• Portret chizishda birinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
  • Portret chizishda ikkinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
  • Portret chizishda uchinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
  • Portret chizishda to‘rtinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar
  • Portret inson obrazini tasviriy san’atda yaratishda eng murakkab janr hisoblanadi. Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo‘lgan




    Download 0.63 Mb.
    bet1/5
    Sana24.05.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #64182
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ketma ketlik
    600, 36, ggggggggggg, dars jadvali, 732681, 70111201, Ilovala1, II, 2, Gollandiyalik rassomlar gullar bilan natyurmortlar, Maishiy janr, Yuldashev J. Slayd, Portret, Natyurmortning janr sifatida ifodalash imkoniyatlari ancha keng

    Portret – inson obrazini tasviriy san’atda yaratishda eng murakkab janr hisoblanadi. Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo‘lgan. Ular portret asarlarida zamondoshlarining go‘zal qiyofasii obrazlarini yaratib, keyingi avlodlarga meros qilib qoldirgan. Uyg‘onish davrining buyuk nomoyondasi Lenardo da Vinchining «Avtoportret», «Djakonda» asari, Velaskesning «Papa Inokentiy X» portreti, shular jumlasidandir. XVII asr Yevropa rassomlari ichida portret janrida ijod qilgan tasviriy san’atning buyuk darg‘alari yetishib chiqdi. Yevropa muzeylarida Golbeyn, Rembrant, Titsian, Rafael, Batichelli kabi zabardast tasviriy san’at ustalarining yaratgan noyob asarlari saqlanmoqda. Hamma ulug‘lar kabi Rembrant ham ijod sohasida mehnatkash, serunum edi. Faqat Avtoportretlarining o‘zi 60 tadan ortiq edi. Odam yuz qiyofasining tuzilishi, tasvir vositasi soya yorug‘larning joylashishi orqali psixologik holatini chuqur o‘rganishni asosiy vazifa deb bilardi. XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek portret san’ati yuksalib rivojlandi. Portret sohasida Lutfulla Abdullaev, Abdulxaq Abdullaev, Raxim Axmedov, Malik Nabievlar samarali ijod qilib kelmoqdalar. Lutfulla Abdullaevning «Mulla to‘ychi Toshmuxamedov», «Yo‘ldosh Oxunboboev» portretlari realistik ananalarda mohirona tasvirlangan. Abdulxaq Abdullaev birinchi o‘zbek portretchi rassomlardan biri bo‘lib, portret sohasida salmoqli ijod qildi. U o‘z zamondoshlari, ziyolilarni, olimlarni adabiyot va san’at namoyondalarini portret gallereyasini yaratib katta muvafaqqiyatlarga erishdi. «Abror Xidoyatov Otello rolida», yozuvchi «Oybek» portreti muallifining shoh asarlaridan bo‘lib, Otelloni o‘ychan boqishi, gavda xarakati portretga romantik ko‘tarinkilik ruxini baxsh etgan. Inson va uning bepayon ichki dunyosi hamisha rassomlarning asosiy diqqat-yetibori va izlanishi uchun asosiy mavzu bo‘lib kelgan. Darhaqiqat shunday ekan, insonlar obraziga qaratilgan portret san’atini bo‘lajak rassom-pedagoglar har jixatdan bilishi nihoyatda muhimdir. Portretchi rassom odamlarga xos turli jihatlarni his qila bilmog‘i, ayniqsa odamning qiyofasidagi samimiylik yoki soxta jihatlarni tasvirlay bilish qobiliyatlariga ega bo‘lishi kerak. Amaliy mashg‘ullotlar jarayonida talabalar portret ishlashda ko‘plab muammolarga duch keladi. Masalan, talaba qiyofachini chizishdan avval uni sinchikovlik bilan o‘rganib chiqmaydi, perispektiv qonun-qoidalarga, o‘zaro nisbatlarni to‘g‘ri topa olmasligi, ichki konsturuktiv chiziqlar, plastik anatomiyasini topaolmaslik va shu kabi muammolar sababli portret o‘ziga o‘xshamaydi. Bu esa talabani potret chizishga o‘zida qo‘rquv hissi tug‘iladi. San’atkorning mashaqqatli mehnati o‘ta kuzatuvchanlik, nozik va qaltis damlarni ilg‘ay bilish qobiliyati shu jihatlarni o‘z qalami bilan tasvirlay olishi orqasida yuzaga chiqadi. Tasviriy san’atning portret janri san’atida ijod qilish bo‘yicha bosqichlarini ko‘rsatib o‘tamiz: Portret chizishda birinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar 1) Format tanlash. 