• Bilimlar bazalari.
  • Interpretator.
  • Foydalanuvchining interfeysi




    Download 184,87 Kb.
    bet40/87
    Sana22.01.2024
    Hajmi184,87 Kb.
    #143131
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87
    Bog'liq
    Informatsion texnologiyalar-fayllar.org

    Foydalanuvchining interfeysi. Foydalanuvchi ekspert tizimiga buyruq va
    axborot kiritish hamda uning buyrug‘i orqali chiqadigan axborotni olish uchun
    foydalaniladi. Komanda (buyruq)lar o‘z ichiga bilimlarni qayta ishlash jarayoni
    boshqarmaydigan parametrlarini oladi.
    Foydalanuvchi axborotni kiritishning to‘rtta uslubidan foydalanishi
    mumkin: menyu, buyruq (komanda), tabiiy til, shaxsiy interfeys.
    Ekspert tizimining texnologiyasi chiqadigan axborot sifatida nafaqat
    qarorni, shuningdek zarur tushuntirishni olish imkoniyatini ham ko‘rib chiqadi.
    Odatda ikki xil tushuntirish farqlab ko‘rsatiladi. Ya’ni:
    • so‘rov bo‘yicha beriladigan tushuntirish. Bunda foydalanuvchi har qanday
    paytda ekspert tizimidan o‘z xatti-harakatlarini izohlashni talab etishi mumkin;
    • muammolarni hal etishdan olgan tushuntirish. Foydalanuvchi yechimni
    olgandan so‘ng, u qanday olingani to‘g‘risida izoh talab qilishi mumkin. Tizim
    esa masalani yechishdagi har bir qadamini tushuntirib berishi kerak.

    80
    To‘g‘ri, ekspert tizimi bilan ishlash texnologiyasi oddiy emas. Mazkur


    tizimlarning foydalanish interfeysi do‘stona munosabatda bo‘ladi. Ya’ni, u siz
    bilan «suhbatlashish» chog‘ida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi.
    Bilimlar bazalari. Ular muammoli sohalarni, shuningdek, faktlar
    oralig‘idagi mantiqiy bog‘liqlikni bayon etadi. Bazada markaziy o‘rinni qoidalar
    egallagan. Qoida muayyan bir sharoitda nima qilish kerakligini belgilaydi va u
    ikki qismdan iborat bo‘ladi:
    Birinchisi, bajarilishi mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan shart-sharoit.
    Ikkinchisi, agar sharoit bajariladigan bo‘lsa, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan
    xatti-harakat.
    Ekspert tizimi foydalaniladigan barcha qoidalar tizimini tashkil etadi. Bu
    tizim oddiy tizimga qiyoslaganda ham bir necha minglab qoidalarni o‘z ichiga
    oladi.
    Barcha bilim turlari, predmet sohasi xususiyati va loyihaning (bilim
    bo‘yicha mutaxassisning) malakasiga bog‘liq holda u yoki bu darajada
    o‘xshashlik bilan bir yoki bir necha semantik modellar yordamida ifodalanishi
    mumkin.
    Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni
    ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar
    majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi
    shartlarga rioya etilsa, ma’lum xatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham
    uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi.
    Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar
    kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va
    tuzatish bloki.
    Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq
    holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va
    boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar
    bazalari muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan

    81
    ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish


    uchun foydalaniladi.

    Download 184,87 Kb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   87




    Download 184,87 Kb.