• Birlamchi (dastlabki) o‘zgartirgichlar
  • Informatsion qurilmalarning turlari va ularning hususiyatlari ══════════════════════ Umumiy ma‟lumotlar




    Download 3.18 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana29.03.2024
    Hajmi3.18 Mb.
    #181254
      1   2
    Bog'liq
    01. Robotlarning Informatsion qurilmalari
    1. Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari Ishlab, New project (1st floor), file, Telekommunikatsiya uzatish tizimlari (R.Isayev, R.Atametov, R.Radjapova), “Мустақиллик дарс” ишланмаси , 9(111 1), Tijorat logistika tizimlarini-fayllar.org, zooooo, Mavzu p va np sinflari. Np to’liq masala tushunchasi-kompy.info (1), Mustaqil ish mavzu Vaqt va daraja bo’yicha signallarni ifodalas (1), Muhammad al-xorazmiy nomidagi (1), 2 5274096535271903133, 4-MAVZU PED.TAR


    INFORMATSION QURILMALARNING TURLARI VA ULARNING 
    HUSUSIYATLARI
    ════════════════════════════════════════════
     
    Umumiy ma‟lumotlar
     
    Informatsion tizim bilan bog‗liq bo‗lgan tushunchalarni ko‗rib chiqamiz. 
    Birlamchi (dastlabki) o‘zgartirgichlaryoki sezuvchi elementlar(SE) deb 
    tashqi ta‘sir natijasida o‗z holatini o‗zgartiradigan sodda informatsion tizim 
    elemyenti tushuniladi, masalan fotodiod yoki tenzorezistor.
    Datchik deb o‗lchanayotgan fizik kattalik ta‘sirida unga ekvivalent bo‗lgan 
    signal chiqaruvchi qurilmaga aytiladi. «Sensor»so‗zi hozirgi kunda «datchik» 
    so‗zining sinonimi sifatida keng qo‗llaniladi.Chiqishdagi kattalik o‗lchanayotgan 
    kattalikka mos funksiya hisoblanadi. Sodda datchik bitta yoki bir nechta birlamchi 
    o‗zgartirgichlar va o‗lchash zanjiridan tashkil topgan bo‗ladi. Datchiklarning ko‗p 
    qismi tashqi manbaga ega, yuklama sifatida esa kuchaytirgich, o‗lchov asbobi, 
    kompyuter bilan moslovchi blok yoki boshqalar ishlatilishi mumkin. 
    Datchiklar mexatron va robototexnik tizimlarda muhim rollardan birini 
    o‗ynaydi. Turli datchiklar yordamida robot o‗z-o‗zini va atrof muhitni «his qiladi». 
    Bunga ko‗zlar, quloqlar, robotlar uchun terikabi sezgi organlari kiradi. Ko‗p 
    hollarda kontaktsiz datchiklar deb ataluvchi o‗lchov asboblarining tor sinfiham 
    sensorlar deb ataladi. Demak, datchik va sensor iboralari sinonim hisoblanadi. 
    Datchiklarni turlicha sinflash mumkin. Bunda ular nimani o‗lchayotganligi 
    va uni qanday amalga oshirishlariga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, proprioseptiv 
    datchiklar robotning o‗z holatini o‗lchashda ishlatiladi, ular turli erkinlik 
    darajasida, haroratlarda, biror elementlaridagi kuchlanishlarda, dvigatel iste‘mol 
    qilayotgan tok va x.z.lar yordamida ishga tushishi mumkin. Datchiklar hatto passiv 
    yoki aktivligi bo‗yicha ham farqlanadi. Aktiv datchik, energiyani tashqi muhitga 
    (atrofga) uzatadi va uning qaytishi (aks etishi) asosida muhit hossalarini o‗lchaydi. 