2) Kompozitsion joylashtirish. 3) Chiziqli konsruktiv qurish. 4) Ishni rangga tayyorlash Dastlab qiyofachiga mos bo‘lgan format tanlanadi. Portret qanday holatda ishlashiga qarab (elkagacha, belgacha, qo‘llari bilan yoki boshdan oyoq, o‘tirgani, turgani va shunga o‘xshash holatlarini hisobga olgan holda) format tanlanadi. Agar portret boshdan oyoq ishlanishi kerak bo‘lsa, formatning vertikaliga uzunroq bo‘lgani tanlanadi. Portretni formatga joylashtirishda, agar qiyofachi to‘g‘ri qarab turgan bo‘lsa, o‘ng va chap tomondan bir xil , yuqoridan pastgi tomonga qaraganda ko‘proq joy qoldiriladi. qiyofachi qaysi tomonga qarab turgan bo‘lsa, shu tomonda ko‘proq joy qoladi. Konstruktiv qurish. Inson qiyofasi plastik anatomiya qoidalarini o‘rganish asosida quriladi. Inson ichki tuzilishini bilish va portretni qurish davomida garchand u ko‘rinmasada, buni his qila olish orqali tasvirlash. Dastlab inson qiyofasining holati engil konstruktiv chiziqlar bilan belgilab olish. Gavda qismlarining o‘zaro mutanosibligini to‘g‘ri topish. Tayanch nuqtasini, og‘irlik markazini topish. Bosh, gavda qismlarining holatini to‘g‘irlash. Yuz a’zolarini (ko‘z, burun, lab, quloq,) o‘ziga xos harakterli jihatlarini topib chizish. Ortiqcha chiziqlarni o‘chirish. Portret chizishda ikkinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar 1) qiyofachining rangini o‘rganib chiqish 2) palitraga ranglarni qo‘yib chiqish 3) rangda chiziqlar ustidan chizib chiqish(moybo‘yoqda ishlaganda) 4) qiyofachining soya tomonlarini belgilab olish 5) katta-katta asosiy rang tuslarini belgilab olish 6) umumiy rangini topish 7) qiyofachining rangi o‘rganib chiqiladi. Portret chizishda uchinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar 1) Moybo‘yoq texnikasiga amal qilgan holda yanada aniqlashtirish 2) Yorug‘, soyani to‘g‘ri aniqlash 3) Qifachining o‘ziga qarab uning surati solishtiriladi 4) Yuz a’zolari (ko‘z, quloq, burin, lab) sinchikovlik, e’tibor bilan ishlash 5) Yorug‘ tomonlariga ishlov berish 6) Rang berish barobarida, qiyofachining holati, harakterli jixatlarini esdan chiqarmay to‘g‘irlab borish. 7) qiyofachining umumiy xolatini yo‘qotmasdan rang berishda davom etish Portret chizishda to‘rtinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar Ishning yakunlovchi qismi: Ishning yakunlovchi bosqichida, nihoyatda extiyotkorlik bilan ishlash zarur. Umumlashtirish: umumiy ko‘rinishdagi ranglar uyg‘unligini saqlagan holda, ishdagi bo‘yoqlar bo‘rtib chiqib qolgan ranglarni xiralashtirish, kerakli joylarda yorqin ranglar surtmalarini qo‘yish. Portret mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi; kalla portreti, ko‘krak qiyofali portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, guruxli portret, miniatyura portreti va xakozo. Portret kompozitsiyaning tuzilishida insoning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruhiyati, shuningdek qo‘li, o‘tirish holati, liboslari, intererdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muhim rol o‘ynaydi. Har bir rassom portret yaratishda o‘z tajribasi, usuliga tayanadi. Bunga har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada bajarilgan portretlar dalil bo‘la oladi. Bahodir Jalolovning kinorejissyor «Komil Yormatov» portreti shu fikrimizni tasdiqlaydi. Shuning uchun portret yaratishda yoshlar ulug‘ portret ustalari tajribasini o‘rganib ulardan unumli foydalanishlari lozim. Portretchi rassom avval tasvirlanuvchi bilan chuqurroq tanishib, bir muncha davrda uni kuzatib, suhbatlashib, uni asosiy xarakteri, xususiyatlarini, ichki va tashqi dunyosini yaxshi o‘rganishi kerak. 

