|
Tayyorladi: 043-22
|
bet | 1/9 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 2,71 Mb. | | #130654 |
Bog'liq Aliakbarova Zulxumor elektronika
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Sirtqi bo‘lim Telekomunukatsiya texnologiyalari fakulteti
Elektronika va radiotexnika kafedrasi
Sxemalar va elektronika 1 fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: To’g’rilovchi diodlar.
Tayyorladi: 043-22 guruh talabasi
Aliakbarova Zulxumor
Qabul qildi:_____________________
Toshkent – 2023 y.
MAVZU: To’g’rilovchi diodlar
REJA:
To’g’rilovchi diodlar;
To’g’irlovchi diodlar va ularning ishlash prinsipi;
Diyotlarning asosiy xarakteristikalari va parametrlari;
Diyotlarning tasnifi;
Maqsadlari bo'yicha diodlarning turlari;
Chastota diapazoni bo'yicha diodlarning turlari;
Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar.
To’g’irlovchi diodlar
Diod—elektr tokini bir tomonlama o'tkazish xususiyatiga ega bo'lgan elektron asbobdir. Diodlar ikki xil: vakuumli (shisha ballonga joylashtirilgan ikki elektrodli elektron lampa) va yarim o'tkazgichli (asosi — germaniy va kremniy kristallari) bo'ladi. Diodning ko’rinishi rasmdagidek bo’ladi.
Quyida yarim o'tkazgichli diodni tavsiflovchi eng muhim parametrlarni (muhit temperaturasi 20°C bo'lgan holat uchun) keltiramiz: teskari kuchlanishning eng katta qiymati 400 V, eng katta teskari kuchlanishda teskari tok (o'rtacha qiymati) 0,3 mA, eng katta to'g'rilangan tok (to'g'ri tokning o'rtacha qiymati) 300 mA, eng katta to'g'ri tokda diodda kuchlanishning tushishi 0,5 V.
Diod deb odatda bir yoki bir necha elektr o‘tishlar va tashqi zanjirga ulanish uchun ikkita chiqishga ega bo‘lgan elektr o‘zgartirgich asbobga aytiladi. Yarim o‘tkazgichli diodlar ma’lumotnomalarda radioelektron apparaturalarda qo‘llanilish sohalari yoki vazifasiga ko‘ra sinflanadilar.
To‘g‘rilovchi diodlar kuchlanish manbai o‘zgaruvchan kuchlanishini o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. To‘g‘rilovchi diodlarning asosiy xossasi– bir tomonlama o‘tkazuvchanlik bo‘lib, uning mavjudligi to‘g‘rilash effekti bilan aniqlanadi.To‘g‘rilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni bo‘yicha sinflanadilar.
|
| |