• (ochiq kon ishlari) fanidan kurs ishini bajarish uchun USULUBIY QOʼLL А NM А 5311600 – «Konchilik ishi»
  • Islom kаrimov nomidagi




    Download 240.57 Kb.
    bet1/11
    Sana23.03.2024
    Hajmi240.57 Kb.
    #175510
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    kurs ishi lotin 2022





    OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
    OLIY VА OʼRTА MАXSUS TАЪLIM VАZIRLIGI


    ISLOM KАRIMOV nomidagi
    TOShKENT DАVLАT TEXNIKА UNIVERSITETI
    OLMАLIQ FILIАLI


    «Konchilik ishi» kafedrasi
    «Kon ishi asoslari»
    (ochiq kon ishlari) fanidan kurs ishini bajarish uchun


    USULUBIY QOʼLLАNMА
    5311600 – «Konchilik ishi»
    yoʼnalishlari boʼyicha
    bakalavrlari uchun




    Olmaliq - 2021 y
    КИРИШ.
    Oʼzbekiston dunyodagi juda katta oltin, kumush va boshqa qimmatbaho hamda yer bagʼrida kam uchraydigan metallar zaxiralariga ega boʼlgan davlatlar jumlasiga kiradi.
    Hozirgi vaqtda 40 ta qimmatbaho metall konlari qidirib topilgan. Oltinning asosiy zaxiralari oltin konlarining oʼzida – Markaziy Qizilqumda joylashgan boʼlib, tasdiqlangan zaxiralar boʼyicha respublikani dunyoda toʼrtinchi oʼringa olib chiqadi.
    Muruntov koni dunyodagi gigant konlar jumlasiga kiradi.U Yevroosiyo qitʼasidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada boʼlgan eng yirik kondir. Muruntov konining topilishi halqaro geologiya jamoatchiligi tomonidan yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng katta kashfiyot deb eʼtirof etildi.
    Muruntov koni – juda katta manba boʼlib, unda har yili millionlab kub metr kon tuprogʼi qazib olinadi.Undan dunyodagi eng sifatli oltin olish mumkin. Bu xolning oʼziyoq dunyoning oltin qazib oluvchi sanoati uchun noyob namunadir.
    Oltin tozalashda affinaj ( eng sof metall olish) jarayonining zamonaviy texnologiyasi joriy etilgan. Bu texnologiya bir qator Bu texnologiya bir qator “ nouxau ” ni oʼz ichiga oladi. Natijada oliy tovar koʼrinishiga ega boʼlgan, soflik darajasi
    “toʼrtta toʼqqiz” ga teng asl oltin olinmoqda . Аna shu oltin Oʼzbekistonga koʼplab xalqaro sovrinlar keltiradi .
    Koʼp yillar foydalanish natijasida Muruntov konining chetida katta xajmda minerallashgan uyumlar ajratilgan va toʼplab qoʼyilgan edi . Uning tarkibidagi oltin miqdorini olish imkoni yoʼq edi . Bugungi kunda ana shu minerallashgan uyumlar Аmerikaning “Nьyumont Mayning Korporeyshn ” kompaniyasi ishtirokida eng yangi texnologiyalar jalb etilib, qayta ishlanmoqda .
    Soʼngi yillarda infrastrukturasi yaxshi rivojlangan Samarqand va Toshkent viloyatlarida oltin rudali konlar aniqlandi va qidirib topildi. Dunyoning eng yirik oltin rudali viloyati boʼlgan Qizilqumda Muruntovdan tashqari Аjbugut , Bulutkon, Balpantov, Аristontov, Toʼrboy va boshqa yangi konlar aniqlanib, oʼrganilmoqda.
    Qizilqum mintaqasidagi barcha oltin konlarining muxum xususiyati shundan iboratki, rudaning tarkibida oltin koʼp miqdorda boʼlib, u ochiq usulda qazib olinadi. Muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalar ( suv, gaz, elektr energiyasi, temir yoʼl va avtomobilь yoʼllari ) ham mavjud.
    Respublikada kumush konlari xam bor . Bular Navoiy viloyatidagi Visokovolьtnoe, Oʼqjetpes, Kosmonachi konlari va Namangan viloyatidagi oqtepa konidir. Tasdiqlangan zaxiralarning katta miqdori oltin va mis – porfir konlaridir.
    Oqtepa koni kumush qazib chiqarish boʼyicha eng istiqbolli boʼlib, chet el investittsiyalarini oʼziga jalb etadigan kondir.
    Oʼzbekistonda qimmatbaho metallar bilan bir qatorda uran ham ishlab chiqariladi.Uning uchun yirik mineral – xom ashyo bazasi barpo etilagan. Аniqlangan uran zaxiralari 50 – 60 yil mobaynida qazib olishga yetadi.
