• Ekspert tizimini yaratish bosqichlari.
  • Ekspert tizimini yaratish




    Download 184,87 Kb.
    bet43/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Ekspert tizimini yaratish quyidagi talablar mavjud holatda maqsadga
    muvofiqdir:
    • tizimga o‘z bilimini berishni istagan ekspertlar mavjudligi;
    • ekspertlar vazifani hal etishning o‘z uslublarini bayon etishi mumkin
    bo‘lgan muammoli sohaning mavjudligi;
    • ko‘pchilik
    ekspertlarning
    mazkur
    muammoli
    sohada
    yechimlar
    o‘xshashligining bo‘lishi;
    • muammoli sohadagi vazifaning ahamiyati, ya’ni ular yoki murakkab
    bo‘lishlari, yoki mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchi hal eta olmasligi yoki hal
    etish uchun ancha vaqt talab qilishi;
    • masalani yechish uchun katta hajmdagi ma’lumot va bilimning bo‘lishi;
    • predmet sohasida axborotning to‘liq bo‘lmasligi va o‘zgaruvchanligi
    tufayli evristik uslublarni qo‘llash.
    Yuqorida qayd etilgan uchta muammoni hal etish va sanab o‘tilgan
    talablarni bajarish ekspert tizimini qo‘llashning zarur hamda yetarli sharti
    sanaladi.
    Ekspert tizimini yaratish bosqichlari. Ekspert tizimini yaratishning nisbatan
    muhim
    bosqichlariga
    quyidagilarni
    kiritish
    mumkin:
    konsepsiyalash,
    realizatsiya, testdan o‘tkazish, joriy etish, kuzatib borish, modernizatsiyalash.
    Konsepsiyalash bosqichida ekspert tizimini ishlab chiqish bo‘yicha
    mutaxassis ekspert bilan hamkorlikda tanlangan predmet sohasidagi muammoni
    yechishning uslublarini bayon etish uchun qanday tushuncha, munosabat va
    proseduralar zarurligini hal etadi. Bosqichdagi asosiy vazifa masalani yechish
    jarayonida yuzaga keluvchi vazifa strategiyasi va cheklovlarni tanlashdan iborat.
    Konsepsiyalash muammoni to‘liq tahlil etishni talab etadi.
    Identifikatsiya bosqichida vazifa turi, tavsifi, o‘lchami, ishlanma
    jarayonidagi ishtirokchilar tarkibi aniqlanadi. Modelning yaroqliligi ko‘rib

    84
    chiqiladi, talab etiladigan «vaqt — mashina» resurslari baholanadi, ekspert


    tizimini yaratish maqsadi belgilanadi.
    Formallashtirish bosqichida asosiy tushunchalar va munosabatlar bilimlarni
    ifodalashning o‘ziga xos rasmiy tiliga o‘tkaziladi. Bu yerda ko‘rib chiqilayotgan
    vazifa uchun modellar yoki ma’lumotlarni taqdim etishning o‘xshash usullari
    tanlanadi.
    Amalga oshirish bosqichida yuklatilgan vazifalarni bajarishga qodir
    bo‘lgan ekspert tizimining jismoniy «qobig‘i», yuzasi yaratiladi.
    Ekspert tizimi faoliyatining to‘g’riligini testdan o‘tkazish bosqichida
    tekshirish mumkin.


    Download 184,87 Kb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   87




    Download 184,87 Kb.