|
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli
|
bet | 18/87 | Sana | 22.01.2024 | Hajmi | 184,87 Kb. | | #143131 |
Bog'liq Informatsion texnologiyalar-fayllar.orgAvtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli
Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish, rivojlantirish mohiyati
vaqtga nisbatan «hayotiy sikl» kabi iqtisodiy kategoriyani aks ettiradi. Ya’ni,
uning yaratilishi to undan foydalanishni to‘xtatishgacha bo‘lgan oraliqdagi
hayot siklini anglatadi. AAT ning hayot siklida quyidagi bosqichlar ajralib
turadi:
Loyiha oldi bosqichi (rejalashtirish va talablar tahliliy-tizimli tahlil).
Mavjud boshqaruv tizimini, birinchi galda axborot tizimini tadqiq va tahlil etish,
yaratiladigan AAT ga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilash, texnik-iqtisodiy
asos (TIA) va texnik vazifalarni AAT ishlab chiqishda rasmiylashtirish.
Texnik loyihalashtirish (mantiqiy loyihalashtirish). Ta’riflangan talablarga
40
muvofiq avtomatlashtiriladigan funksiyalar tarkibini (funksional arxitektura) va
ta’minlovchi kenja tizim tarkibini (tizimli arxitektura) ishlab chiqish, AAT ning
texnik loyihasini rasmiylashtirish.
Qo‘llanma loyihalashtirish (jismoniy loyihalashtirish). Dasturlarni ishlab
chiqish va tizim, ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonini ishlab
chiqish, xodimlar uchun qo‘llanma yo‘riqnomalarni yaratish, qo‘llanma loyihani
rasmiylashtirish.
Tadbiq etish (testlash, tajriba Ekspluatatsiyasi). AAT kenja tizimlarini
kompleks tuzatish, xodimni o‘qitish, AAT ni bosqichma-bosqich joriy etish,
Ekspluatatsiyaga topshirish.
Ekspluatatsiya (kuzatib qo‘yish, modernizatsiyalashtirish). Kundalik
Ekspluatatsiya, dasturiy va texnik vositalar, shuningdek butun loyihani kuzatib
borish, AAT ning ishi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar yig‘ish, xato va
kamchiliklarni to‘g‘rilash, AATni modernizatsiyalashga nisbatan talablarni
rasmiylashtirish va uni bajarish.
Axborot tizimining hayotiy sikli interaktiv mazmun kasb etadi: hayotiy
siklning amalga oshirilgan bosqichlari vaqti-vaqti bilan yangi talablar va tashqi
muhitgacha o‘zgarishlarga muvofiq qaytarilib turiladi. Hayot siklining har bir
bosqichi va pallasida navbatdagi qarorlar uchun asos sanaluvchi texnik qarorlar
va hujjatlar to‘plami shakllanadi.
|
| |