|
kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi
|
bet | 59/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgkompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi
huzurida kompyuter bilan bog‘liq mojarolariga munosabat bildirish xizmati
tashkil etiladi. Ushbu xizmatning asosiy vazifalari:
- respublikada kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish
sohasidagi qonunbuzarliklarning oldini olish borasidagi sa’y-harakatlarni
muvofiqlashtirish;
- kompyuter texnikasi va dasturiy ta’minotlardan foydalanuvchilarni
kompyuter xavfsizligi, tahdidlar to‘g‘risida axborotni, shuningdek kompyuter
bilan bog‘liq mojarolar, kompyuter tizimlarida qo‘llaniladigan dasturiy-
texnikaviy vositalarning samaradorligiga doir materiallarni to‘plash, tahlil qilish
va tegishli ma’lumot bazalarida jamg‘arib borish;
- kompyuter xavfsizligi borasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish va joriy etish,
axborot tizimlariga noqonuniy ravishda kirish hollarining oldini olishni
ta’minlash uchun tavsiyalar ishlab chiqish;
- kompyuter sohasidagi jinoyatlar va axborot xavfsizligini huquqiy
ta’minlash masalalarida hamkorlik qilish.
Bugungi kunda kompyuter bilan bog‘liq mojarolarga munosabat bildirish
xizmati tashkil etilgan. Хizmat yuzasidan foydalanuvchilarga yordam berish
maqsadida www.cert.uz sayti faoliyat ko‘rsatmoqda.
2007 yil 27 sentabrda Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan
«Axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida qonunga hilof harakatlarni
sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
qabul qilindi hamda 2007 yil 30 dekabrda Oliy Majlis Senatining o‘n ikkinchi
yalpi majlisida ma’qullandi.
108
Ushbu
Qonunning
1-moddasiga
ko‘ra,
Jinoyat
Kodeksining
«
|
| |