• Energo mexanika fakulteti Kimyo metalurgiya fakulteti Konchilik fakulteti Qishloq xo’jaligi fakulteti
  • Reja: Axborot xavfsizlik haqida ma’lumot




    Download 20,21 Kb.
    Sana17.12.2023
    Hajmi20,21 Kb.
    #121270
    Bog'liq
    AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI (3)


    AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIDA AXBOROT XAVFSIZLIGI
    Reja:
    1.Axborot xavfsizlik haqida ma’lumot
    2.Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari
    3.Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi.
    4.Xulosa

    Tarmoq hujumlari turlari va ularni bartaraf etish haqida ma’lumot va yordam beruvchi hamda o‘rgatuvchi bir qator jamoat tashkilotlari mavjud. Quyida ularning bir qismi veb‑saytlari bilan berilgan:


    1. American Society for Industrial Security (ASIS) – Amerika sanoat xavfsizligi tashkiloti: Zarur xavfsizlikka o‘qitishni taklif etadi va “Himoya bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassis” (Certified Protection Professional) sertifikatsiyasini o‘tkazadi. Uning a’zolari va joylardagi bo‘limlari haqidagi ma’lumot joylangan sayt – www.securitymanagement.com/library/000077.html. 2. Computer Emergency Response Team Coordination Center (CERT/CC) – Kompyuterlardagi favqulodda holatlarga tezkor javob berish guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi: Kompyuter va tarmoq hujumlarni o‘rganish, tizimlarni himoya qilish usullarini topish va hujumlar haqida asosiy ma’lumotlarni tarqatish maqsadida AQSH Mudofaa boshqarmasining Ilg‘or ilmiy-tadqiqot mudofaa loyihalari agentligi tomonidan asos solingan va hozirda Karnegi-Mellon Universitetining Dasturiy injiniring institutida joylashgan. Markaz veb-say tiga www.cert.org orqali tashrif buyurishingiz mumkin.
    3. Forum of Incident Response and Security Teams (FIRST) – Insidentlarga javob qaytarish va xavfsizlik guruhlari forumi: o‘quv muassasalari, boshqarmalari va tijoratning 100 dan ortiq tashkilotlari a’zo bo‘lgan xavfsizlik bo‘yicha xalqaro tashkilot. FIRST mahalliy himoyada va xalqaro xavfsizlikda yuz beradigan insidentlarni oldini olish va ularga tezkor javob qaytarishga yordam berish maqsadida tashkil etilgan. Uning veb-sayti – www.first.org. 4. InfraGard: Xususiy sanoat konsorsiumi va AQSH kritik axborot tizimlari infrastrukturasini himoya qilish maqsadida axborot almashinuvni amalga oshiruvchi Markaziy razvedka boshqarmasi tomonidan yo‘naltiriladigan AQSH federal boshqarmasi. InfraGard haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun manba: www.infragard.net.

    5. Information Security Forum (ISF) – Axborot xavfsizligi forumi: Coopers va Lybrand tomonidan Evropa xavfsizlik forumi sifatida ishga tushirilgan bu tashkilot xalqaro faoliyati hisobiga kengaygan va 1992-yilda ISF bo‘lgan. ISF o‘z faoliyatini «amaliy izlanishlar»ni nashr etish va regional sammitlarda joylash orqali o‘tkazishga yo‘naltiradi. Siz bu tashkilot haqida ko‘proq ma’lumotni www.securityforum.org saytidan bilib olishingiz mumkin. 6. Information Systems Security Association (ISSA) – Axborot tizimlari xavfsizligi uyushmasi: Bu ham kompyuter xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish va ilmiy izlanishlar olib boradigan xalqaro tashkilot. ISSA Certified Information Systems Security Professional (CISSP), Systems Security Certified Practitioner (SSCP), and Certified Information Systems Auditor (CISA) kabi ko‘plab sertifikatsiya dasturlariga homiylik qilishga yordam beradi. ISSA tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ushbu saytga murojaat eting: www.issa.org.


    7. National Security Institute (NSI) – Milliy xavfsizlik instituti: Xavfsizlikni buzishga tahdidning barcha turlari haqida ma’lumot beradi. Ushbu tashkilotning kompyuter xavfsizligi qismi xavf haqida e’lonlar, tadqiqot ishlari, rahbarlar uchun ma’lumotlar va xavfsizlik bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va davlat standartlari haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Veb manzili – nsi.org. 8. SysAdmin, Audit, Network, Security (SANS) Institute – Tizim administratori, audit, tarmoq va xavfsizlik instituti: xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar uchun axborotlar, o‘qitish, tadqiqot ishlari va boshqa resurslarni taklif etadi. SANS instituti Global Information Assurance Certification (GIAC) dasturi asosida faoliyat boshlagan ushbu tashkilot AQSHda va xalqaro miqiyosda to‘liq o‘qitish dasturini taklif etadi. Bu otaliq dasturlari bilan bir qatorda xavfsizlikka onlayn o‘qitishni ta’minlaydi.SANS instituti ba’zi internet-tahdidlarning xavflilik darajasini o‘rganish maqsadida Internet-shtorm Markazi (Internet Storm Center – isc.incidents.org) ga asos

