|
Toshkent – 2023 1- ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: kirish. Mexanika. Kinematika asoslari
|
bet | 1/40 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 15,65 Mb. | | #160565 |
Bog'liq 3-KURS FIZIKA (5-yillik sirtqi uchun)
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Fizika va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi
F I Z I K A
fanidan
O`quv uslubiy
majmua
Ta’lim yo‘nalishi: 60110600 – Matematika va informatika
Toshkent – 2023
1- MA’RUZA MASHG’ULOTI.
Mavzu: KIRISH. MEXANIKA.
KINEMATIKA ASOSLARI. DINAMIKA ASOSLARI.
Reja:
1.Fizika predmeti.Tadqiqot metodlari
2.Moddiy nuqta kinematikasining tavsifi.
3.Tekis va notekis harakat.
4. Dinamika asoslari
MASHG’ULOTNING MAQSADI:
Talabalarga fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, fizikaning hozirgi zamon taraqqiyotidagi o‘rni va inson hayotidagi amaliy ahamiyati, fizikaning mexanika bo‘limi haqida, Nyuton qonunlari, massa va kuch haqida tushunchalar berishdan iborat.
Tayanch tushunchalar: Fizika fani predmeti, mexanik harakat, kinematika, dinamika, ilgarilanma, aylanma, tebranma harakat, tezlik, tezlanish , burchak tezlik va tezlanish .
MAVZUNING QISQACHA MAZMUNI
K I R I SH.
Fizika predmeti deb, tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari hamda qonuniyatlarini o‘rgatuvchi fanga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda “Fizika” fani deb, materiya harakatining mexanik va fizik shakllarini o‘rgatuvchi fanga aytiladi.
Materiya harakatining quyidagi fizik turlari mavjud: mexanik, molekulyar, issiqlik, elektr, elektromagnit, atom va yadrolar ichidagi materiyalar harakatlari.
SHunday qilib, zamonaviy fizika materiya harakatining turli fizik shakllarini, ularning o‘zaro bir-biriga aylanishi, shuningdek, modda va maydon xossalarini o‘rgatadi.
XALQARO SISTEMA (SI) DAGI ASOSIY VA QO’SHIMCHA BIRLIKLAR
Kattaliklarning nomi
|
Kattalik o’lchov birligining
|
O’lchamligi
|
nomi
|
belgisi
|
ta’rifi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Uzunlik
|
|
|
| |