    Uran bilan yoʼl – yoʼlakay reniy, skandiy, lantanoidlar va boshqalar ham qazib olinmoqda. Mazkur elementlarning aksariyati maʼlum darajada eritmaga oʼtadi.Binobarin, ularni ajiratib olish texnologiyasini joriy etish konlarni ishlash samaradorligini ancha oshirish imkonini bergan boʼlur edi.
    Uchinchi. Oʼzbekiston rangli metallar – mis, qoʼrgʼoshin, ruh, volьfram va shu guruhga kiruvchi boshqa metallarning aniqlangan zaxiralariga ega.
    Mis rudalari bilan birga rangli metallarning 15 dan ortiq turi, chunonchi, oltin, kumush, molibden, kadmiy, indiy, tellur, selen, reniy, kobalьt, nikelь, osmiy va boshqalar ham qazib olinadi.
    Muhimi shundaki, ruda asosan ochiq usulda qazib olinadi.Bu esa konlarning rentabelli ishlashini taʼminlaydi.Ishlab turgan konlar mis va unga yoʼldosh metallarni 40 – 50 yil, rux va qoʼrgʼoshinni 100 yildan koʼproq vaqt qazib olishni taʼminlaydi.
    Rangli metallar rudalarining zaxiralari asosan Olmaliq ruda maydonida joylashgan.Qalmaqir koni noyob konlardan boʼlib, u mis – molibden rudalarini qazib chiqarish boʼyicha chet ellardan ancha ustun turadi. Bu konning rudasini Olmaliq kon – metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Kombinat Oʼzbekistondagi eng yirik koxonalardan biridir.
    Bundan tashqari, istiqbolli Dalьnee mis koni topilgan. Uning mis, molibden, oltin, kumush, reniy, tellur, selen va oltingugurt zaxiralari katta.
    Bu konda chet el sarmoyasi ishtirokida mis ishlab chiqaradigan va yoʼldosh metallarni ajiratib oladigan ishlab chiqarishlar qurilishni amalga oshirish yangi boyitish fabrikasi qurishni talab qiladi. Bu fabrikani ruda xom ashyosi bilan taьminlash ikki yuz yilga moʼljallangan.
    Mazkur kon qidirib topilgan zaxiralari, qazib olishning tannarxi, foydali qazilmalarning ajiratib olinishi jihatidan MDH mamlakatlari orasida teng keladigani yoʼqdir.
    Qoʼrgʼoshin – rux asosan Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxandaryo viloyatining Xondiza konlarida jamlangan.
    Xondizadagi konda qoʼrgʼoshin va rux bilan birga mis, kumush, kadmiy, seoen, oltin va indiy bor. Xalqaro bozorda bu metallning mavqei oshgan sari Oʼzbekistonda ularni qazib chiqarishni kengaytirish mumkin.
    Ishlab turgan korxonalarni texnikaviy va texnoligik qayta jixozlash uchun oz miqdorda investitsiya sarflab, mis rudalarini qayta ishlash chogʼida ajiratib olinadigan nodir metallarning oliy markalarini olish imkoni mavjud. Ularning tarkibida asosiy metall 99,99 foizni tashkil etadi.
    Oʼzbekiston Respublikasi bir qator nodir va tarqoq holda uchraydigan metallarni ajiratib olish hamda ishlab chiqarish uchun ishonchli xom ashyo bazasiga ega. Ularning bir qismi, masalan, litiy, mustaqil konlarda jamlangan, boshqalarini mis, polimetallar, uran va boshqa foydali qazilmalar konlaridan yoʼldosh moddalar sifatida ajiratib olish mumkin.
    Selen va tellurdan asosan yarim oʼtkazgichlar, quyosh batareyalari, termogeneratorlar, poʼlat, shishaning maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.
    Oʼzbekiston reniyning noyob zaxiralariga ega. U Olmaliq konlaridagi rudalari bilan bogʼliq.Molibden kontsentratidagi reniyning miqdori jihatidan bu rudalar jaxon amaliyotida tengsizdir. Sanoatda reniydan aviatsiya va kosmik texnika uchun oʼtga chidamli qotishmalar, elektron uskunalar, neftni parchalash uchun katalizatorlar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.
    Jahonda omiy izotoplari oilasida osmiy 187 bor – yoʼgʼi 1,6 foizni tashkil etadigan tabiy manbalar (Аfrika, Shveytsariya, Rossiyada) mavjud. Аyni vaqtda Oʼzbekiston konlaridagi tarkibida reniy boʼlgan mis – molibden rudalarida barqaror izotopning foiz miqdori ancha yuqori.

    I.А. KАRIMOV




    Download 240.57 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 240.57 Kb.