|
Ro'ziqulova Marjona akt
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,75 Mb. | | #103030 |
Bog'liq Ro\'ziqulova Marjona AKT
Bajardi: 410- guruh talabasi Ro’ziqulova Marjona
Simulyatorlar bilan ishlash usullari
Reja:
- Simulyatorlar haqida tushuncha.
- Ularni qo’llash sohalari.
- Phyton dasturlash tili haqida.
- Crocodile Clips simulyatori
- Xulosa
O‘quv jarayonida modellardan foydalanish yangi usul emas. Qadim-qadimdan o‘quv-o‘rganish mobaynida modellardan foydalanib kelingan. Simulyatorlar o‘quv jarayoning qariyb barcha jabhalarida: boshlang‘ich ta’limdan boshlab oliy o‘quv yurtlarigacha qo‘llanilishi mumkin. Keyingi vaqtlarda xattoki meditsina sohasida ham simulyatorlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real ob’ektlarga nisbatan juda ham arzon alternativa ekanligidadir.
Simulyatorlar haqida
Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror bir fizik jarayonni modellashtirish hamda virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat yaratadi.
Simulyatorlar
Bu o‘z-o‘zidan nafaqat katta miqdorda mablag‘lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi. .
Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, kerak bo‘lsa minglab marotaba qayta-qayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidadir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tug‘diradi, masalan, yadro fizikasiga oid bo‘lgan hodisalarni o‘rganish.
Simulyatorlardan foydalanish
Simulyatorlardan ham amaliy, ham laboratoriya mashg'ulotlarida foydalanish mumkin, hamda talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilishda ajralmas yordamchiga aylanadi. Elektron simulyatorlar bilan ishlaydigan dasturlar nafaqat statsionar kompyuterlarda, balki smartfonlarda ham o'rnatilishi hamda LMS tizimlari (masofaviy o'qitish tizimlari) kurslarining elementlari sifatida ishlatilishi mumkinligi sababli, talabalar ularga doimiy kirish imkoniyatiga ega bo'lishlari va masofaviy o'qitish davrida ham talab qilinadigan kasbiy konpitensiyalari bilan oson, o'yin usullari bilan egalanadi
Ushbu ishda Python dasturlash tilini o’rganishga mo’ljallangan kompyuterli o'qitish tizimini ishlab chiqish masalasi muhokama qilinadi.
Ishlab chiqilayotgan tizimning maqsadi – python tilidan berilayotgan nazariy materiallar amaliy masalalar bilan uyg’unlashgan holda dasturlash tillarini o'rganish samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy eksperiment hisoblanadi.
Nazariy materiallar tizimlashtirilgan;
Atamalar va kalit so'zlar izohi keltirilgan;
To'liq matnli yoki kalit so'zlar bo’yicha qidirish imkoniyati;
Boshqariladigan foydalanuvchi interfeysi sozlamalari mavjudligi;
ISHLAB CHIQILGAN O'QITISH TIZIMI QUYIDAGI XUSUSIYATLARGA EGA:
Phyton dasturlash tili
Simulyator sifatida
PYTHON - PASKAL VA C TILLARIGA QARAGANDA ANCHA RIVOJLANGAN TIL. PYTHONNING AFZALLIGI SHUNDAKI, U TEXNIK MASALALAR BILAN CHALG'IMASDAN, MASALANING YECHIMINI YUQORI DARAJADAGI ABSTRAKTSIYADA QARAB CHIQISHGA IMKON BERADI. SHUNING UCHUN PYTHON ALGORITMLARNING MAZMUNINI TUSHUNTIRISHDA JUDA QULAY VA BU O'QITISH UCHUN ISHLATILADIGAN AN'ANAVIY TILLARGA NISBATAN KATTA AFZALLIKLARGA EGA .
XULOSA
Crocodile Physics dasturi xaqida.
Crocodile Physics dasturi fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, Elektr zanjirlar, Optika va To‘lqin hodisalari bo‘limlariga oid tajribalar yaratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir.
Crocodile Technology dasturiy haqida
Bu dasturdan o‘rta maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari, litsey, kollej talabalari va oliy ta’lim muassasalarining talaba, professor-o‘qituvchilari «Elektr», “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qo‘shimcha pedagogik dastariy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.
Crocodile Clips simulyatori
Crocodile Clips Ltd simulyatorlaribilan ishlash.
Crocodile Clips Ltd o‘zining yaratgan dasturlarini hozirda uy sharoitida (home licence) o‘qituvchi va o‘quvchilar (talabalar) bepul foydalanishlari uchun imkoniyat yaratdi.
Xulosa
Umuman olganda simulyatorlar bilan ishlash yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning ko’rinishlaridan biridir. Undan pedagog sifatida dars jarayonida foydalanish ham yaxshi samara beradi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
|
| |