|
Ilmiy tadqiqot matnini yaratish
|
Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 454,66 Kb. | | #244320 |
Bog'liq Akademik yozuv
ACWR12MBK
AKADEMIK
YOZUV
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
23-MAVZU
|
ILMIY TADQIQOT MATNINI YARATISH
|
AMALIY
KO‘NIKMA
1-topshiriq. Nostandart test (muzeylar va shaharlarni birlashtiring).
Ermitaj Nyu York (AQSh)
Luvr Sankt-Peterburg (Rossiya)
Metropolitan Madrid (Ispaniya)
Prado London (Angliya)
Britaniya muzeyi Parij (Fransiya)
2-topshiriq.
Leksikologiya
Leksikologiyada so‘zlar, ularning kelib chiqishi (etimologiyasi), ma’nosi va ma’no taraqqiyoti (so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolari, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari), turg’un birikmalar (frazeologik birikmalar) va bo‘shqa shu kabi masalalar o‘rganiladi.
Tilning leksik qatlami
Bizga ma’lumki, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga leksikologiya deyiladi. So‘zning grammatik ma’no bildiruvchi qo‘shimchalarsiz qismi leksema sanaladi. So‘z lug’aviy ma’no (masalan: qalam-o‘quv quroli), va grammatik ma’noga ega bo‘ladi (masalan: qalam- ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan). Mustaqil so‘zlar ham lug’aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’noni bildiradi. Lug’aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug’aviy birliklar deyiladi. Lug’aviy birliklar quyidagilar: 1) so‘z; 2) ibora; 3) termin (atama); 4) qo‘shma so‘z; 5) tasviriy ifoda.
So‘zlar bir ma’noli (monosemantik) va ko‘p ma’noli (polisemantik) bo‘ladi. Atoqli otlar va terminlar odatda bir ma’noli bo‘ladi. Masalan: termometr, affiks, prefiks, Andijon, Samarqand, Toshkent. So‘zlarning ko‘p ma’noliligi kontekstda aniqlanadi. Demak, polisemantik so‘zda so‘z bitta, ma’no ko‘p bo‘ladi.
So‘zning o‘z ma’no va ko‘chma ma’nolari. So‘z ma’nosi ko‘chishi natijasida o‘z va ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi.
So‘zlarning nutq jarayoniga bog’liq bo‘lmagan atash ma’nosi o‘z ma’no (denotativ, bosh, atash ma’no)si sanaladi.
So‘zning nutqdagi boshqa so‘zlarga bog’lanib hosil qilinadigan yondosh ma’nosi ko‘chma ma’no (konnotativ ma’no) hisoblanadi. Masalan: odamning qulog’i o‘z ma’noda, qozonning qulog’i ko‘chma ma’noda.
Tasviriy ifodalar. Biror narsa, hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o‘xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar nutqimiz ta’sirchanligini ta’minlaydi: osmon-moviy gumbaz; qora oltin -neft
Iboralar (turg’un birikmalar) – ma’noviy butunlik uchun birlashgan yaxlitlangan bo‘lib, bir leksik ma’noni anglatadi. Iboralarga bir so‘z sifatida qaraladi, lug‘atlarda so‘zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so‘zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko‘zini yog‘ bosgan iborasi- “mag’rurlangan”, yog‘ tushsa yalagudek iborasi – “toza” ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni obrazli tarzda ifodalaydi.
Termin (atama). Fikrni maqsadni yaqqol aniq qilib berishda ma’nosi aniqlashgan, ishlatilish doirasi nihoyatda cheklangan, aynan bir tushunchanigina ifodalab kelgan so‘zlar termin (atama) deyiladi. (lotinchadan chegara belgisi, chek ma’nosini anglatadi).
Sohaviy terminlar va ularning qo‘llanishi
Har bir tilda o‘zining ishlatilishi doirasiga ko‘ra cheklangan, asosan birgina ma’noga ega bo‘lgan, birgina tushunchani ifodalaydigan so‘zlar ham bo‘ladi. Bunday so‘zlar, xususan fan-texnika, san’at, siyosat, til va adabiyot, hunarmandchilik kabi turli sohalarda uchraydi.
Terminlarning muhim xususiyati shundaki, ular ko‘p ma’noli bo‘lmaydi, ko‘chma ma’noda ishlatilishi nihoyatda kam uchraydi. Lekin amaliyotda ba’zi bir terminlar, masalan, hozirgi zamon rus va o‘zbek tillarida operatsiya so‘zi termin sifatida:
1) meditsina sohasida yorish, kesish, kesib olib tashlash, yangisini solish va shu yo‘llar bilan kasallikni tuzatish, davolash ma’nosida;
2) harbiy sohada biror vazifa va maqsadni amalga oshirishga qaratilgan urush harakatlari ma’nosida;
3) davlat idoralarida rasmiy muomala (masalan, bank operatsiyasi, pochta operatsiyasi kabi) ma’nolarda qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-siyosiy leksika
Bizga ma’lum-ki, ommabop uslub - matbuot, radio, teleko‘rsatuvga xos bo‘lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo‘ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Har bir xabarga ta’sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yiladi-ki, bu hol o‘quvchining diqqatini jalb qiladi.
Matn yuzasidan topshiriqlar:
1. Ilmiy matnni o‘qing.
2. Matnda dalillar, obyektlar, jarayonlar va xulosalarning berilishiga e’tibor bering.
3. Gipoteza bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni ajrating.
|
| |