|
Тarmoq darajasidagi shlyuzlar
|
bet | 84/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgТarmoq darajasidagi shlyuzlar ishonchli mijozlardan aniq xizmatlarga
so‘rovnomasini qabul qiladi va ushbu aloqaning qonuniyligini tekshirgandan
so‘ng ularni tashqi xost-kompyuter bilan ulaydi. Shundan so‘ng shlyuz ikkala
tomonga ham paketlarni filtrlamay jo‘natadi.
142
Bundan tashqari, tarmoq darajasida shlyuzlar bevosita server-dallol
vazifasini bajaradi. Ya’ni, ichki tarmoqdan keladigan IP manzillar o‘zgartirilib,
tashqariga faqatgina bitta IP manzil uzatiladi. Natijada, ichki tarmoqni tashqi
tarmoq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lamaydi va shu yo‘l bilan ichki tarmoqni
himoyalash vazifasini o‘taydi.
Amaliy darajadagi shlyuzlar filtrlovchi-yo‘llovchilarga mansub bo‘lgan
kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishlab chiqilgan. Ushbu dasturiy vosita
vakolatlangan server, deb nomlanadi va u bajarilayotgan xost-kompyuter esa
amaliy darajadagi shlyuz deb ataladi.
Amaliy darajadaga shlyuzlar mijoz va tashqi xost-kompyuter bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga yo‘l qo‘ymaydi. Shlyuz keladigan va
jo‘natiladigan paketlarni amaliy darajada filtrlaydi. Server-dallollar shlyuz orqali
aniq server tomonidan ishlab chiqilgan ma’lumotlarni qaytadan yo‘naltiradi.
Amaliy darajadagi shlyuzlar nafaqat paketlarni filtrlash, balki serverning
barcha ishlarini qayd qilish va tarmoq administratorini noxush ishlardan xabar
qilish imkoniyatiga ham ega.
Amaliy darajadaga shlyuzlarning afzalliklari quyidagilardan iborat:
• global tarmoq tomonidan ichki tarmoq tarkibi ko‘rinmaydi;
• ishonchli autentifikatsiya va qayd qilish;
• filtrlash qoidalarining yengilligi;
• ko‘p tamoyilli nazoratlarni amalga oshirish mumkinligi.
SSS
(System Security Scanner) dasturi haqida
Ushbu dastur Unix operatsion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlarda xavfsizlik
holatini tekshirish va operatsion tizimning tashqi hamda ichki zaif qismlarini
aniqlashga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari u kirish huquqlarini, fayllarga egalik
qilish huquqlarini, tarmoq zaxiralarini konfiguratsiyalashni, autentifikatsiyalash
dasturlarini va boshqalarni tekshirishi mumkin.
Dasturning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
— konfiguratsiyani tekshirish, ya’ni ruxsatsiz kirishlarning oldini olish
143
maqsadida konfiguratsiyani tekshirish. Bunga quyidagilar kiradi:
konfiguratsiya fayllari, operatsion tizim versiyasi, kirish huquqlari,
foydalanuvchilarning zaxiralari, parollar;
— tizimdagi xavfli o‘zgarishlarni tekshirish. Ruxsatsiz kirishlar oqibatida
tizimda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni qidirishda qo‘llaniladi. Bunday
o‘zgarishlarga quyidagilar kiradi: fayllar egallagan xotira hajmining
o‘zgarishi, ma’lumotlarga kirish huquqi yoki fayldagi ma’lumotlarning
o‘zgarishi, foydalanuvchilarning zaxiralarga kirish parametrlarining
o‘zgarishi, fayllarni ruxsatsiz boshqa bir tashqi kompyuterlarga uzatishlar;
|
| |