Mavzu: Elektron hukumat




Download 37.34 Kb.
Sana27.09.2023
Hajmi37.34 Kb.
#84709
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT
algoritim-va-uning-asosiy-xossalari (1), 21-Mavzu Parol kiritish oynasi”loyihasi Edit komponenetini Lab, 21-Mavzu Parol kiritish oynasi”loyihasi Edit komponenetini Lab (1), Individual loyiha, faol uskunalar, Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Shar, TIRILISH KOMPLEKSI, Chiqarishga, ------------ LOTIN Professional ta---limda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash (1), Buxgalteriya hisobi va audit, «Mehnatiqtisodiyoti» fani uchun test savollari 1 # «Mehnat iqtis, 1-amaliy ish, Husniddin, Industry 4.0 Transformation Meeting by Slidesgo

REFERAT

MAVZU: Elektron hukumat


Bajardi:
Tekshirdi:

Elektron hukumat — Barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish. „Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi.

Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Katar, BAA va h.k.) shugʻullandilar. Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.

Jarayon (angl. process) – tashkilot (tizim) muxitiga kiritilgan kuch va vositalarni (resurslarni) chiqishda istemolchi uchun qimmatli maxsulotga aylantiruvchi xarakatlarning izchil ketmaketligi (Ilova 1).

Boshqaruv jarayonlari – tashkilot (tizim) faoliyat yuritishini taminlovchi, ya’ni o’zgaruvchi tashqi tasirlarga moslashtiruvchi jarayonlardir. Xususan, faoliyatni rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, rivojlantirish, shuningdek bu bilan bog’liq qarorlar qabul qilish va ijrosini nazorat qilish boshqaruv jarayonlaridir.

Operatsion jarayonlar – tashkilotnining (tizimning) zimmasi va vakolatidagi asosiy faoliyati, jumladan vazifasi, maxsuloti va xizmati yaratiladigan, shuningdek asosiy daromadi shakllantiriladigan jarayonlardir.

Ko’maklashuvchi-funksional jarayonlar – operatsion va boshqaruv jarayonlari uchun xizmat qiladigan jarayonlar. Jumladan, tashkilotning xodimlar bo’limi, kanselyariya, umumiy bo’lim, xo’jalik ishlari bo’limi, buxgalteriya, yuridik xizmatlar singari bo’limlarining faoliyatidagi vazifalar misol bo’ladi.

Ma’muriy jarayonlar – boshqaruv, operatsion va ko’maklashuvchi-funksional jarayonlar yig’indisi (Ilova 2; 1-2-jadvallar);

Reinjiniring (angl. Reengineering) – vazifa, maxsulot va xizmatlar sifati, muddati, tannarxi va servis darajasini qisqa muddat ichida keskin oshirish uchun boshqaruv, operatsion va ko’maklashuvchi jarayonlarini tubdan qayta tashkillashtirish (optimallashtirish) xamda axborot texnologiyalariini joriy etish orqali kardinal ravishda islox qilish tadbiri.

Optimallashtirish – barcha turdagi resurslar sarfini yakuniy natija sifati bilan oqilona muvozanatlashgan nisbatini topish va unga erishish uchun amalga oshiriladigan chora-tadbirlar komleksi. Uni amalga oshirish natijasida resurslarni isrofgarchiliksiz, aniq maqsad va vazifalar uchun samarali yo’naltirish, shuningdek sifat ko’rsatgichlarining eng yuqori (ekstrimum) parametrlariga erishish imkoniyati yaratiladi.

Funksiya va xizmatlar – ixtisoslashgan davlat va xo’jalik boshqaruv organlari va ularning tuzilmaviy bo’limlari tomonidan, iste’molchilarning extiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan vazifalar. Vazifalar - jarayon, loyixa va funksional faollik shaklid bo’lishi mumkin.

BPMN (BusinessProcessModelandNotation) – faoliyat jarayonlarini diagramma shaklida modellashtirish va tavsiflash uslubi bo’lib u mazkur formatda qo’llaniladigan shartli belgilar tizimidan iborat.

