• Annotatsiya
  • Kalit so’zlar
  • Yondashuv texnologiyasi




    Download 423.08 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana14.04.2024
    Hajmi423.08 Kb.
    #194856
      1   2   3   4
    Bog'liq
    94-97
    GAT, 1-laboratoriya ishi, Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi (6), 5-sinflar uchun, 10. Qatorning absolyut va shartli yaqinlashuvchiligi, Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika fanidan, 5-ma\'ruza, MB 1-ma\'ruza, SOAT BAY XUJJAT (4), 2 amaliy signal, 3 amaliy signal, Studbooks 268463.rtf, Anvarov Abror korxona jixozlari 2023, 12-lab, 1111


    JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
    http://www.newjournal.org/  Volume–23_Issue-3_February_2023 
    94 
    BOSHLANG’ICH SINFLARDA TA’LIM JARAYONIGA INNOVATSION 
    YONDASHUV TEXNOLOGIYASI 
     
    Samatova Muborak Kaxxarovna 
    Guliston davlat universiteti 2-magistranti 
    Annotatsiya: 
    Mazkur maqolada, boshlang’ich ta’limda innovatsion 
    texnologiyalardan foydalanish yo’llari, boshlang’ich sinflarda foydalanish mumkin 
    bo’lgan innovatsion texnologiyalarning didaktik tamoyillari, dars jarayonida interfaol 
    metodlardan foydalanish va boshlang’ich sinflarda innovatsion pedagogik 
    texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumot beriladi
    Kalit so’zlar: interfaol metodlar ,innovatsiya, pedagogik texnologiya, didaktik 
    tamoyillar 
    Lug’aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda 
    (innovatsion) “yangilik kiritish” degan ma’noni anglatadi. “Innovatsiya” tushunchasi 
    mazmunan aniq holatni ifodalaydi. Iinnovatsiya- muayyan tizimning ichki tuzilishi. 
    Ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan 
    yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar
    malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim 
    jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki 
    ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta’lim innovatsiyalari - ta’lim sohasi yoki o’quv 
    jarayonida mavjud muammoni yangicha yondoshuv asosida yechish maqsadida 
    qo’llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va 
    texnologiyalar.Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. 
    “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo’llanilgan. 
    Boshlang’ich ta’limda innovatsion texnologiyalardan foydalanish yo’llari Hozirgi 
    kunda ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo’llashga 
    qiziqish toboro keng tus olmoqda. Bunday metodlarni qo’llash ta’lim samaradorligi 
    vata’sirchanligini oshiradi, o’quvchilarning o’qish motivlarini o’stiradi.
    Innovatsiya- yangilik kiritish,yaratish. An’anaviy ta’limdagi kabi bir xil 
    shablonlar asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini 
    oshirishga qaratilgan ish shaklidan foydalanish innovatsiyadir.
    Ta’limda pedagogik texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish
    o’quvchilarni faollashtirishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim 
    maqsadini samarali amalga oshirishga ko’maklashadi. Ta’lim jarayonini innovatsion 
    metodlardan foydalanib tashkil etish uchun avvalo darsning rejasi va loyihasi aniq 
    ishlab chiqilishi kerak. Dars loyihasini tuzishda o’qituvchi o’zining ish shakllari va 
    o’quvchilarning ko’nikmalarini egallash jarayonidgi ishlari doirasini aniq belgilab 



    Download 423.08 Kb.
      1   2   3   4




    Download 423.08 Kb.
    Pdf ko'rish