|
Toshkent – 2023 1- ma’ruza mashg’uloti. Mavzu: kirish. Mexanika. Kinematika asoslari
|
bet | 2/40 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 15,65 Mb. | | #160565 |
Bog'liq 3-KURS FIZIKA (5-yillik sirtqi uchun)L
|
Metr
|
M
|
Kripton 86-atomining 2R10 va 5 d5 satxlari orasidagi o’tishga mos bo’lgan nurlanishning vakuumdagi tulqin uzunligidan 1650763 ,73 marta katta bo’lgan uzunlikni 1 m deb qabul qilingan.
|
Massa
|
M
|
kilo- gramm
|
kg
|
Diametri va balandligi 39 mm dan iborat platina (90%) va iridiy (10%) qotishmasidan tayyorlangan silindrning massasidir.
|
Vaqt
|
T
|
sekund
|
s
|
Seziy -133 atomi asosiy holatining ikki o’ta ingichka sathlari orasidagi o’tishga mos bo’lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqt 1 sekund deb qabul qilingan.
|
Elektr tokining kuchi
|
I
|
Amper
|
A
|
1-Amper - Vakuumda bir-biridan 1 m masofada joylashgan ikki parallel cheksiz uzun, lekin kesimi juda kichik to’g’ri o’tkazgichlardan o’tganda o’tkazgichning har bir metr uzunligi 2 10 -7 N o’zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o’zgarmas tok kuchiga teng.
|
Termodinamik harorat
|
|
Kelvin
|
K
|
Suvning uchlanma nuqtasini xarakterlovchi termodinamik haroratning ulushi 1 Kelvin deb qabul qilingan.
|
Modda miqdori
|
N
|
mol
|
mol
|
Uglerod- 12 ning 0,012 kg massasidagi atomlar soniga teng strukturaviy elementlardan tashkil topgan sistemadagi moddaning miqdori 1 mol deb qabul qilingan.
|
Yorug’lik kuchi
|
J
|
Kandela
|
kd
|
540 1012 Gs chastotali monoxromatik nurlanish chiqarayotgan manba yorug’ligining energetik kuchi 1/683 Vt / ster ga teng bo’lgan yo’nalishdagi yorug’lik kuchi 1 Kandela deb qabul qilingan.
|
Yassi burchak
|
|
radian
|
rad
|
Aylana uzunligi radiusga teng bo’lgan yoyni ajratadigan ikki radius orasidagi burchak 1 radian deb qabul qilingan.
|
Fazoviy burchak
|
|
steradian
|
sr
|
Uchi sfera markazida joylashgan va shu sfera sirtidan radius kvadratiga teng yuzli sirtni ajratuvchi fazoviy burchak 1 steradian deb qabul qilingan.
|
|
|
|
|
|
Fizika yunoncha “phusis” -tabiat degan so‘zdan olingan bo‘lib, tabiatshunoslik degan ma’noni bildiradi. Fizika fanini (kitobini) birinchi bo‘lib qadimgi yunon mutaffakkiri Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 y) o‘zining 8 tomlik kitobida bayon etgan.
Texnika va tabiatdagi yangi-yangi hodisalarning kashf qilinishi va ularning amalda qo‘llanilishi natijasida fizikadan fizik-ximiya, astrofizika, geofizika, biofizika va h.k. shu kabi mustaqil fanlar ajralib chiqa boshladi.
Asrimiz fizikasining katta yutuqlaridan biri - kosmosni o‘rganish natijasida yuzaga kelgan, kosmofizika fanidir.
|
| |