|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 77/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgEgalikni boshqarish — tizim zaxiralari bilan ishlashni tartibga solish
usulidir. Ushbu usul quyidagi funksiyalardan iborat:
• tizimning har bir obyektini, elementini identifikatsiyalash, masalan,
foydalanuvchilarni;
• identifikatsiya bo‘yicha obyektni yoki subyektni haqiqiy, asl ekanligani
aniqlash;
• vakolatlarni tekshirish, ya’ni tanlangan ish tartibi bo‘yicha (reglament)
hafta kunini, kunlik soatni, talab qilinadigan zaxiralarni qo‘llash
mumkinligini tekshirish;
• qabul qilingan reglament bo‘yicha ishlash sharoitlarini yaratish va
ishlashga ruxsat berish;
• himoyalangan zaxiralarga qilingan murojaatlarni qayd qilish;
• ruxsatsiz harakatlarga javob berish, masalan, signal berish, o‘chirib
qo‘yish, so‘rovnomani bajarishdan voz kechish va boshqalar.
Niqoblash — ma’lumotlarni o‘qib olishni qiyinlashtirish maqsadida ularni
kriptografiya orqali kodlash.
Тartiblash — ma’lumotlar bilan ishlashda shunday shart-sharoitlar
yaratiladiki, ruxsatsiz tizimga kirib olish ehtimoli kamaytiriladi.
Majburlash — qabul qilingan qoidalarga asosan ma’lumotlarni qayta ishlash,
aks holda foydalanuvchilar moddiy, ma’muriy va jinoiy jazolanadilar.
132
Undamoq — axloqiy va odobiy qoidalarga binoan qabul qilingan tartiblarni
bajarishga yo‘naltirilgan.
Yuqorida keltirilgan usullarni amalga oshirishda quyidagicha tasniflangan
vositalar tadbiq etiladi.
Rasmiy vositalar — shaxslar ishtirokisiz axborotlarni himoyalash
funksiyalarini bajaradigan vositalardir. Тarkibi:
- texnikaviy vositalar sifatida elektr, elektromexanik va elektron qurilmalar
tushuniladi. Тexnikaviy vositalar o‘z navbatida, fizikaviy va apparatli bo‘lishi
mumkin.
Apparat-texnik vositalari deb telekommunikatsiya qurilmalariga kiritilgan
yoki u bilan interfeys orqali ulangan qurilmalarga aytiladi. Masalan,
ma’lumotlarni nazorat qilishning juftlik chizmasi, ya’ni jo‘natiladigan ma’lumot
yo‘lda buzib talqin etilishini aniqlashda qo‘llaniladigan nazorat bo‘lib,
avtomatik ravishda ish sonining juftligini (nazorat razryadi bilan birgalikda)
tekshiradi.
|
| |