MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
Guruh: CSF001
Bajardi: Abdusalomov Faxriddin Tekshirdi: Imamaliyev Oybek
Mavzu: Axborotni ximoyalashning kriptografik usullari
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni bеrkitib qo‘ymoq» ma’nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‘lgan davrlardayoq aytib o‘tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya dеganda har qanday shakldagi, ya’ni diskda saqlanadigan sonlar ko‘rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‘rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi.
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta’minlaydi. Masalan, to‘lov varaqlarini elеktron pochta orqali uzatishda uning o‘zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qushilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta’minlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Umuman olganda kompyutеr tarmog‘iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lеkin ularni aniqlash mumkin.
Kriptografiya usullarini qo‘llashning ba’zi birlarini ko‘rib chiqamiz. Uzataladigan axborotning ma’nosini yashirish uchun ikki xil o‘zgartirishlar qo‘llaniladi: kodlashtirish va shifrlash.
Kodlashtirish uchun tеz-tеz ishlatiladigan iboralar to‘plamini o‘z ichiga oluvchi kitob yoki jadvallardan foydalaniladi. Bu iboralardan har biriga, ko‘p hollarda, raqamlar to‘plami bilan bеriladigan ixtiyoriy tanlangan kodli so‘z to‘g‘ri kеladi.
Kriptografik o‘zgartirishning ikkinchi turi shifrlash o‘z ichiga — boshlang‘ich matn bеlgilarini anglab olish mumkin bo‘lmagan shaklga o‘zgartirish altoritmlarini qamrab oladi.
Sirli (maxfiy) aloqalar sohasi kriptologiya dеb aytiladi. Ushbu so‘z yunoncha «kripto» — sirli va «logus» — xabar ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan iborat. Kriptologiya ikki yo‘nalish, ya’ni kriptografiya va kriptotahlildan iborat.
Kriptologiya – axborotni qayta akslantirib himoyalash muammosi bilan shug’ullanadi (kryptos – maxfiy, sirli, logos - fan). Kriptologiya ikki yo’nalishga bo’linadi – kriptografiya va kriptoanaliz. Bu ikki yo’nalishning maqsadlari qarama-qarshi.
Kriptografiya – axborotni qayta akslantirishning matematik usullarini izlaydi va tadqiq qiladi.
Kriptoanaliz – kalitni bilmasdan shifrlangan matnni ochish imkoniyatlarini o’rganadi.
Bu kitobda asosiy e’tibor kriptografik usullarga qaratilgan.
Zamonaviy kriptografiya quyidagi to’rtta bo’limlarni o’z ichiga oladi:
Simmetrik kriptotizimlar.
Ochiq kalitli kriptotizimlar.
Elektron imzo tizimlari.
Kalitlarni boshqarish.
Kriptografik usullardan foydalanishning asosiy yo’nalishi – maxfiy axborotning aloqa kanalidan uzatish (masalan, elektron pochta), uzatiladigan xabarning uzunligini o’rnatish, axborotni (hujjatlarni, ma’lumotlar bazasini) shifrlangan holda raqamli vositalarda saqlash.
SHunday qilib, kriptografiya axborotni shunday qayta ishlash imkonini beradiki, bunda uni qayta tiklash faqat kalitni bilgandagina mumkin.
Shifrlash va deshifrlashda qatnashadigan axborot sifatida biror alifbo asosida yozilgan matnlar qaraladi. Bu terminlar ostida quyidagilar tushuniladi.
Alifbo – axborot belgilarini kodlash uchun foydalaniladigan chekli to’plam.
Matn – alifbo elementlarining tartiblangan to’plami.
Zamonaviy ATlarida qo’llaniladigan alifbolarga misol sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
* Z33 alifbosi – rus alifbosining 32 harflari va bo’sh joy belgisi;
* Z256 alifbosi – ASCII va KOI-8 standart kodlariga kiruvchi belgilar;
* Binar alifbo - Z2={0, 1}
* Sakkizlik yoki o’n oltilik alifbolar.
