Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar




Download 184,87 Kb.
bet71/87
Sana22.01.2024
Hajmi184,87 Kb.
#143131
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar

«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo‘ymoq»
ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib
o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya’ni
diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida
uzatiladigan
xabarlar
ko‘rinishidagi
axborotni
yashirish
tushuniladi.
Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‘lgan har qanday
axborotga nisbatan qo‘llash mumkin. Maxfiylikni ta’minlashga qaratilgan
kriptografiya kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda,
kriptografiyada qo‘llaniladigan usullarning o‘zi axborotni himoyalash bilan
bog‘liq bo‘lgan ko‘p jarayonlarda ishlatilishi mumkin.
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini
ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning
o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo‘shilishi mumkin. Bunday hollarda
axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda
kompyuter tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas,
lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday
jarayoni, ko‘p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta’minlash deyiladi.
Kriptografiyada qo‘llaniladigan usullar ko‘p bo‘lmagan o‘zgartirishlar bilan
axborotlarning haqiqiyligini ta’minlashi mumkin.
Nafaqat axborotning kompyuter tarmog‘idan ma’nosi buzilmasdan
kelganligini bilish, balki uning muallifdan kelganligiga ishonch hosil qilish juda
muhim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli usullar
ma’lum. Eng universal protsedura parollar bilan almashuvdir, lekin bu juda
samarali bo‘lmagan protsedura. Chunki parolni qo‘liga kiritgan har qanday
shaxs axborotdan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga

124
rioya qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik


usullar bilan himoyalash mumkin, lekin kriptografiya bundan kuchliroq parolni
uzluksiz o‘zgartirish imkonini beradigan protseduralarni ham ta’minlaydi.
Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan biri — raqamli signatura —
maxsus xossa bilan axborotni to‘ldirish yordamida yaxlitlikni ta’minlovchi usul,
bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma’lum bo‘lgandagina
tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida yaxlitlik
tekshiriladigan ma’lum usullardan ko‘proq afzalliklarga ega.
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz.
Uzatiladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar
qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.

Download 184,87 Kb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87




Download 184,87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kriptografiya haqida asosiy tushunchalar

Download 184,87 Kb.