    Portret
    Portret - bitta odam yoki odamlar guruhining tasvirlari bilan farq qiluvchi tasviriy san'at janrlaridan biridir. Portretda rassom insonning 16.tashqi, individual o`xshashligini ko`rsatibgina qolmasdan, inson xarakteri, uning ma'naviy dunyosini ham ochib bera oladi.


    Portretning turli ko`rinishlari mavjud. Ularga belgacha bo`lgan portret, byust (xaykaltaroshlikda), bor buyi bilan chizilgan portret, odamlar guruhi portreti, interer yoki manzara fonidagi portretlar kiradi. Tasvirlash xarakteriga ko`ra portret ikkita asosiy guruhga ajratiladi: ya'ni odamning bor bo`yi bilan chizilgan (otda, o`tirgan yoki turgan holatda) portreti (parad portreti) va beligacha, yelkagacha chizilgan portreti.
    Bitta xolstda chizilgan tasvirlarning soniga qarab portretlar ikki kishilik va guruhiy portretlarga ham ajratiladi. Turli xolstga chizilgan, lekin kompozitsiyasi, formati va koloritga ko`ra bir-biriga mos bo`lgan portretlar juft portretlar deyiladi. Ko`pincha bunday portretlarda er-xotinlar tasvirlanadi. Ko`pincha portretlar yaxlit ansamblni - portretlar galereyasini tashkil qiladi.
    Portretda odam qandaydir, allegorik, mifologik, tarixiy, teatrlashtirilgan yoki adabiy personaj holatida tasvirlangan bo`lsa bunday portretlarga kostyumlashtirilgan portretlar deyiladi. Bu portretlarni nomlashda ko`pincha "ko`rinishda" yoki "obrazda" so`zlari qo`shiladi (masalan, Yekaterina II Minerva ko`rinishida, A.Abdullayevning "Abror Hidoyatov Otello rolida"). Portretlar o`lchamiga ko`ra ham ajratiladi, masalan miniatyura portretlari. Bundan tashqari rassomlar o`zlarining portretlari - avtoportretlarni ham ishlashadi. Portretlar faqatgina modelning individual belgilarinigina emas, balki shu odam yashagan davr ruhini ham o`zida aks ettiradi.
    Portret san'ati bir necha ming yillik tarixga ega. Qadimgi Misrda ham haykaltaroshlar odamning tashqi ko`rinishiga juda o`xshagan tasvirlar yaratishgan. Chunki ularning fikricha odam dunyodan o`tganidan so`ng uning ruhi shu yaratilgan o`xshash tasvirlarga ko`chishar ekan. I-III asrlarda enkaustika texnikasida (mum rangtasviri) yaratilgan fayyum portretlari ham shu maqsadga xizmat qilgan.
    Ular o`zlarining yorqin hayotiy obrazliligi, shaklining hajmliligi bilan ajralib turadi.
    Qadimgi Gretsiyada shoirlar, faylasuflar va boshqa mashhur kishilar portretlarini ishlash urf bo`lgan. Qadimgi Rim portret xaykaltaroshligiga xos bo`lgan asarlar o`zlarining haqqoniyligi va aniq psixologik xarakterini ochib berishi bilan mashhur bo`lgan. Ular insonning individual belgilarini aks ettirgan.
    Insonning yuzini haykaltaroshlikda yoki rangtasvirda tasvirlash barcha davrlarda ham rassomlarni o`ziga jalb etgan. Portret janri ayniqsa Uyg`onish davrida gullab yashnadi.
    17.Uyg`onish davri rassomlari portret obrazlarining mazmunini chuqurlashtiradi, ularni intellekt, qalb uyg`unligi va ko`pincha ichki dramatizm bilan tasvirlaydi.
    XVII asrga kelib intim portretlari birinchi planga chiqadi.
    O`sha davrning buyuk rassomlari- Rembrand, Van Reyn, F. Gals, Van Deyk, D.Velaskes oddiy insonlarni tasvirlab, ulardagi insonparvarlik va ko`ngil boyligini ko`rsata olishgan.
    Rossiyada portret janri XVIII asr boshlaridan rivojlana boshladi. O`sha davr rassomlari F.Rokotov, D.Levitskiy, V.Borovikovskiylar buyuk insonlarning portretlarini yaratganlar. Ayniqsa ayol obrazlari juda maftunkor va go`zal, lirika bilan sug`orilgan.