Kontatktsiz muloqot – davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksional vazifalarini bajarish, maxsulot ishlab chiqarish va yetkazib berish yoki xizmat ko’rsatish jarayonlarining yakuniy maxsulini iste’molchining interaktiv murojaati asosida, inson omili ishtirokisiz, ya’ni ixtisoslashgan tizimlar, mexanizmlar va vositalar orqali yetkazib berishini nazarda tutuvchi, o’zaro interaktiv munosabat shaklidir.

Rudiment protseduralar – boshqaruv tizimi va usullarining rivojlanishi, takomillashuvi natijasida o’zining asl moxiyatini yo’qotgan, ammo tartibotlarda o’rnashib qolgan funksional protseduralar. Bu protsedurlar amalga oshiriladigan funksiya yoki ko’rsatiladigan xizmat sifatiga qimmat qo’shmaydi, balki o’zini oqlamaydigan qo’shimcha, ortiqcha resurs sarflanishiga, maxsulot/xizmatlar tan narxi va qiymatini oshirib yuboruvchi omil sifatida faoliyat samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan tarkibiy tuzilma yoki amaliyot hisoblanadi.

Umumiy qoidalar

Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi unga turdosh usullaridan farqli ravishda, qisqa muddatda eskirgan, o’zini oqlamagan samarasiz usullar va vositalardan, rudiment jarayonlardan butunlay voz kechish xamda jarayonlarga zamonaviy AKTni joriy etish orqali mamuriy jarayonlarni tubdan isloh qilishni nazarda tutadi.

Bunda ma’muriy jarayonlarni amalga oshiruvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari manfaatlari emas, balki, faqat va faqat istemolchi fuqarolar manfaatlari, ularning extiyojlari, talabi va shart-sharoitlari birlamchi hisoblanadi.

Davlat va xo’jalik boshqaruv organlarning mutassadi rahbarlari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini paysalga solishga bo’lgan harakat va intilishlari, davlat xizmatlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan islohotlarga jiddiy to’siqlar yaratishi mumkin.

Reinjiniringni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:

1. Siyosiy qaror va hohish-irodaning mavjudligi;

2. Samaradorlik – asosiy omil sifatida;

3. Iste’molchi uchun qulayliklar yaratish;

4. Jarayonlarning funksiyalarga nisbatan afzallikka ega bo’lishi;

5. Vakolatlarni quyi bo’limlarga va mutaxassislarga topshirish;

6. Innovatsion yondashuv;

7. Muammoli masalalarni aniqlashda ichki va tashqi muhitni uzviy o’rganish.

Ushbu tamoyillarga va reinjiniring tadbirining asosiy omillariga ko’ra, ma’muriy jarayonlar reinjiniringini amalga oshirishda yuqori lavozimdagi rahbarlarning siyosiy qaror va hohish-irodalari birlamchi omil hisoblanadi va reinjiniring tadbirlarini “yuqoridan pastga” qarab amalga oshirish uchun asosiy turtki vositasini o’taydi.

Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi natijasida ham davlat organlari, ham iste’molchilar (aholi, tadbirkorlik sub’yektlari) manfaatdor bo’lishini ta’minlash joiz. Bunda barcha ortiqcha, takroriy va salbiy byurokratik to’siqlar bartaraf etilib, faqatgina “zaruriy byurokratiya”ga yo’l qo’yiladi. YA’ni, aholi va tadbirkorlar uchun ma’muriy yukning minimal zaruriy ko’rinishlarigagina yo’l qo’yiladi.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda “proaktiv” xizmatlar konsepsiyasi ilgari surilmoqda, ushbu konsepsiyaga muvofiq, ayrim davlat xizmatlari uchun hattoki iste’molchilarning murojaatlari ham talab qilinmaydi. Masalan, farzand tug’ilishi bilan mahalliy hokimiyatlar tomonidan bolalar bog’chasi va umumta’lim maktabiga ro’yxatga olish xizmati “proaktiv” xizmatlar ro’yxatiga kiradi.

Aksariyat hollarda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida har bir tarkibiy funksional bo’linma tomonidan faqatgina mazkur bo’linmaning funksiyalari doirasida e’tibor qaratilib, yakuniy natija rahbariyatdan tashqari hech kimni qiziqtirmaydi. YA’ni, har bir funksional bo’lim qo’yilgan masalaning yoki jarayonning faqatgina bir qismi bilan shug’ullanishi hamda boshqa bo’limlar faoliyatidan doimiy ravishda xabardor bo’lmasligi va umumiy muvofiqlashtirishning sustligi natijasida jarayonlarda nuqsonlar vujudga kelishi kuzatiladi. Ma’muriy jarayonlar reinjiniringi jarayonlarni yaxlit holatda nazorat qilish mexanizmlarini joriy qilishni nazarda tutadi va yakuniy natijaga barcha tarkibiy bo’linmalar tomonidan qiziqish bo’lishini ta’minlashga undaydi.

