|
Axborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari
|
bet | 62/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgAxborot xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilari
Axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘p qirrali faoliyat bilan bog‘liq jarayon
bo‘lib, unda muvaffaqiyatga erishish uchun tizimli va kompleks yondoshish
talab etiladi. Axborot tizimlaridan foydalanuvchi subyektlarning axborot
xavfsizligi bo‘yicha manfaatlarini quyidagilar tashkil qiladi: axborotga murojaat
qilish imkoniyatini ta’minlash, axborotning yaxlitligini ta’minlash, axborotning
maxfiyligini ta’minlash. Gohida axborot xavfsizligining bu asosiy tashkil
etuvchilariga axborotdan ruxsatsiz nusxa olishdan himoyalanishni ta’minlashni
ham kiritishadi. Lekin bu toifadagi himoyalanish hali-xanuz o‘z yechimini to‘la-
to‘kis topmagan.
111
Axborotga murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash belgilangan vaqt oralig‘ida
vakolatga ega bo‘lgan axborot foydalanuvchilari va subyektlari uchun axborot
yoki u bilan bog‘liq servisga murojaat qilib foydalanish imkoniyatini
ta’minlashni anglatadi.
Axborotning yaxlitligini ta’minlash saqlanayotgan axborot vakolatga ega
bo‘lmagan subyektlar tomonidan o‘zgartirilishidan, ya’ni axborot tuzilishi va
ma’nosi qanday berilgan bo‘lsa, shunday saqlashni ta’minlashni anglatadi.
Axborotning maxfiyligini ta’minlash axborotga vakolati bo‘lmagan subyektlar
tomonidan murojaat qilib, undan oshkor holda foydalanishdan himoya qilishni
anglatadi.
Axborotga murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash turli sohalardagi
axborot tizimlarida, ayniqsa ishlab chiqarishni boshqarish, transport, bank va
shu kabi sohalarda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimlardan foydalanishda
to‘xtalishlar yoki nosozliklar ro‘y bersa, moddiy va ma’naviy zarar miqdori
katta bo‘lishi bilan birga, ko‘pchilik axborot foydalanuvchilari o‘zlariga zarur
bo‘lgan qimmatli axborotlarni vaqtida olish imkonidan mahrum bo‘ladilar.
Misol uchun, temir yo‘l va aviabiletlarni sotish, banklarda mijozlarga xizmat
ko‘rsatish va h.k.
Axborot yaxlitligi ikki turga bo‘linadi: statik va dinamik yaxlitlik. Statik
yaxlitlik deganda belgilangan obyekt haqidagi ma’lumotlar o‘zgarmay
saqlanishi tushunilsa, dinamik yaxlitlikda axborotlarni qayta ishlash jarayonida
bir axborotni qayta ishlash natijasida to‘g‘ri natijaviy axborot olinib,
o‘zgartirilmagan holda tegishli bo‘g‘inga yetkazilishi tushuniladi. Axborotning
dinamik yaxlitligini nazorat qiluvchi vositalar moliyaviy operatsiyalarning
to‘g‘ri bajarilishini aniqlashda, ma’lum bir qimmatga ega bo‘lgan axborotlarni
tartiblashda, ulardan nusxa olish jarayonlarida ishlatiladi.
3.Axborotga bo‘ladigan tahdid tushunchasi.
112
Тahdid deganda kimlarningdir manfaatlariga ziyon yetkazuvchi ro‘y
berishi mumkin bo‘lgan voqea, ta’sir, jarayon tushuniladi. Axborotga yoki
axborot tizimiga salbiy ta’sir etuvchi potensial ro‘y berishi mumkin bo‘lgan
voqea yoki jarayon axborot munosabatlari subyektlari manfaatlariga
|
| |