    solgan.Institutning veb-sahifasi – www.sans.org. 7. National Security Institute (NSI) – Milliy xavfsizlik instituti: Xavfsizlikni buzishga tahdidning barcha turlari haqida ma’lumot beradi. Ushbu tashkilotning kompyuter xavfsizligi qismi xavf haqida e’lonlar, tadqiqot ishlari, rahbarlar uchun ma’lumotlar va xavfsizlik bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va davlat standartlari haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Veb manzili – nsi.org. 8. SysAdmin, Audit, Network, Security (SANS) Institute – Tizim administratori, audit, tarmoq va xavfsizlik instituti: xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar uchun axborotlar, o‘qitish, tadqiqot ishlari va boshqa resurslarni taklif etadi. SANS instituti Global Information Assurance Certification (GIAC) dasturi asosida faoliyat boshlagan ushbu tashkilot AQSHda va xalqaro miqiyosda to‘liq o‘qitish dasturini taklif etadi. Bu otaliq dasturlari bilan bir qatorda xavfsizlikka onlayn o‘qitishni ta’minlaydi.SANS instituti ba’zi internet-tahdidlarning xavflilik darajasini o‘rganish maqsadida Internet-shtorm Markazi (Internet Sto Axborot xavfsizligiga tahdid va uning turlari Axborotni muhofaza qilishning maqsadi va konseptual asoslari Umuman olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalash mumkin: – axborotni tarqab ketishi, o‘g‘irlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini oldini olish; – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish; – axborotni yo‘q qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish; – axborot resurslari va axborot tizimlariga noqonuniy ta’sir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk ob’ekti sifatida huquqiy rejimni ta’minlash; – axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini va konfedensialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoyalash; – davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan hujjatlashtirilgan axborotlar konfedensialligini ta’minlash; – axborot jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qo‘llashda sub’ektlarning huquqlarini ta’minlash.

    Axborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning o‘z vaqtidaligi, faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini kompleks tarzda o‘tkazish axborotni tarqab ketishi mumkin bo‘lgan xavfli kanallarni yo‘q qilishni ta’minlaydi. Ma’lumki, birgina ochiq qolgan axborotni tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib yuboradi.
    Axborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni ko‘rsatadiki, muhofaza qilishning to‘liq shakllangan konsepsiyasi va tuzilishi hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: – sanoat asosida ishlab chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning o‘ta takomillashgan texnik vositalari; – axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning mavjudligi; – ushbu muammoga oid etarlicha aniq ifodalangan qarashlar tizimi; – etarlicha amaliy tajriba va boshqalar.
    rm Center – isc.incidents.org) ga asos solgan.Institutning veb-sahifasi – www.sans.org.
    Biroq, xorijiy matbuot xabarlariga ko‘ra ma’lumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani yo‘q, aksincha barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lib bormoqda.
    Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi. Umumiy yo‘nalishga ko‘ra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga bo‘linadi: – O‘zbekistonning ma’naviy ravnaqi sohalarida, ma’naviy hayot va axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga tahdidlar; – mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot resurslarini yig‘ish, saqlash va samarali foydalanishni ta’minlashga nisbatan tahdidlar; –

    Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va telekommunikatsiya tizimlarining me’yorida ishlashiga, axborot resurslari xavfsizligiga tahdidlar.


