• Bevosita ozgartiradigan datchiklar.
  • Mavzu: Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash




    Download 378,91 Kb.
    bet6/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi378,91 Kb.
    #230256
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash apparatlar

    Datchiklarning turlari
    Datchiklar kirish x signalini son va turi bo'yicha o'zgartirishiga qarab ham, ayrim guruhlarga ajratiladi. Kirish signalini bevosita o'zgartiradigan datchiklar, kirish signalni bevosita chiqish signaliga o'zgartiradi. Bunday datchiklar qulay, chunki oraliq o'zgartiruvchi qismlarga hojati bo'lmaydi. Oraliq o'zgartiruvchi qismlarga ega datchiklarda, signalni bir necha marta o'zgarishi murakkabliklarga, ma’lum darajada aniqlikni yo'qolishiga olib keladi. x-y o'zgartirishning ko'rinishi bo'yicha, datchiklar ikki guruhga: uzluksiz va diskret (uzlukli) o'zgartiruvchilarga bo'linishadi. Uzluksiz o'zgaradigan datchiklar o’lchagich bo'lib hisoblanadi. Ularda ning uzluksiz o'zgarishiga, ni uzluksiz o'zgarishi to'g'ri keladi. Ko'pincha, diskret ishlaydigan datchiklar diskret ob’ektlar holatini, ya’ni chekli holatga ega ob’ektlarni nazorat qilishadi. Nazorat qilinadigan ko'pchilik ob’ektlar ikki pozisiyaga ega, yani «ulangan» va «uzilgan» holatlarga ega bo'lishadi. Ana shu sababli, diskret datchiklar, chiqish miqdorlari y=0 yoki y=1 bo'ladigan ikkilik axborot datchiklari hisoblanishadi.

    Bevosita o'zgartiradigan datchiklar. Bevosita o'zgartirgich datchikka misol bo'lib, tenzodatchik, termo (issiqlik) datchiklar, induktiv datchiklar, sig'im datchiklar, optik datchiklari va x.k. hisoblanadi.


    Oraliq o'zgartirgichga ega datchiklar. Bu datchiklar bir nechta bevosita o'zgartiradigan va ketma-ket ishlaydigan datchiklardan tashkil etilgan. Bundagi bitta datchikni chiqish kattaligi kelgusi datchikni kirish miqdori bo'lib xizmat qiladi.
    1a-rasmda tasvirlangan datchik  burchak tezligini kondensator sig'imiga aylantirishga xizmat qiladi. Datchikni qabul qiluvchi jism bo'lib markazdan qochma rostlagich hisoblanadi. U burchak tezlikni prujinani (oraliq qismi) siqish kuchi bilan taqqoslanadigan markazdan qochma kuchga aylantiradi. Oraliq qismida kuch kondensatorni yuqori qoplamasi bilan qoplangan rostlagichni pastki muftasini s siljishiga olib keladi. Kondensator datchikni ijrochi qismi hisoblanadi, uni sig'im plastinalar orasidagi с masofaga qarab o'zgaradi.


    Download 378,91 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 378,91 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Berilgan elektr va noelektr kattaliklarni nazoratlash

    Download 378,91 Kb.