Ayrim turdagi qarorlarni qabul qilish vakolatlarini quyi tashkilotlarga tushirish va Markaziy apparatga xos bo’lmagan funksiya va vazifalarni quyi tashkilotlarga berish orqali amalga oshirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda yangi g’oyalar uchun cheklovlar o’rnatilishi mumkin emas, har qanday yangi g’oyalar davlat xizmatini kelajakdagi yangi modeli uchun muhimdir.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ayni paytda ishlayotgan samarasiz tizimlarda emas, balki ma’muriy jarayonlari reinjiniringi natijasida yaratilgan yangi tizimlarda qo’llanilgan taqdirdagina yuqori samaradorlikka olib keladi. YA’ni, boshqa so’z bilan aytganda samarasiz tizimlarni avtomatlashtirish qisqa muddatda ma’lum vazifalarni soddalashtirsada, iste’molchilar uchun yetarli darajada qulayliklar yaratmaydi, balki eski tizimning barcha nuqsonlarini yanada ko’proq namoyish qiladi. SHuning uchun ham AKT vositalarini reinjiniring tadbirlari asosida yaratilgan yangi tizimlarda tadbiq etish maqsadga muvofiq.

Ma’lumki, bugungi kunda ayrim turdagi davlat xizmatlarini ko’rsatishda ikki va undan ortiq ma’muriy organlar ishtirok etadi. SHu sababli, ma’lum bir xizmatga aloqador bo’lgan va ushbu xizmatni ko’rsatishda ishtirok etayotgan mazkur ma’muriy organlarda ham har bir ma’muriy jarayonlarni o’rganish talab etiladi. Bundan tashqari, reinjiniring tadbirlari mobaynida muammoli masalalar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanuvchi aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan so’rovnoma yo’li bilan aniqlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Bundan tashqari, ayrim turdagi eng ko’p uchraydigan xatoliklar mavjudki, ular reinjiniring tadbirlarini muvaffaqiyat qozonishiga jiddiy to’sqinliklar yaratadi. (3-jadval)

Nisbatan qisqa muddatda katta odimlar bilan yuqori pog’onaga ko’tarilish, eng ilg’or ko’rsatgichlarga erishish vazifasi eskirgan, o’zini oqlamayotgan usullar, kuch va vositalarning baxridan o’tish, ma’muriy va xo’jalik boshqaruvidagi rudiment protseduralardan butunlay voz kechish orqali an’anaviy faoliyat tarkibini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan xolda tubdan islox qilish orqali amalga oshiriladi.

Bunday natijaga erishish uchun reinjiniring uslubining zaruriylik va yetarlilik shartlari asosida shakllantirilgan quyidagi tadbirlar aniq maqsad va o’zgarmas mo’ljal sifatida qat’iy mustaxkamlab qo’yilishi joiz:

1) davlat organlari va davlat xizmatchilari faoliyati samaradorligini keskin oshirish va baxolash mexanizmlarini xatosiz ishlashini ta’minlash;

2) davlat va xo’jalik boshqaruv organlari funksiyalari, xizmatlari va maxsulotlari sifatini global raqobat talablaridan ham yuqori darajasigacha oshirish;

3) davlat organlari funksiyalarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqish me’yor-tartiblari faqat va faqat iste’molchi shart-sharoitiga mos bo’lgandagina tasdiqlanishiga erishish;

4) jarayonlarni qayta tartibga solishda mantiqiy va funksional jixatdan izchillik va uzluksizlikni ta’minlash;

5) uzundan uzoq, murakkab, samarasiz ma’muriy va funksional jarayonlarga butunlay barxam berish yoki eng minimal darajagacha soddalashtirish;

6) ortiqcha va bir birini takrorlovchi ma’muriy va funksional jarayonlarga barxam berish, voz kechish;