SHifrlash – akslantirish jarayoni: ochiq matn deb ham nomlanadigan matn shifrmatnga almashtiriladi.
Deshifrlash – shifrlashga teskari jarayon. Kalit asosida shifrmatn ochiq matnga akslantiriladi.
Kalit – matnni shifrlash va shifrini ochish uchun kerakli axborot.
Kriptografik tizim – ochiq matnni akslantirishning T oilasini o’zida mujassamlashtiradi. Bu oila a’zolari k bilan indekslanadi yoki belgilanadi. k parametr kalit hisoblanadi. K kalitlar fazosi – bu kalitning mumkin bo’lgan qiymatlari to’plami. Odatda kalit alifbo harflari ketma-ketligidan iborat bo’ladi.
Kriptotizimlar simmetrik va ochiq kalitli tizimlarga bo’linadi.
Simmetrik kriptotizimlarda shifrlash va shifrni ochish uchun bitta va aynan shu kalitdan foydalaniladi.
Ochiq kalitli kriptotizimlarda bir-biriga matematik usullar bilan bog’langan ochiq va yopiq kalitlardan foydalaniladi. Axborot ochiq kalit yordamida shifrlanadi, ochiq kalit barchaga oshkor qilingan bo’ladi, shifrni ochish esa faqat yopiq kalit yordamida amalga oshiriladi, yopiq kalit faqat qabul qiluvchigagina ma’lum.
Kalitlarni tarqatish va kalitlarni boshqarish terminlari axborotni akslantirish tizimlari jarayoniga tegishli. Bu iboralarning mohiyati foydalanuvchilar o’rasida kalit yaratish va tarqatishdir.
Elektron raqamli imzo deb – xabar muallifi va tarkibini aniqlash maqsadida shifrmatnga qo’shilgan qo’shimchaga aytiladi (elektron xujjatdagi mazkur elektron xujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan xolda maxsus o’zgartirish natijasida xosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron xujjatdagi axborotda xatolik yo’qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo).
Kriptobardoshlilik deb kalitlarni bilmasdan shifrni ochishga bardoshlilikni aniqlovchi shifrlash tavsifiga aytiladi.
Kriptobardoshlilikning bir necha ko’rsatkichlari bo’lib, ular:
barcha mumkin bo’lgan kalitlar soni;
kriptoanaliz uchun zarur bo’lgan o’rtacha vaqt.
Tk akslantirish unga mos keluvchi algoritm va k kalit qiymati bilan aniqlanadi. Axborotni himoyalash maqsadida samarali shifrlash kalitni yashirin saqlashga va shifrning kriptobardoshliligiga bog’liq.
Deyarli tub son – tub bo’lish ehtimoli 1 ga yaqin.
Belgi – axborotni fiksirlangan uzunlikdagi ko’rinishi
SHA – Secure Hash Algorithm ma’lumotni xeshlash algoritmi
vaqtinchalik shtempel - vaqtni belgilab qo’yish mexanizmi
Diffi - Xellman algoritmi – ikki abonent o’rtasida o’zaro kalit almashinish algoritmi
Autentifikatsiya – shaxsini haqqoniyligini tasdiqlash.
Kriptotizimlarga qo’yilgan talablar
Ma’lumotlarni kriptografik akslantirish jarayoni dasturiy va apparatli amalga oshirilishi mumkin. Apparatli ta’minot qimmat, ammo u sermahsullik, oddiylik, himoyalanganlik kabi afzalliklarga ega. Dasturiy ta’minot foydalanishga qulayligi uchun ko’proq amaliy hisoblanadi.
