|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 86/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org2. Хavfsizlikni ta’minlash:
• tarmoq vositalarini inventarizatsiyalash va mavjud asosiy zaif
bo‘g‘inlarni identifikatsiyalash;
• asosiy hisobotlarni taqqoslash va kelgusida ulardan foydalanish uchun
tahlil qilish.
3. Foydalanishning oddiyligi:
• foydalanuvchining grafik interfeysi;
• HТML turidagi tartiblangan hisobotlarni yaratish;
• skanerlashni markazlashtirilgan holda bajarish, boshqarish va
monitoring o‘tkazish.
Internet Scanner SAFEsuite paketida quyidagi dasturlar mavjud: Web
Security Scanner, FireWare Scanner va Intranet Scanner.
Web Security Scanner bevosita Web-serverlarda mavjud zaif qismlarni
aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, bu dasturning imkoniyatlari quyidagilardan
iborat:
• Web-server o‘rnatilgan operatsion tizimni auditlash;
• Web-serverda mavjud dasturlarni auditlash;
• Web-fayllarda mavjud skriptlarni auditlash;
•Web-server konfiguratsiyasini testdan o‘tkazish;
145
• asosiy fayllar tizimining xavfsizlik darajasini aniqlash;
• skriptlarda mavjud xatolarni aniqlash;
• bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar yaratish va xatolarni tuzatish
borasida takliflar berish.
FireWall Scanner dasturi bevosita tarmoqlararo ekranda mavjud bo‘lgan zaif
qismlarni aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, u quyidagi amallarni bajaradi:
• tarmoqlararo ekranga hujumlar uyushtirib, uni testdan o‘tkazish;
• tarmoqlararo ekran orqali o‘tadigan tarmoq xizmatlarini skanerlash.
Intranet Scanner dasturi kompyuter tarmog‘ida mavjud kamchiliklarni
tarmoqqa ruxsatsiz kirishlarini amalga oshirish orqali testdan o‘tkazish
yordamida aniqlashga yo‘naltirilgan. Тarmoqning har xil qismlari (xost-
kompyuterlar, yo‘llovchilar, Web-serverlar, Windows 9.x / NТ tizimida
ishlaydigan kompyuterlar) ni tekshirishni ham amalga oshiradi.
Yuqorida keltirilganlardan tashqari kompyuter tizimlariga ruxsatsiz
kirishlarni doimiy ravishda nazorat qiluvchi dasturlar, masalan, Internet Security
Systems kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Real Secure dasturi ham
mavjud. Bu dastur tarmoqda sodir etilayotgan hodisalar, masalan, xakerlarning
hujumlarini qayd qilish bilan birgalikda faol himoya chora-tadbirlarini
tashkillashtirishi mumkin. Real Secure dasturi yirik tashkilotlar uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, har kuni tinimsiz ishlashga mo‘ljallangan.
146
Тayanch so‘z va iboralar:
|
| |