7) jarayonlardagi byurokratik g’ov va korrupsion sxemalarni tashkil etuvchi omillariga va muxitiga qarshi kurashish, yo’qqa chiqazish, xamda qayta g’ovlashga imkon bermaydigan innovatsion, kontaktsiz boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqib tizimning butun tarmog’ida keng ko’lamda joriy etish;

8) zamonaviy axborot kommunikatsiya tizimlarini joriy etish orqali avtomatlashtirish tadbirlarini faqat va faqat reinjiniring orqali optimallashtirish jarayonlaridan so’nggina amalga oshirish asosiy va birlamchi shart ekanligini qonun hujjatlarida mustaxkamlab qo’yish;

Reinjiniring doirasidagi optimallashtirish tizim zimmasidagi funksiyalarni bajarish uchun sarflanadigan o’zining hisobidagi, katta-kichikligidan qat’iy nazar, tashkiliy-tuzilmaviy, me’yoriy-huquqiy, moddiy-moliyaviy, mehnat, axborot va vaqt resurslari, shuningdek boshqa barcha kuch va vositalarning xar biridan unumli, o’z o’rnida, eng maqbul kombinatsiyalarda va motivatsion faollashtirish asosida foydalanishni nazarda tutadi.

Reinjiniringda ortiqcha jarayon va ob’yektlardan voz kechishga urg’u beriladi. Hususan:

1) Katta xajmdagi, qayta ishlanmaydigan va taxlil uchun foydalanilmaydigan, yakuniy natijaga qimmat qo’shmaydigan ma’lumotlarni qayta-qayta kiritish, uzatish, almashish, zaxiralarini ko’paytirish amaliyotlaridan vozkechish;

2) Ortiqcha, foydasi tegmaydigan inventar, moddiy-texnik resurslar zaxirasi va boshqa aktivlarni manfaatli loyihalar uchun safarbar etish;

3) Funksional jarayonlarning xar xil bosqichlarida bir xil vazifalarni takrorlanishi xolatlariga yo’l qo’ymaslik;

4) Faoliyatining yakuniy natijasi noaniq, mavxum va mantiqsiz bo’lgan tuzilmaviy bo’limlar, lavozim va xizmat vazifalarini bekor qilish;

5) Bir birini maqsad va vazifalarini, funksiya va vakolatlarini takrorlovchi tuzilmalarni uyg’unlashtirish, birlashtirish yoki qisqartirish tadbirlari resurslar ortiqcha sarfini optimallashtirishning kardinal shakli sifatida qaraladi.

Reinjiniring xulosalarini shakllantirishda:

- jarayonlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni o’ta murakkabligi, izox va xavolalarni xaddan ziyod ko’pligi xolatlarini bartaraf etish;

- istemolchilarga samimiylik, beg’arazlik, g’amho’rlik, daxldorlik xislari bilan munosabatda bo’lish madaniyatini ommalashtirish ruxi aniq sezilib turishi lozim;

Reinjiniring davlat organlari va xizmatchilari funksiyalarini bajarish, xizmatlar ko’rsatish va maxsulot ishlab chiqarish:

1. jarayonini soddalashtirish;

2. jarayonlarining bosqichlari va qadamlari sonini qisqartirish;

3. muddatlarini qisqartirish;

4. ishtirok etuvchi davlat va xo’jalik boshqaruv organlari sonini qisqartirish;

5. talab etiladigan hujjatlar sonini qisqartirish;

6. resurslar sarf-xarajatini optimallashtirish;

7. davlat boji va murojjatni ko’rib chiqish to’lovlarni optimallashtirish;

8. norasmiy to’lovlarga batamom barxam berish ko’rsatkichlari va me’zonlari orqali baxolanadi.

Hususiy kapital hisobiga faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik yuritish sub’yektlari reinjiniring tadbirlarini o’tkazishdan katta iqtisodiy foyda ko’radilar va shuning uchun reinjiniring tadbirlarini tezroq, samaraliroq va keng ko’lamda o’tkazishdan manfaatdor bo’ladilar. Ulardan farqli o’laroq iste’molchilarning soliq va boshqa qonuniy to’lovlari hisobiga shakllanadigan davlat byudjeti hisobidan faoliyat yurituvchi davlat boshqaruv organlari xamda davlat ulushi katta bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar esa, odatda reinjiniring tadbirlarini samarali va keng qamrovda amalga oshirishni paysalga solish va latent ko’rinishdagi to’siqlar yaratishga xarakat qiladilar.

