|
Avtomatlashgan loyihalash tizimi
|
bet | 49/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgAvtomatlashgan loyihalash tizimi. Bundan 60 yil muqaddam paydo bo‘lgan
avtomatlashgan loyihalash tizimi (ALT) o‘z mazmunini o‘zgartirib, uzluksiz
tadrijiy rivojlandi. Dastlab u tugal avtomatlar metodining strukturali tahlili bilan
bog‘landi. Keyinchalik asosiy e’tibor avtomatlashgan loyihalashga qaratildi.
Loyiha-konstruktorlik ishining asosiy turlari quyidagicha: bevosita
loyihalash, chizib-yozish, eksperimentlash, tuzatishlar kiritish va hokazo. Bunda
ishlab chiqishga ketadigan vaqtning yarmini hujjatlarni tayyorlash, sxema,
chizmalarni chizish va tayyorlash, ularni tahrir etish va to‘g‘rilashga ketadi.
92
Loyihalash jarayonida juda ulkan grafik axborotni qayta ishlashga to‘g‘ri
keladi. Uni yaratish va qayta ishlash ikki tarkibiy qism: bir tomondan sistemali
va mantiqiy loyihalash va ikkinchi tomondan konstruktorlik loyihalashi hamda
chizmachilikdan tashkil topadi. Bu ikkala bosqich juda mayda ishlarni o‘z ichiga
oladiki, ular avtomatlashtirilishi mumkin. Ayniqsa, ikkinchi bosqichda mayda
ishlar hajmi ancha ko‘p.
ALT yuqori malakali katta mehnatni talab etuvchi murakkab dasturiy-
texnik komplekslarni o‘zida namoyon etadi. Ko‘pgina sanoat ALTlarining
qiymati millionlab dollar turishi bejiz emas. Hatto shaxsiy kompyuterdan
foydalanilgan holda shaxsiy hisoblashga yo‘naltirilgan ALT ham ancha qimmat
turadi. Masalan, ALTning Avto Disk firmasi ishlab chiqqan Avto CAD paketi
narxi 4000 dollar turadi.
Belgilangan maqsadlar va cheklanishlarni qondiruvchi yangi mahsulot
yaratish vazifasi qo‘yilgan har bir joyda shundan foydalanish mumkin. Hozirgi
paytda ALT mashinasozlik va radioelektronika kabi sohalarda eng ko‘p
tarqalgan.
Hozirgi paytda avtomatlashgan loyihalash tizimlari turli sohalardagi
loyihalash ishlarini amalga oshirish uchun keng iste’molchilar ommasiga
mo‘ljallab ishlab chiqilmoqda. ALT paketlarining rivojlanishi tufayli yarim
ekranli menyu asosidagi interfeys, ikki va uch o‘lchovli grafikdan
foydalanilmoqda, sintezlashgan obyektlarni modellash va testlash vositalari
bilan ta’minlangan.
ALTning o‘ziga xos tomoni — bu turdagi tizimlar komponentlari tarkibiga
maxsus talablardir. ALT loyihalash bo‘yicha mutaxassislar foydalanishi uchun
belgilangan ekan, ular loyihachining EHM bilan muloqotida maxsus rivojlangan
vositalarga ega bo‘lishi lozim.
ALTni qo‘llashning eng ko‘p tarqalgan sohalari quyidagilardir:
• loyihalash jarayonida ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtirish;
• mahsulotlarni sintez qilish vazifalari;
93
• shakllarni loyihalash, jamlash, belgilash;
• foydalanishda obyektlarni modellash;
• muhandislik-texnik va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar;
• loyihali hujjatlarni tayyorlab chiqarish;
• smetalar hisob-kitobini avtomatlashtirish;
• texnologik hujjatlarni (marshrutlar, xaritalar, qayta ishlash rejimlari)
tayyorlab chiqarish;
• raqamli dasturiy boshqaruv (ALT)ga ega stanoklar uchun dasturlarni
shakllantirish.
Bugungi loyihalash amaliy dasturlar paketlari (ADP) juda samaralidir,
chunki ular konkret loyiha talablariga muvofiq turli komponentlarni o‘rnatish,
boshqa joyga ko‘chirish va qayta taqsimlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ular
loyiha ishlab chiquvchiga keng ko‘lamda harakatlar erkinligini beradi va
optimal variantni olish vaqtini ancha qisqartiradi. Masalan, Math Soft
firmasining Math CAD paketi interaktiv rejimda displey ekranida qulay
vazifalarni amalga oshirish, tahrir qilish va aks ettirish, shuningdek tahliliy yoki
grafik shaklda berilgan tenglamalarni yechishga imkon yaratadi. Yaratilgan
grafiklarga istalgan tushuntiruvchi matn kiritilishi mumkin, grafiklarning o‘zi
esa ma’lumotlar bazasida saqlanadi va istalgan matnli hujjatda keyinchalik ham
mavjud bo‘ladi. Math CAD tizimi trigonometrik funksiyalarga ega bo‘lib,
masalan, Cu halqaro tizimidan foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari
qurilgan sintaktik analizatori kiritilayotgan formulalarning sintaktik jihatdan
to‘g‘riligini tekshiradi.
|
| |