|
Informatsion texnologiyalar
|
bet | 46/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgMa’lumotlar bazasi. Avtomatlashtirilgan ofisdagi ma’lumotlar bazalari
tashkilotning ishlab chiqarish tizimi, shuningdek tashqi muhit haqidagi
ma’lumotlarini jamlaydi.
Ma’lumotlar bazalaridan axborot matnli protsessor, jadval protsessori,
elektron pochta, kompyuter konferensiyasi kabi kompyuter ilovalarining
kirishiga kelib tushadi. Har qanday avtomatlashtirilgan ofisning kompyuter
ilovasi tashkilot xodimlarining bir-biri bilan aloqasini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar bazalaridan axborot olishda uzatish, nusxalash, saqlash uchun
nokompyuter texnik vositalardan foydalanish mumkin.
Ko‘pgina
shaxsiy
kompyuterlar
uchun
integrallashtirilgan
va
ixtisoslashtirilgan dastur paketlari turli funksiyalarga «menyu» (imkoniyatlar
ro‘yxatlari va tanlash parametrlari) orqali kirishni ta’minlaydi.
Muassasa faoliyatida u yoki bu hujjatlarning shakllanishigina emas,
tashkilot ichi ma’lumotlar oqimining taqsimlanishi ham katta ahamiyatga ega.
Muassasa mehnatini avtomatlashtirish tizimining rivojlanishi elektron pochta,
telekonferensiya, videoteka kabi turli elektron aloqa vositalarining paydo
bo‘lishiga olib keldi.
Telekommunikatsiya tizimlari aloqa yo‘llari bilan tutashgan va odamlar
guruhi ichida bir paytda axborot almashish uchun mo‘ljallangan texnik
vositalarni namoyon etadi. Telekonferensiyalar ikki alohida turiga —
kompyuterlashgan telekonferensiyalar va videokonferensiyalarga ajraladi.
Videokonferensiyalar jismoniy jihatdan turli joylarda bo‘lgan ishtirokchilarga
bir-birini ko‘rish va eshitish imkonini beradiki, bu hol xuddi bir joyda mavjud
bo‘lish tasavvurini uyg‘otadi. Aloqa uchun mo‘ljallangan umumiy telefon
liniyalari yoki to‘laqonli televizion tasvirni ta’minlovchi koaksial, optik tolali
liniyalardan foydalanilishi mumkin.
Shaxsiy
kompyuterlardan
keng
foydalanish
kompyuterlashgan
telekonferensiyalarning o‘sishiga olib keladi.
88
|
| |