CHunki, reinjiring tadbirlari ularni innovatsion boshqaruv usullarini o’zlashtirish, o’zilarining kasbiy maxoratlarini muttasil oshirib borish, iste’molchi manfaatlarini tashkilot va xususiy manfaatlaridan ustun qo’yish, resurslarni maqsadli sarflash, tez va sifatli ishlash singari yangicha talablar asosida faoliyat yuritishga majbur qiladi. SHu munosabat bilan bu toifadagi vazirlik-idora va tashkilotlarda reinjiniring tadbirlarini samarali o’tkazilishi birinchi raxbarning avvalam bor siyosiy idroki, ma’naviy va mafkuraviy immunitetining mustaxkamligi, zamonaviy dunyoqarashi, professional darajasi, omilkorligi va tadbirkorligi, g’ayrat-shijoati, ayniqsa ruxiyatida mardlik, vatanparvarlik va xalq dardiga daxldorlik tuyg’usining ustuvorligiga bevosita bog’liq.

Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xar qaysi darajadagi mutassadi raxbari, mas’ul xodimlari va xizmatchilari tomonidan reinjiniring tadbirlarini asossiz ravishda paysalga solishga bo’lgan “xarakat va intilish”lari ularning fuqarolik pozitsiyasining davlat boshqaruvi organlarini modernizatsiyalashga yo’naltirilgan isloxotlarning siyosiy axamiyatini anglay olmasligi sifatida baxolash uchun belgi (signal) va tegishli xulosa chiqarilishiga asos bo’lishiga axamiyat qaratiladi.

Vazirlik-idora, tashkilot raxbari reinjiniring tadbirlarini o’tkazish uning zimmasiga yangi, innovatsion shart-sharoitlarda faoliyat yuritishni o’zlashtirish, ko’nikmalarni shakllantirish bilan bog’liq murakkab, ammo sharafli mas’uliyat yuklashini ham anglashi, unga ruxan va professional darajada tayyorgarlik ko’rishi, nostandart sharoitlarda karxt xolatga tushib qolmay, yechimini operativ ravishda topish va hal etish, sharoit jilovini o’z qo’liga, javobgarlikni o’z zimmasiga olish, ya’ni jarayonni nazorat qilib bora olish vazifasini yuklaydi.

MA’MURIY JARAYONLAR REINJINIRINGI TADBIRINI TAYYORLASH VA O’TKAZISH BOSQICHLARI


Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringini o’tkazish lozimligini aniqlash me’zonlari

Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatidagi ma’muriy va operatsion jarayonlarni reinjiniring orqali optimallashtirmasdan turib, joriy amaliyotni to’g’ridan to’g’ri avtomatlashitirib qo’yish mumkin emas. YA’ni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni reinjiniring tadbiri bilan birgalikda, bevosita bog’liq xolda amalga oshirilishi zaruriy shartdir. Bu shart BPR va IKT ning uzviy bog’liqlik konsepsiyasi bilan ifodalanadi. (Ilova 3)

Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyatlari organlarida Ma’muriy va operatsion jarayonlar reinjiniringi tadbirlarini o’tkazish zarurligi quyidagi me’zonlar orqali aniqlanadi:

Muassasa tashkiliy tuzilmasining yiriklashib ketishi;

Jalb etiladagan tuzilma, tashkilotlar, bo’lim, xodim va ishtirokchilar soni ko’pligi;

Kelishish jarayonlarini murakkabligi va uzayib ketishi;

Xizmat ko’rsatish tartiblarining murakkabligi;

Me’yoriy tartiblarni byurokratik to’siqlarga aylanib ketishi;

Xizmat ko’rsatish muddatlarini uzayib ketishi;

Xizmat ko’rsatish sifatini pasayib ketishi;

Sarf-xarajatlarning ortib ketishi;

Xizmat ko’rsatish uchun sarflanadigan resurslar hajmining kattaligi va yakuniy natija qimmatiga nomuvofiqligi;

Talab etiladigan hujjatlar sonining ko’pligi;

Jarayon ichida ham paydo bo’ladigan xujjatlar mavjudligi;

Asosiy funksiya va vazifalardan og’ish;

Faoliyat samaradorligini pasayib ketishi;

Korrupsion omillar va muxit mavjudligi;

Hisobotlarda shaffoflikning yo’qolishi;

Real xolatni baxolash mexanizmlarini yo’qligi yoki buzilishi;

Iste’molchi va foydalanuvchilar e’tiroz va shikoyatlarining ortib ketishi;

Qonun buzilish xolatlarining davriy tus olishi;

Tizimli muammolarni uzoq vaqt yechimini topmasligi.