Amalga oshirish usullariga bog’liq bo’lmagan holda axborotni himoyalashning zamonaviy kriptografik tizimlariga quyidagi umumiy talablar qo’yiladi:
shifrlash algoritmini bilish shifrmatn kriptobardoshliligini tushirib yubormasligi lozim. Barcha kriptotizimlar bu talabga javob berishi kerak;
shifrlangan xabarning biror qismi va unga mos ochiq matn asosida kalitni aniqlash uchun zarur bo’lgan amallar soni mumkin bo’lgan umumiy kalitlarga sarflanadigan amallar sonidan kam bo’lmasligi kerak;
shifrlangan matndan ochiq matnni hosil qilish uchun mumkin bo’lgan kalitlar to’plamini to’la ko’rib chiqish amallari soni qat’iy past ko’rsatkichga ega bo’lishi va zamonaviy kompyuterlar imkoniyatlari chegarasidan chiqib ketishi kerak;
shifrlash algoritmini bilish himoyaga ta’sir qilmasligi kerak;
kalitdagi yoki boshlang’ich ochiq matndagi kichik o’zgarishlar shifrlangan matnni tubdan o’zgartirib yuborishi kerak;
shifrlash algoritmining tarkibiy elementlari o’zgarmas bo’lishi lozim;
shifrlash jarayonida qo’shilgan qo’shimcha bitlar shifrmatnda bir butunligini saqlashi va yetarlicha yashirilgan bo’lishi talab etiladi;
shifrmatn uzunligi ochiq matn uzunligiga teng bo’lishi kerak;
shifrlash jarayonida ketma-ket qo’llaniladigan kalitlar o’rtasida o’zaro oddiy va oson bog’liqlik bo’lmasligi kerak;
mumkin bo’lgan kalitlar to’plamidagi ixtiyoriy kalit, shifrmatnning kriptobardoshliligini ta’minlashi kerak;
algoritm ham dasturiy, ham apparatli realizatsiyaga qulay, va kalit uzunligining o’zgarishi, shifrlash algoritmining sifatini pasaytirmasligi kerak.
Axborotni simmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari
Shifrlash kriptotizimining umumlashtirilgan sxemasi
Uzatiluvchi axborot matni M kriptografik o’zgartirish Yek1 yordamida shifrlanadi, natijada shifrmatn C olinadi:
Kriptotizimlarning ikkita sinfi farqlanadi:
1. simmetrik kriptotizim (bir kalitli);
2. asimmetrik kriptotizim (ikkita kalitli).
SHifrlashning simmetrik kriptotizimida shifrlash va rasshifrovka qilish uchun bitta kalitning o’zi ishlatiladi. Demak, shifrlash kalitidan foydalanish xuquqiga ega bo’lgan har qanday odam axborotni rasshifrovka qilishi mumkin. SHu sababli, simmetrik kriptotizimlar mahfiy kalitli kriptotizimlar deb yuritiladi. Ya’ni shifrlash kalitidan faqat axborot atalgan odamgina foydalana olishi mumkin.
Elektron xujjatlarni uzatishning konfidentsialligini simmetrik kriptotizim yordamida ta’minlash masalasi shifrlash kaliti konfidentsialligini ta’minlashga keltiriladi. Odatda, shifrlash kaliti ma’lumotlar fayli va massividan iborat bo’ladi va shaxsiy kalit eltuvchisidan masalan, disketda yoki smart-kartada saqlanadi. SHaxsiy kalit eltuvchisi egasidan boshqa odamlarning foydalanishiga qarshi choralar ko’rilishi shart.
Simmetrik shifrlash axborotni "o’zi uchun", masalan, egasi yo’qligida undan ruxsatsiz foydalanishni oldini olish maqsadida, shifrlashda juda qulay xisoblanadi. Bu tanlangan fayllarni arxivli shifrlash va butun bir mantiqiy yoki fizik disklarni shaffof(avtomatik) shifrlash bo’lishi mumkin.
Simmetrik shifrlashning noqulayligi - axborot almashinuvi boshlanmasdan oldin barcha adresatlar bilan maxfiy kalitlar bilan ayirboshlash zaruriyatidir. Simmetrik kriptotizimda maxfiy kalitni aloqaning umumfoydalanuvchi kanallari orqali uzatish mumkin emas. Maxfiy kalit jo’natuvchiga va qabul qiluvchiga kalitlar tarqatiluvchi himoyalangan kanallar orqali uzatilishi kerak.
