• Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari Kriptografiya
  • Informatsion texnologiyalar




    Download 184,87 Kb.
    bet73/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini
    ta’minlashdan iborat.
    Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan
    himoya tizimini ochishdan iborat.
    Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
    • simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);
    • asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).
    Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:
    1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni
    bir-birlariga uzatishlari mumkin?
    2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?
    Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi.
    Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan
    ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi.
    Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa,
    ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi
    va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash
    mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida
    qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya’ni
    axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi.

    126
    Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish


    mumkin:
    • foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya’ni kompyuter tizimi zaxiralariga
    kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash:
    • tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro
    autentifikatsiyalash.
    Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron
    to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir.
    Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari

    Kriptografiya — ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plami bo‘lib,
    ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal
    qilishga yo‘naltirilgan: maxfiylik; yaxlitlilik.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




    Download 184,87 Kb.