|
Fizikaviy texnik vositalar
|
bet | 78/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgFizikaviy texnik vositalar — bu avtonom holda ishlaydigan qurilma va
tizimlardir. Masalan, oddiy eshik qulflari, derazada o‘rnatilgan temir panjaralar,
qo‘riqlash elektr uskunalari fizikaviy texnik vositalarga kiradi.
Dasturiy vositalar — bu axborotlarni himoyalash funksiyalarini bajarish
uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy ta’minotdir.
Axborotlarni himoyalashda birinchi navbatda eng keng qo‘llanilgan dasturiy
vositalar hozirgi kunda ikkinchi darajali himoya vositasi hisoblanadi. Bunga
misol sifatida parol tizimini keltirish mumkin.
Norasmiy vositalar — bevosita shaxslarni faoliyati yoki uning faoliyatini
aniqlab beruvchi reglamentlardir.
- tashkiliy
himoyalash
vositalari
—
bu
telekommunikatsiya
uskunalarining yaratilishi va qo‘llanishi jarayonida qabul qilingan
tashkiliy-texnikaviy va tashkiliy-huquqiy tadbirlardir. Bunga bevosita
misol sifatida quyidagi jarayonlarni keltirish mumkin: binolarning
133
qurilishi, tizimni loyihalash, qurilmalarni o‘rnatish, tekshirish va ishga
tushirish;
- axloqiy va odobiy himoyalash vositalari — bu hisoblash texnikasini
rivojlanishi oqibatida paydo bo‘ladigan tartib va kelishuvlardir. Ushbu
tartiblar
qonun
darajasida
bo‘lmasada,
uni
tan
olmaslik
foydalanuvchilarni obro‘siga ziyon yetkazishi mumkin;
- qonuniy himoyalash vositalari — bu davlat tomonidan ishlab chiqilgan
huquqiy hujjatlar sanaladi. Ular bevosita axborotlardan foydalanish,
qayta ishlash va uzatishni tartiblashtiradi va ushbu qoidalarni
buzuvchilarning mas’uliyatlarini aniqlab beradi.
Bevosita tarmoq bo‘yicha uzatiladigan ma’lumotlarni himoyalash maqsadida
quyidagi tadbirlarni bajarish lozim bo‘ladi:
— uzatiladigan ma’lumotlarni ochib o‘qishdan saqlanish;
— uzatiladigan ma’lumotlarni tahlil qilishdan saqlanish;
— uzatiladigan
ma’lumotlarni
o‘zgartirishga
yo‘l
qo‘ymaslik
va
o‘zgartirishga urinishlarni aniqlash;
— ma’lumotlarni uzatish maqsadida qo‘llaniladigan dasturiy uzilishlarni
aniqlashga yo‘l qo‘ymaslik;
— firibgar ulanishlarning oldini olish.
Ushbu tadbirlarni amalga oshirishda asosan kriptografik usullar qo‘llaniladi.
|
| |