Informatsion texnologiyalar




Download 184,87 Kb.
bet72/87
Sana22.01.2024
Hajmi184,87 Kb.
#143131
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

Kodlashtirish uchun tez-tez ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga
oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p
hollarda, raqamlar to‘plami bilan beriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z
to‘g‘ri keladi. Axborotni kodlash uchun xuddi shunday kitob yoki jadval talab
qilinadi. Kodlashtiruvchi kitob yoki jadval ixtiyoriy kriptografik o‘zgartirishga
misol bo‘ladi. Kodlashtirishning axborot texnologiyasiga mos talablar — qatorli
ma’lumotlarni sonli ma’lumotlarga aylantirish va aksincha o‘zgartirishlarni
bajara bilish. Kodlashtirish kitobini tezkor hamda tashqi xotira qurilmalarida
amalga oshirish mumkin, lekin bunday tez va ishonchli kriptografik tizimni
muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Agar bu kitobdan biror marta ruxsatsiz
foydalanilsa,
kodlarning
yangi
kitobini
yaratish
va
uni
hamma
foydalanuvchilarga tarqatish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga —
boshlang‘ich matn belgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga
o‘zgartirish algoritmlarini qamrab oladi. O‘zgartirishlarning bu turi axborot-
kommunikatsiyalar texnologiyalariga mos keladi.
Bu yerda algoritmni himoyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Kriptografik
kalitni qo‘llab, shifrlash algoritmining o‘zida himoyalashga bo‘lgan talablarni

125
kamaytirish mumkin. Endi himoyalash obyekti sifatida faqat kalit xizmat qiladi.


Agar kalitdan nusxa olingan bo‘lsa, uni almashtirish mumkin va bu
kodlashtiruvchi kitob yoki jadvalni almashtirishdan yengildir. Shuning uchun
ham
kodlashtirish
emas,
balki
shifrlash
axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalarida keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya deb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha
«kripto» — sirli va «logus» — xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat.
Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.

Download 184,87 Kb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Download 184,87 Kb.