• Ilmiy uslubning belgilari
  • Kitobiy va og‘zaki uslublar
  • Kitobiy va og‘zaki uslublar Kitobiy va og‘zaki uslublar
  • Ilmiy uslub
  • Ilmiy uslub Nutqning ilmiy uslubi
  • Maxsus atamalar
  • Ilmiy-ommabop uslub
  • Foydalanilgan adabiyotlar MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! O‘zbek va rus tillari kafedrasi
  • Nutq uslublari 06 mavzu o‘zbek va rus tillari kafedrasi Kitobiy va og‘zaki uslublar




    Download 2,04 Mb.
    Sana03.12.2023
    Hajmi2,04 Mb.
    #110443
    Bog'liq
    Io9HKALgIjzhyuQWDgYLFK9BlIkPgVlsXqIMAlcm


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    AKADEMIK YOZUV 1
    Nutq uslublari
    06
    MAVZU
    O‘zbek va rus tillari kafedrasi
    • Kitobiy va og‘zaki uslublar
    • Ilmiy uslub
    • Ilmiy uslubning belgilari
    • Maxsus atamalar
    • Ilmiy-ommabop uslub





    Reja:
    Nazariy ma’lumot
    Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.
    Kitobiy va og‘zaki uslublar
    Zamonaviy tilshunoslikda kitobiy va og‘zaki uslublar o‘rganiladi. Ular bir-biridan mavzusi, maqsadi, munosabat shartlari va nutq adresati bilan farqlanadi. Kitobiy uslubga ilmiy, rasmiy-idoraviy va publitsistik uslublar kiradi. Barcha uslublar ma’lum bir nutq janrlariga ega, ular maxsus til xususiyatlariga ega matnlar modelini ifodalaydi.
    Kitobiy va og‘zaki uslublar
    Kitobiy va og‘zaki uslublar
    Har bir uslubning o‘z kommunikativ-uslubiy tavsifi, funksiyalari mavjud: axborotilmiy va rasmiy uslubda; ta’sir qilish (iltimos, maslahat, istak) va emotiv (hissiyot va emotsiyalarning ifodalanishi) — og‘zaki uslubda. Axborot funksiyasi bilan ta’sir qilish funksiyasini birgalikda publitsistik nutq uslubi bajaradi. Ko‘rsatib o‘tilgan funksiyalarni og‘zaki va yozma shakllarda amalga oshiriladi.
    Ilmiy uslub
    Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi.
    Ilmiy uslub
    Nutqning ilmiy uslubi ilmiy munosabat sohasida amalga oshiriladi. U bir necha uslub vostilariga (kichik uslub) ega: shaxsiy - ilmiy (mutaxassislar munosabati uchun), ilmiy-ta’limiy (bo‘lajak mutaxassislarning munosabati uchun), ilmiy-ommabop (mutaxassis bo‘lmaganlar orasida ilmiy bilimlarni ommalashtirish uchun). Ilmiy uslub janrlari og‘zaki shaklda ma’ruza, doklad, ilmiy munozarada aks etsa, yozma shaklda esa keyslar, taqrizlar, maqolalar, monografiya, dissertatsiyalarda namoyon bo‘ladi.
    Maxsus atamalar
    Maxsus atamalar - bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi.
    Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassislargagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
    Ilmiy-ommabop uslub
    Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
    1.N. Jiyanova, O. Mo‘ydinova. Nutq madaniyati. – T.: “Ilm ziyo zakovat”, 2019. 221 b 2. Xolmonova Z. Adabiy tildan ma’ruzalar umumlashmasi-T.: «O‘zbekiston», 2013, 250 b. 3. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari, - T.: “Fan”, 1992, 254b. 4. Husanov.N., Rasulov, Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san`ati .-T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2006. 5. М. Ахмедова. Нутқ маданияти ва профессионал нотиқлик. ТАТУ, 2017, 114б.
    6.М. Аминов, А. Мадвалиев, Н.Махкамов, Н Маҳмудов. Иш юритиш (амалий қўлланма). Тошкент, 2017 й . - 440 б.
    7.X.S. Muhiddinova, N. A. Abdullayeva. Rasmiy uslubning diplomatik turlari.T; 1997 y.
    8. M.Abdurahmanova. O‘zbek tili fanidan uslubiy qo‘llanma. Ish yuritish tili va uslubi.
    T., 2018.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
    O‘zbek va rus tillari kafedrasi
    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
    Download 2,04 Mb.




    Download 2,04 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nutq uslublari 06 mavzu o‘zbek va rus tillari kafedrasi Kitobiy va og‘zaki uslublar

    Download 2,04 Mb.