    Sayyor rassomlardan V.Perov, M.Kramskoy, I.Repin buyuk zamondoshlarining portretlarnini yaratishgan. Portretda tasvirlanayotgan odamlarning individual va tipik belgilari, ma'naviy-ruhiy olami ularning yuzi, holati va hatti-harakatlari orqali ochib berilgan.
    XX asrda portret o`zida turli-tuman, qarama-qarshi tendentsiyalarni yorqin realistik, individual xarakteristika va modelning abstrakt, ekspressiv deformatsiyasini (P.Pikasso, A.Modilyani, E.A. Burdel, S.Konenkov, M.Nesterov, P.Korin Rossiyada) yaratadi.
    Portretlar bizga faqat turli davrlarda yashab o`tgan insonlarni aks ettirib beribgina qolmay, balki rassomning tasvirlanayotgan insonga bo`lgan munosabatini va dunyoni qanday qabul qilganini ham aks ettiradi.
    Portret janri O`zbekiston rangtasvirchilarining kuchli jixatlaridan biri hisoblanadi. O`zbekistonda kuchli realistik maktab tarkib topishi ajoyib portretnavis-rassomlar sulolasini vujudga keltirdi. Ular orasida A.Abdullayev, R.Ahmedov, R.Choriyev, T.Oganesov, V.Burmakin kabi portret ustalari jahonda keng tan olinganligi e'tirof etiladi. Mustaqillikning ijobiy ta'siri ularoq, san'atning turli yo`nalish va uslublarida erkin ijodga yo`l ochildi. Jumladan portret janrida ham. Buning natijasida portret zamonaviy badiiy jarayonida yetakchi bo`lib qoldi. Respublikamizning yetakchi badiiy oliygohi K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instito`tida aynan, realistik maktab asosida o`quv mashg`ulotlari olib boriladi. Bu esa rangtasvirning realistik janrida ijod etgan o`tmish ijodkorlarimizning boy merosini tan olinganligi, shuningdek, jahon san'ati ilg`or tajribasini chuqur o`rganishdan dalolat berib, bo`tun dunyoda avangard yo`nalish bilan bir qatorda, aynan, realistik yo`nalish rivojiga e'tibor bilan qaralganligini ko`p jihatdan namoyon etadi.
    1990 yillarda o`zbek rangtasvirida portret janrining asoschisi, yetakchi portretnavis, akademik A.Abdullayev ham ijodiy faoliyatini davom ettirdi. Bo`tun umri davomida u iste'dodli va ma'naviy go`zal insonlarga hurmatini 18.saqlab qoldi. Musavvir mo`yqalamiga mansub har bir portret kishilarning chuqur ma'naviy dunyosini akslantiruvchi, rassom bilan portret kahramoni va portret bilan tamoshabin o`rtasidagi haqiqiy va ochiq munosabatni taqozo etuvchi manbadir. 1999 yilda A.Abdullayevning 1984 yilda yaratilgan mashhur avtoportretini turli davr va halqlarga mansub buyuk rassomlar avtoportretlari saqlanayotgan dunyoning yirik to`plami, Uffitsidagi (Italiya) kartina galeriyasiga berilishi O`zbekiston san'ati uchun olamshumul voqea bo`ldi. Yaqin davr (2001) da esa musavvir "Ofarin" respublika sovrinining "San'atga baxshida umr" nominatsiyasi bilan taqdirlandi.
    Akademik R. Ahmedov o`z portretlarida epik kenglik va teranlikka erishadi. Uning qahramonlari oddiy insonlar, qishloq kishilari bo`lib, aynan, ularda musavvir donishmanlikni, ma'naviy poqlikni, yuksak ahloqiy qoidalarni gavdalantiradi. ("Jizzaxlik ayol", 1992; "Nigina" 1993).
    Zamondoshlar obrazlari akademik R.Choriyevni ham qiziqtirgan va o`ziga jalb etgan. Ko`p sonli ijodiy safarlar natijasida, musavvirning butun boshli portretlar galereyasi vujudga keladi. Ular orasida "Boysunlik qariya", (1996), "Sayroblik go`zal" (1997) singari o`z halqining eng yaxshi ma'naviy-axloqiy fazilatlarini tarannum etuvchi murakkab kompozitsion yechimdagi portretlari sanab o`tiladi. Rangtasvirchi R. Choriyevning kuchli jihati shundaki, u doimo naturadan ishlaydi.