Mavjud barcha kriptografik usullar quyidagi sinflarga ajratiladi:
Mono- va ko’p alifboli o’rniga qo’yishlar (podstanovkalar).
Bir xil alifbodan foydalangan holda ochiq matnni boshqa matnga murakkab yoki qiyin qoida bo’yicha almashtirish o’rniga qo’yish hisoblanadi. Yuqori kriptobardoshlilikni ta’minlash uchun katta kalitlardan foydalanishga to’g’ri keladi.
O’rin almashtirishlar (perestanovkalar)
Bu ham uncha murakkab bo’lmagan kriptografik akslantirish hisoblanadi, odatda boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi.
Gamma qo’shish (Gammalash)
Bu usulda kalit asosida generatsiya qilinadigan psevdotasodifiy sonlar ketma-ketligi ochiq matn ustiga qo’yiladi.
Blokli shifrlar shifrlanadigan matn blokiga qo’llaniladigan asosiy akslantirish usullarini (mumkin bo’lgan takrorlashlar va navbatlar bilan) tasvirlaydi. Blokli shifrlar yuqori kriptobardoshlilikka ega ekanligidan amalda u yoki bu sinf akslantirishidan ko’proq uchraydi. Amerika va Rossiyaning shifrlash standartlari aynan shu sinf shifrlariga asoslangan.
Axborotni nosimmetrik algoritmlar asosida kriptografik ximoyalash tamoyillari
Asimmetrik kriptotizimlarda axborotni shifrlashda va rasshifrovka qilishda turli kalitlardan foydalaniladi:
- ochiq kalit K axborotni shifrlashda ishlatiladi, maxfiy kalit k dan hisoblab chiqariladi;
- maxfiy kalit k , uning jufti bo’lgan ochiq kalit yordamida shifrlangan axborotni rasshifrovka qilishda ishlatiladi.
Maxfiy va ochiq kalitlar juft-juft generatsiyalanadi. Maxfiy kalit egasida qolishi va uni ruxsatsiz foydalanishdan ishonchli ximoyalash zarur (simmetrik algoritmdagi shifrlash kalitiga o’xshab). Ochiq kalitning nusxalari maxfiy kalit egasi axborot almashinadigan kriptografik tarmoq abonentlarining har birida bo’lishi shart.
Asimmetrik kriptotizimda shifrlangan axborotni uzatish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi:
- abonent V juft kalitni generatsiyalaydi: maxfiy kalit kV va ochiq kalit KV;
- ochiq kalit KV abonent A ga va qolgan abonentlarga jo’natiladi.
2. A va V abonentlar o’rtasida axborot almashish:
- abonent A abonent Vning ochiq kaliti KV yordamida axborotni shifrlaydi va shifrmatnni abonent Vga jo’natadi;
- abonent V o’zining maxfiy kaliti kV yordamida axborotni rasshifrovka qiladi. Hech kim (shu jumladan abonent A ham) ushbu axborotni rasshifrovka qilaolmaydi, chunki abonent Vning mahfiy kaliti unda yo’q.
Asimmetrik kriptotizimda axborotni ximoyalash axborot qabul qiluvchi kaliti kV ning mahfiyligiga asoslangan.
Asimmetrik kriptotizimlarning asosiy hususiyatlari quyidagilar:
1. Ochiq kalitni va shifr matnni himoyalangan kanal orqali jo’natish mumkin, ya’ni niyati buzuq odamga ular ma’lum bo’lishi mumkin.
2. SHifrlash YeV : M ► C va rasshifrovka qilish DB: S ► M algoritmlari ochiq.
Shifrlash standartlari. Kriptografik kalitlarni boshqarish. Xeshlash funktsiyasi
|