• Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud
  • Axborot xavfsizligi nima?




    Download 5.63 Mb.
    bet1/3
    Sana30.05.2023
    Hajmi5.63 Mb.
    #67558
      1   2   3
    Bog'liq
    axborot xavfsizligi
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

    Axborot xavfsizligi nima?

    • Sizga ta’luqli bo’lgan, begonalar bilmasligi kerak bo’lgan har qanday shakldagi ma’lumotning xavfsiz saqlanishi axborot xavfsizligi deyiladi. Axborot tushunchasi har qanday shakldagi ma’lumotni anglatishi mumkin. Telefoningizdagi parol, pasportingizdagi ma’lumotlar, kompyuteringizdagi xujjatlar, stolingiz tortmasida turgan maxfiy ish xujjatlari, qog’oz xat orqali va messenjerlardagi yozishmalar, telefon so’zlashuvlari tarixi, har qanday ovozli yozuv va video tasvirlar axborot shakllariga ba’zi misollar bo’lishi mumkin. O’zingizga tegishli har qanday shaxsiy axborotni Zamonaviy dunyoda axborot xavfsizligi eng birinchi o’rinda e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan jihatlardan biri hisoblanadi. Siz, oilangiz yoki faoliyatingizga aloqador har qanday shaxsiy ma’lumot bugungi kunda g’araz niyatli kishilar qo’liga tushsa juda kuchli qurolga aylanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar va televideniyada internet orqali shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishiga yoki o’g’irlanishiga bog’liq jinoyatlar ko’p yoritilmoqda. Tafsilotlarga e’tibor bersangiz, bir qarashda ahamiyatsiz deb bilingan kichik ma’lumotlar kishilarga ma’naviy, ruhiy va moddiy zarar yetkazayapti. Ko’ngilsizliklarning oldini olish uchun har bir kishi o’zi uchun shaxsiy va oilaviy/jamoaviy axborot xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Internet texnologiyalarining hozirgi rivojlanish davrida esa axborot xavfsizligi nafaqat kattalar, balki bolalarga ham mukammal o’rgatilishi kerak bo’lgan soha bo’lib qolmoqdahar doim xavfsiz saqlashingiz kerak.

    Tahdidning uchta ko‘rinishi mavjud

    • 2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan o‘zgartirishni o‘zida mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan o‘zgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek, dastur va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy o‘zgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Axborot butunligi – axborotning buzilmagan holatda mavjudligidir.
    • 3. Xizmatlarning izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa foydalanuvchilar yoki jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana olishlilikni blokirovka bo‘lib qolishi natijasida yuzaga keladi. Axborotdan foydalana olishlilik – axborot aylanuvchi, sub’ektlarga ularni qiziqtiruvchi axborotlarga o‘z vaqtida qarshiliklarsiz kirishini ta’minlab beruvchi hamda ixtiyoriy vaqtda murojaat etilganda sub’ektlarning so‘rovlariga javob beruvchi avtomatlashtirilgan xizmatlarga tayyor bo‘lgan tizimning xususiyatidir.

    1. Konfedensiallikning buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati bo‘lmaganlarga ma’lum bo‘ladi. Bu holat konfedensial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qo‘lga kiritish orqali yuzaga keladi.

    Download 5.63 Mb.
      1   2   3




    Download 5.63 Mb.