|
Toshkent – 2023 1- ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: kirish. Mexanika. Kinematika asoslari
|
bet | 3/40 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 15,65 Mb. | | #160565 |
Bog'liq 3-KURS FIZIKA (5-yillik sirtqi uchun)MEXANIKANING FIZIK ASOSLARI
Mexanika deb, materiyaning eng sodda harakati - jismlarning yoki ular qismlarining bir-biriga nisbatan ko‘chishi haqidagi ta’limotga aytiladi.
Har qanday jismning fazodagi vaziyati sanoq sistemasi deb ataluvchi boshqa jism yoki jismlar sistemasiga nisbatan aniqlanadi. Jismlarning sanoq
sistemasiga nisbatan qilgan harakatiga nisbiy harakat deyiladi.
Jismlarning harakati ham, tinch holati ham - nisbiydir.
Moddiy nuqta deb, tekshirilayotgan masofaga nisbatan o‘lchamlari juda kichik va shakli e’tiborga olinmasa ham bo‘laveradigan jismlarga aytiladi. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazoda qoldirgan iziga harakat traektoriyasi deyiladi. Harakatlar traektoriyasining shakliga qarab to‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarga ajraladi. Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig‘ida o‘tgan traektoriyasining uzunligi o‘tilgan yo‘l deyiladi.
Harakat traektoriyasining bir nuqtasidan ikkinchi nuqtasiga yo‘nalgan kesmadan iborat bo‘lgan vektor kattalikka ko‘chish deyiladi. Moddiy nuqtaning teng vaqtlar oralig‘ida o‘tgan masofasiga qarab harakatlar tekis va notekis harakatlarga ajraladi. Tekis harakat deb, teng vaqtlar oralig‘ida bir xil masofalar o‘tiladigan harakatga aytiladi. Notekis harakat deb, teng vaqtlar oralig‘ida har xil masofalar o‘tiladigan harakatga aytiladi.
O‘lchami hisobga olinadigan jismning harakatini, bu jismni tashkil qilgan moddiy nuqta deb qaraladigan elementar bo‘laklar harakatlarining yig‘indisidan iborat deb qarash mumkin.
Jismlardagi nuqtalarning bir-biriga nisbatan ko‘chishga qarab, jismning harakati ilgarilanma va aylanma harakatlarga ajraladi. Ilgarilanma harakat deb, jismdagi ixtiyoriy ikki nuqtasini birlashtiruvchi ixtiyoriy to‘g‘ri chiziq o‘z-o‘ziga paralelligicha qoladigan harakatga aytiladi. Aylanma harakat deb, jismning barcha nuqtalari parallel tekisliklardagi markazlari bir to‘g‘ri chiziqda yotganda aylanalar chizadigan harakatga aytiladi.
Mexanika uch qismga bo‘linadi: kinematika, dinamika, statika.
Harakatni uning sabablarisiz tekshiradigan mexanikaning bo‘limiga kinematika deyidadi.
|
| |