    Axborot hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta tashkil etuvchini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq: 1) axborot; 2) texnik va dasturiy vositalar; 3) xizmat ko‘rsatuvchi personal va foydalanuvchilar.
    Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan maqsad foydalanuvchilarning talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan ta’minlash hamda ularning konfedensialligini saqlash hisoblanadi. Bunda axborot bilan ta’minlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan ta’sirlardan himoyalash asosida hal etilishi zarur. Axborot tarqab ketishiga konfedensial ma’lumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar doirasidan nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida qaraladi.
    Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud: 1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati bo‘lmaganlarga ma’lum bo‘ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‘lga kiritish orqali yuzaga keladi. 2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‘zgartirishni o‘zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan o‘zgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek, dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy o‘zgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Axborot butunligi – axborotning buzilmagan holatda mavjudligidir. 3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana olishlilikni blokirovka bo‘lib qolishi natijasida yuzaga keladi. Axborotdan foydalana olishlilik – axborot aylanuvchi, sub’ektlarga ularni qiziqtiruvchi axborotlarga o‘z vaqtida qarshiliklarsiz kirishini ta’minlab beruvchi hamda ixtiyoriy vaqtda murojaat etilganda sub’ektlarning so‘rovlariga javob beruvchi avtomatlashtirilgan xizmatlarga tayyor bo‘lgan tizimning xususiyatidir.
    Axborotni muhofaza qilish tamoyillarini uchta guruhga bo‘lish mumkin: huquqiy, tashkiliy hamda texnik razvedkadan himoyalanishda va hisoblash texnikasi vositalarida axborotga ishlov berishda axborotni muhofaza qilishdan foydalanish. Axborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari samarali bo‘lishi mumkin. Unga quyidagi chora-tadbirlar kiradi: 1. Qonunchilik. Axborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek davlatning huquq va majburiyatlarini qat’iy belgilovchi qonuniy aktlardan foydalanish. 2. Ma’naviy-etik. Ob’ektda qat’iy belgilangan o‘zini tutish qoidalarining buzilishi ko‘pchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi joriy etilgan muhitni hosil qilish va qo‘llab quvvatlash. 3. Jismoniy. Himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini taqiqlovchi jismoniy to‘siqlar yaratish. 4. Ma’muriy. Tegishli maxfiylik rejimi, kirish va ichki rejimlarni tashkil etish. 5. Texnik. Axborotni muhofaza qilish uchun elektron va boshqa uskunalardan foydalanish. 6. Kriptografik. Ishlov berilayotgan va uzatilayotgan axborotlarga noqonuniy kirishni oldini oluvchi shifrlash va kodlashni tatbiq etish. 7. Dasturiy. Foydalana olishlilikni chegaralash uchun dastur vositalarini qo‘llash.
    Fizik, apparatli, dasturli va hujjatli vositalarni o‘z ichiga oluvchi barcha axborot tashuvchilarga kompleks holda himoya ob’ekti sifatida qaraladi. Odatda, so‘nggi vaqtlarda axborotdan foydalanish, saqlash, uzatish va qayta ishlashda turli ko‘rinishdagi axborot tizimlarida amalga oshirilmoqda. Axborot tizimi – bu odatda matnli yoki grafik axborotlarni yig‘ish, saqlash, qidirish va qayta ishlashga mo‘ljallangan amaliy dasturiy, ba’zan esa apparat-dasturiy nimtizimdir. Ma’lumotlarning axborot tizimida mavjud bo‘lishining moddiy asosi bu elektron va elektron-mexanik qurilmalar, shuningdek axborot tashuvchilardir. Axborot tashuvchilari sifatida qog‘oz, magnit va optik tashuvchilar, elektron sxemalar foydalanilishi mumkin. Demak, qurilma va nimtizimlarni hamda axborot tashuvchilarini himoya qilish zarur. Turli axborot tizimlarida foydalanuvchilar xizmat ko‘rsatuvchi personal hisoblanib, axborot manbai va tashuvchilari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun himoya ob’ekti tushunchasi keng ma’noda talqin etiladi. Himoya ob’ekti deganda nafaqat axborot resurslari, apparat va dasturiy vositalar, xizmat ko‘rsatuvchi personal va foydalanuvchilar, balki bino hamda u joylashgan hudud ham tushuniladi.
    Axborotni muhofaza qilishning asosiy ob’ektlariga quyidagilar kiradi: – davlat sirlari bilan bog‘liq va konfedensial ma’lumotlarni o‘zida saqlovchi axborot resurslari; – vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, tarmoqlar va tizimlar), dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, amaliy dasturiy ta’minot), avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, aloqa va ma’lumotlarni uzatish tizimlari, ruxsati chegaralangan axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash texnik vositalari (ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz eshitish, so‘zlashuv va televizion qurilmalar, hujjatlarni tayyorlash, ko‘paytirish vositalari hamda boshqa grafik, matn va harfli-raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash vositalari), konfedensial va davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi tizim va vositalar. Bunday tizim va vositalarni ko‘pincha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash texnik vositalari deb atashadi.

    Xulosa: Computer Emergency Response Team Coordination Center (CERT/CC) – Kompyuterlardagi favqulodda holatlarga tezkor javob berish guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish markazi: Kompyuter va tarmoq hujumlarni o‘rganish, tizimlarni himoya qilish usullarini topish va hujumlar haqida asosiy ma’lumotlarni tarqatish maqsadida AQSH Mudofaa boshqarmasining Ilg‘or ilmiy-tadqiqot mudofaa loyihalari agentligi tomonidan asos solingan va hozirda Karnegi-Mellon Universitetining Dasturiy injiniring institutida joylashgan. Markaz veb-saytiga www.cert.org orqali tashrif buyurishingiz mumkin.





    Energo mexanika fakulteti



    Kimyo metalurgiya fakulteti

    Konchilik fakulteti

    Qishloq xo’jaligi fakulteti

    Navoiy davlat konchilik va texnologoyalar universiteti

    Download 20,21 Kb.




    Download 20,21 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Axborot xavfsizlik haqida ma’lumot

    Download 20,21 Kb.