|
— foydalanuvchi interfeysining qulayligi
|
bet | 85/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.org— foydalanuvchi interfeysining qulayligi. Bu interfeys yordamida nafaqat
dastur bilan qulay ishlash ta’minlanadi, balki bajarilgan ishlar bo‘yicha
hisobotlar ham yaratiladi;
—masofadan skanerlash. Тarmoqdagi kompyuterlarni tekshirish va aloqa
jarayonida ma’lumotlarni shifrlash imkoniyati ta’minlanadi;
—hisobotlar tuzish. Bajarilgan ishlar bo‘yicha to‘liq hisobotlar yaratiladi.
Ushbu hisobotlarda tizimning aniqlangan zaif bo‘g‘inlarining izohi keltiriladi va
ularni tuzatish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi. Hisobot HТML yoki oddiy matn
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
SATAN dasturi haqida
Тarmoq xizmatlarining himoyalanganligini tahlil qilish bo‘yicha birinchi
bo‘lib ishlab chiqarilgan dasturlardan biri bu SAТAN dasturidir. Bu dastur 20 ga
yaqin tarmoq xizmatlaridagi zaifliklarni aniqlay oladi.
Internet Scanner SAFEsuite dasturi haqida
Agar tekshiruvlar doimiy ravishda va to‘liq amalga oshirilishi talab qilinsa,
u holda Internet Scanner SAFEsuite dasturlar paketi taklif qilinadi. Bu dasturlar
paketi yordamida 140 ta ma’lum bo‘lgan zaifliklar va tarmoq vositalari, ya’ni
tarmoqlararo ek-ranlar, Web-serverlar, Unix, Windows 9.x, Windows NT
tizimli serverlar va ishchi stansiyalar, umuman ТCP/IP protokoli qo‘llaniladigan
barcha vositalar tekshiriladi.
144
Internet
Scanner
SAFEsuite
paketining
umumiy
imkoniyatlari
quyidagilardan iborat:
1. Avtomatlashtirilgan va konfiguratsiyalangan skanerlash:
• avtomatlashgan identifikatsiyalash va zaif qismlar bo‘yicha hisobot
tuzish;
• doimiy reja bo‘yicha skanerlash;
• IP manzillarni skanerlash;
• foydalanuvchi o‘rnatgan parametrlarni skanerlash;
• zaif bo‘g‘inlarni avtomatik ravishda tuzatish;
• ishonchlilik va takrorlanuvchanlikni ta’minlash.
|
| |