• Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish. Elektr apparatlar
  • Mavzu: Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash




    Download 378,91 Kb.
    bet1/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi378,91 Kb.
    #230256
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash apparatlar


    Mavzu: Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash 
    apparatlari

    Reja:
    Kirish.
    Asosiy qism:

    1. Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash 
      apparatlari

    2. Rele haqida tushuncha.

    3. Elektr relelarining turlari

    4. Datchiklar haqida umumiy ma'lumotlar

    5. Datchiklarning turlari

    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar


    Kirish.
    Elektr apparatlar — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham boʻlish mumkin. Baʼzan, bir apparatning ishi bir necha fizik hodisalarga asoslangan boʻladi. Avtomatik va noavtomatik Elektr apparatlar ham farqlanadi. Elektr apparatlar jumlasiga boshqarish knopkalari, rubilniklar, ajratkichlar, viklyuchatellar (kommutatsion Elektr apparatlar), kontaktorlar, kontrollyorlar, magnitli ishga tushirgichlar, reostatlar va boshqalar (ishga tushiruvchirostlovchi Elektr apparatlar), rostlagichlar, stabilizatorlar va boshqalar (rostlovchi Elektr apparatlar), elektr reaktorlar, eruvchan saqlagichlar, razryadniklar va boshqalar (cheklovchi Elektr apparatlar), tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari (oʻlchovchi Elektr apparatlar) va boshqalar qurilmalar kiradi. Elektr apparatlar elektr tarmoqlarini himoya qilish tizimlarida, ishlab chiqarish jarayonlarida qoʻllaniladigan ishga tushirishrostlash qurilmalarida, transport vositalarida, avtomatika va telemexanika tizimlarida, aloqa, radio va televideniye tarmoqlari va boshqalar koʻp sohalarda ishlatiladi.

    Download 378,91 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 378,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash

    Download 378,91 Kb.