    Ajoyib rangtasvirchi A.Ikromjonovning ilk ishlarida realistik asos kuchli ta'sir ko`rsatadi. Uning portretlari yuksak maxorat va diqqat bilan ishlanganligi, bo`yoqlarning fakturali qo`yilishi, naturani. Hatto fotosuratgacha tahlil etib chizilganligi, shuningdek, obrazning ruhiy to`laqonligi ("Malika portreti" (1993)) bilan ajralib turadi.
    O`z ohanglari va mo`yqalamiga ishonch bilan yondasha olgan R.Xudayberganovning portretlari ham kishini befarq qoldirmaydi ("Xojar xola", 1999). Avvalgi ustalar uslubini qo`llagan holda musavvir hech qanday yordamchi vositalarsiz, to`q fonda portretlar yaratadi-ki, ular qahramon kiyofasini yanada mukammalroq chiqishida yetakchilik qiladi. Uning ajoyib badiiy asarlaridan biri "Navro`z 2001" ko`rgazmasida namoyish etilgan "Bastakor R.Abdullayev portreti"dir.
    1990 yillarda portret janrida B.Jalolov faol ijod qildi. Shuni ta'kidlash joizki, realistik chizmalar yaratishda u mislsiz darajaga erishadiki, bu borada unga hech kim tenglasholmaydi. Oxirgi o`n yillikda yaratilgan "Saudiya Arabiston qiroli Araviy Fahd ibn Abdul Aziz" (1992), "Akademik S.Azimov portreti" (1998) va boshqa polotnolarni musavvirning o`zbek rangtasvirchilar orasida dunyo talablari darajasida yaratgan asarlari sirasiga qo`shish mumkin.
    S.Rahmatov shunday rassomlar sirasiga kiradiki, uning ijodida portret asosiy o`rin egallaydi. Oxirgi o`n yilliklarda yaratgan eng yaxshi portretlari qatorida "Yunus Rajabiy portreti" (1993), "GFRning O`zbekistondagi elchisi G.Kun portreti" (1999) alohida ahamiyat kasb etadi.
    Keyingi yillar ko`rgazmalarda O`zbekistonning mashhur rangtasvirchi rassomi V.Burmakin portretlari munosib joy oldi. Lekin, musavvirning avvalgi ishlariga qiyoslangan tarzda, 90-yillarda yaratgan portretlarini bir muncha sust ekanligi tanqidchilar tomonidan ta'kidlanadi.
    Onalar va bolalar yili munosabati bilan tashkil etilgan "Qo`li guldir o`zbek ayolin" ko`rgazmasiga bir qator ayol portretchi rassomlar: A.Mamatova "Yulduz Usmonova portreti", Sh.Abdullayevaning "O`zbek madonnasi", M.Shuvayevaning "Lola" portreti, Z.Sharipovaning "Avtoportret"lari namoyish etildi.
    V.Shevchenko O`zbekistonning chegara himoyachilari turkum - I.Ibrohimov, Sh.Rasulov, R.Shonazarovlar portretlarini yaratadi.
    Portretchi rassomlar sonini ta'kidlab o`tganlar bilan chegaralab bo`lmaydi. Ular qatorida o`z matolarida zamondoshlarimiz obrazlarini muxrlangan Y.Tursunnazarov, B.Salomov, I.Baxromov, Ch.Bekmirov, M.Nuriddinov, O.Bakirov, B.Nazarov va boshqalarni sanab o`tish lozim.
    Ushbu rasm chizish darsida men materialni inson boshini chizishning asosiy tamoyillari ko'rinadigan qilib tayyorladim. Portretni qanday chizishni o'rganish uchun siz boshning shaklini tushunishingiz kerak va bu keraksiz tafsilotlarni soddalashtirish va umumlashtirish orqali mumkin. Shu maqsadda men boshning "kesish" deb nomlangan sxematik tasvirini, bosh suyagining akademik rasmini, odam boshini bosqichma-bosqich chizish va anatomik tuzilish xususiyatlarini tushunish uchun qo'shimcha sxematik chizmalardan foydalandim.

    Download 0.63 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Portret inson obrazini tasviriy san’atda yaratishda eng murakkab janr hisoblanadi. Ma’lumki har bir davrning usta rassomlari bo‘lgan

    Download 0.63 Mb.