    Agar datchik energiya uzatmasa – bu passiv datchik hisoblanadi. Aktiv datchiklar 
    odatda passiv datchiklarga nisbatan ancha nozik hisoblanadi, chunki ular 
    o‗lchanayotgan signalni boshqaradilar. Masalan, stereokameraning passiv tizimi 
    triangulyasiya uchun moslash vaqtida tekshirilayotgan sirtning tashqi ko‗rinishiga 
    asoslanadi, bu vaqtda strukturalashgan yorug‗lik tizimlari rasmni sahnaga 
    proyeksiyalashda sahna tavsiflariga sezgir bo‗lmaydilar. Shunga qaramasdan, 
    shovqinlar, yutilishlar va nurlanayotgan signalning sochilishlari aktiv datchiklar
    ishiga ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Proprioseptiv datchiklar, odatda, passiv 
    hisoblanadi va robot holati haqidagi fizik kattaliklarni o‗lchaydi. Bunday 
    kattaliklarga manipulyator mushaklari holati, tezlik yoki tezlanish, dvigatelning 
    aylanish momenti va x.z.lar kiradi. Tashqi muhit datchiklar kontaktli va kontaktsiz 
    turlarga bo‗linadi. Kontaktli datchiklar proprioseptiv datchiklarda ishlatiladigan 
    usullardan foydalanadilar. Kontaktsiz datchiklar masofadan turib o‗lchangan fizik 
    kattaliklarning hossalarini o‗lchashda qo‗llaniladigan usullardan foydalanadilar, 
    jumladan: intensivlik, uzoqlik, yo‗nalish, o‗lcham va boshqalar. 
    Texnikada qo‗llaniladigan SElari ichidan faqat robototexnik va mexatron 
    tizimlarning asosiy funksiyalari, jumladan: kinestetik, lokasion, vizual va taktil 
    sensor funksiyalarini amalga oshiradigan turlarini ko‗rib chiqamiz. 
    1-rasm. Sanoat datchiklari turlari


    Datchiklarni turi ko‗p bo‗lib, turli belgilari ko‗ra sinflanishi mumkin: 
    - kirishga berilayotgan (o‘lchanayotgan) kattalikni turiga ko‘ra: mexanik 
    siljishlar (chiziqli va burchakli), pnevmatik, elektr, sarflarni o‗lchash, tezlik, 
    tezlanish, kuch, harorat, bosim va boshqa kattaliklar datchiklari. Hozirgi kunga 
    kelib sanoatda ishlab chiqarilayotgan fizik kattaliklar dachtiklarining taqsimoti 
    quyidagicha: harorat – 50%, sarf (massa va hajm) – 15%, bosim – 10%, sath – 5%, 
    miqdor (massa, hajm) – 5%, vaqt – 4%, elektr va magnit kattaliklar – 4%. 
    - chiqishdagi (o‘zgartirilgan) kattalik turiga ko‘ra: noelektr va elektr 
    datchiklar: o‗zgarmas tok, o‗zgaruvchan tok amplitudasi, o‗zgaruvchan tok 
    chastotasi, qarshilik va boshqa datchiklar. Datchiklarning ko‗p turi elektr 
    datchiklar hisoblanadi. 
    - ishlash turiga ko‘ra: generatorli va parametrik. Gyeneratorli datchiklar 
    bevosita kirishga berilayotgan kattalikni elektr signalga aylatiradi. Parametrik 
    datchiklar kirishdagi kattalikni biror elektr parametrni o‗zgarishiga aylantiradi. Shu 
    bilan ular omik, reostatli, fotoelektr, induktiv, sig‗imli va boshqa turlarga ham 
    bo‗linadi. 
    Datchiklar uch turga bo‗linadi: 
    - analog, chiqishda kirishga berilayotgan kattalikka proporsional bo‗lgan 
    analog signal ishlab chiqaradilar; 
    - raqamli, impulslar yoki ikkilik so‗z ketma-ketligini generasiyalaydilar; 
    - binar (ikkilik), chiqishda faqat ikkita sath, ya‘ni mantiqiy 0 va mantiqiy 1
    shakllantiradi. 

    Download 3.18 Mb.
      1   2




    Download 3.18 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Informatsion qurilmalarning turlari va ularning hususiyatlari ══════════════════════ Umumiy ma‟lumotlar

    Download 3.18 Mb.
    Pdf ko'rish