Vazirlik-idora yoki tashkilot faoliyati samaradorligini monitoring qiluvchi reja-iqtisodiyot, strategik rejalashtirish bo’limlari, revizion komissiyalari yoki turdosh funksiyalarni bajaruvchi tuzulmaviy bo’linmalari tomonidan mazkur mezonlarning kuzatilishi birinchi raxbar tomonidan ma’muriy va operatsion jarayonlarini reinjiniring qilish tadbirlarini o’tkazish rejasini tuzish uchun belgi (signal) vazifasini bajarishi lozim.

Reinjiniring tadbiri birinchi bor o’tkazilayotgan tashkilotlarda 7 ta bosqichdan iborat birlamchi reinjiniring tadbirlarini o’tkazish maqsadga muvofiq (Ilova 4). Keyingi reinjiniring tadbirlari xar 4-5 yilda bir marotaba o’tkazib boriladi. Ikkinchi va undan keyingi reinjiniring tadbirlari quyida tavsiflangan standart shaklda, 5 bosqichda amalga oshiriladi (Ilova 5, 4-jadval):

1. Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi;

2. Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi;

3. Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi;

4. Reinjiniring ob’yekti istiqbolli modelini loyhalash bosqichi;

5. Istiqbolli model loyhasini joriy etish bosqichi.

Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi

Davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida reinjiniring tadbirlarini o’tkazish rejasining birinchi bosqichida quyidagi tashkiliy-tayyorgarlik masalalari inobatga olingan bo’lishi lozim:

Ma’muriy va funksional jarayonlar reinjiniringi tadbirini o’tkazish haqida me’yoriy xuquqiy xujjatni rasmiylashtirish;

Reinjiniring tadbirlarini o’tkazish Ishchi guruxini tuzish;

Muammoli ob’yekt (tashkilot, xizmat) larni va me’zonlarni aniqlash;

Vazifalarni belgilash va taqsimlash;

Ishchi gurux rejasini tuzish.

1) Ma’muriy va funksional jarayonlar reinjiniringi tadbirini o’tkazish haqida me’yoriy xuquqiy xujjat reinjiniring o’tkazilishi tashabbuskori bo’lgan organ tomonidan qabul qilinadi. Bu organlar davlat hokimiyati markaziy organlari, Vazirlik idora yoki reinjiniring tadbirlarini o’tkazish vakolatiga ega idora-muassasalar yoki tegishli litsenziyaga ega konsalting kompaniyalari ham bo’lishi mumkin. Meyoriy hujjatda reinjiniring tadbirlarini o’tkazish muddatlari, tadbir uchun mas’ul muassasalar, javobgar ijrochilar xamda moliyalashtirish manbaalari albatta qayd etilgan bo’lishi lozim.

2) Reinjiniring tadbirlarini o’tkazish Ishchi guruxi tarkibini tegishli me’yoriy xujjat qabul qilgan organ belgilaydi. Ishchi gurux a’zolarining 30 % gacha vazirlik-idora mas’ul xodimlaridan (bu tarkibga birinchi raxbar albatta kiritiladi), 70 % esa reinjiniring tadbirlarini o’tkazuvchi vakolatli tashqi organ ekspertlaridan iborat bo’ladi. Ishchi gurux a’zolari soni vazirlik-idora xajmiga qarab 5-30 kishidan iborat bo’lishi mumkin. Ishchi gurux tarkibi loyiha raxbari, loyixa koordinatori, ekspertlar, vakillardan iborat bo’lishi mumkin. Ishchi guruxi a’zolari tarkibidagi ekspertlar tizimli tahlilchilar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, sotsiologlar, AKT muxandislari singari ixtisosliklar bo’yicha oliy ma’lumotga, ilmiy va amaliy ko’nikmaga ega, “Tizimli tahlil” (System Analyst, SA) yoki “Biznes-tahlil” (Business Analyst, BA) yo’nalishi, ixtisosligi bo’yicha malaka va tajribaga ega mutaxassislardan tuzilishi lozim.

