
    Ishga tayyor namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmasining quritish zonasiga sinash uchun namuna bir tekis qilib yoyilib, qopqog‘i yopiladi va sekundomer yurg‘iziladi. Quritish boshlangandan 3 minutdan so‘ng quritish kamerasi qopqog‘i ochilib, sinash uchun namuna chiqarib olinadi, to‘kilgan iflos aralashma kurakcha va cho‘tka yordamida yig‘ishtiriladi. Sinash uchun namuna bilan iflos aralashma byuksga joylanadi, qopqog‘i berkitilib darhol massasi o‘lchanadi. So‘ngra bo‘sh byuks qopqog‘i bilan birga tortiladi.
    8. O‘lchashlar natijalariga ishlov berish
    8.1. Paxta tolasi namligining massaviy nisbatini (W) foizlarda quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
    quritish shkaflar va apparatlar qo‘llanilganda:







    W =

    mo — mk

    x 100



















    mk




    (1)




    USX-1, VXS-1 yoki VXS-M1 namlikni tezkor aniqlovchi o‘lchash yoki quritish qurilmalar qo‘llanilganda:







    W =

    mo — mk

    x 100 — 0,4



















    mk




    (2)




    Bu yerda:
    mo — paxta tolasi namunasining quritishgacha bo‘lgan massasi, g;
    mk — paxta tolasi namunasining quritishdan keyingi massasi, g;
    0,4 — o‘lchash qurilmalari natijalariga kiritiladigan tuzatish.
    8.2. Hisoblash verguldan keyingi ikkinchi o‘nlik belgisigacha aniqlik bilan amalga oshiriladi va birinchi o‘nlik belgisigacha yaxlitlanadi.
    8.3. Agarda o‘lchashlar bir nechta parallel namunalarda olib borilgan bo‘lsa, oxirgi natija qilib olib borilgan o‘lchashlarning o‘rtacha arifmetik qiymati olinadi.
    8.4. Paxta tolasining namligini aniqlashda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan hollarda, u foizlarda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:







    W =

    30 W1 + 70 W2



















    100




    (3)




    Bu yerda:
    W1 — 3-5 sm chuqurlikdagi qatlamdan olingan birlashtirilgan namuna namligining massaviy nisbati (toyning 30 % ni tashkil qiluvchi qatlamlarning o‘rtacha namligiga to‘g‘ri keladi), %;
    W2 — 20 sm chuqurlikdagi qatlamdan olingan birlashtirilgan namuna namligining massaviy nisbati (toyning 70 % ni tashkil qiluvchi qatlamlarning o‘rtacha namligiga to‘g‘ri keladi), %;

    Download 0.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning maqsadi: talabalarni mustaqil ishlashi uchun qo’lda va mashinada terilgan o’rta va ingichka tolali g’o’za navlarini chigitli paxta hamda tolasini namligini aniqlaydilar

    Download 0.5 Mb.