3-5) Ishchi guruxining birinchi yig’ilishida muammoli ob’yekt (tashkilot, bo’linma, xizmat yoki jarayon), obektni baxolash mezonlari va parametrlarini aniqlash, ishchi gurux a’zolari orasida vazifalarni belgilash, taqsimlash va ishchi gurux rejasini tuzish masalalari hal etilishi maqsadga muvofiq. Ishchi gurux a’zolari ish rejasida belgilangan xizmat vazifalari bo’yicha ishlarni olib boradilar va davriy ravishda o’tkaziladigan “aqliy hujum” uslubidagi ishchi taqdimotlarda faoliyat natijalari sarhisob qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi

Davlat va xo’jalik boshqaruv organi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichki buruqlari bilan tashkil tilgan ishchi guruxi tasdiqlagan rejaga muvofiq o’z faoliyatini muammoli ob’yektning bevosita o’rganishdan boshlaydi. Muammoli ob’yekt faoliyatini o’rganish quyidagi 3 ta soxada amalga oshiriladi:

Ochiq manbaalarni o’rganish;

Ichki muxitini o’rganish;

Tashqi muxitini o’rganish.

1) Ochiq manbaalarni o’rganish jarayoni tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlari, tashkiliy-tuzilmasi, shtat jadvali, funksiya va xizmatlarining umumiy ro’yxati, xizmat vazifalari taqsimoti, asosiy va yuklatilgan vazifalari bo’yicha oylik, chorak va yillik ko’rsatgichlari, faoliyati bo’yicha chorak va yillik hisobotlari bo’yicha taxlil ishlarini amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyatining huquqiy ta’minoti darajasini o’rganish jarayonida me’yoriy-huquqiy xujjatlar vertikali bo’yicha hukumat darajasidagi birlamchi xujjatlardan tortib toki xar bir xodimning lavozim yo’riqnomasi va xizmat vaifalari taqsimotigacha bo’lgan barcha huquqiy hujjatlarning o’zaro bog’liqligi, uyg’unligi, yuqori turuvchi xujjatga mantiqan va mazmunan mosligi, amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi tartib va shartlari asosida kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarni o’zida aks ettirishi singari jixatlariga aloxida e’tibor qaratiladi. SHuningdek, xronologik tahlil asosida me’yoriy-huquqiy aktlar va hujjatlarga 1990 yildan boshlab xozirgi kunga qadar kiritilgan qo’shimcha o’zgartirishlar mazmunidan kelib chiquvchi tendensiya va motivatsiyalarning yo’nalish va maqsadlari, oqibat va natijalarga bog’langan holda, o’rganiladi va aniqlanadi. Ushbu tadbir yakuni axborot taxliliy ma’lumotnoma tayyorlashdan iborat bo’ladi (5-jadval).

2) Ichki muxitini o’rganish tashkilotning barcha tuzilmaviy bo’limlari zimmasidagi vazifalar bilan bog’liq funksional va operatsional jarayonlarning joriy tartibini o’rganish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda kuzatuv, inter’v’yu, ijtimoiy so’rov, modellashtirish, tizimli taxlil usullaridan foydalaniladi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yig’ilgan ma’lumotlar bo’yicha taxliliy ishlar amalga oshiriladi va tadbir yakunida axborot taxliliy ma’lumotnoma tayyorlanadi.

3) Tashqi muxitni o’rganishning birinchi yo’nalishi Tashkilot zimmasidagi funksiya va vazifalarini bajarish jarayonlarida xamkorlik qiladigan bo’linma, bo’lim, boshqarma, departament, tuzilmaviy korxona yoki boshqa vazirlik-idoralar bilan o’zaro faoliyati munosabatlarini o’rganishni nazarda tutadi. Bunda o’zaro munosabat doiralarini, tartiblarini, jarayonlarini, normativ-huquqiy ta’minotini bevosita va bilvosita o’rganib chiqish mumkin.

Tashqi muxitni o’rganishning ikkinchi yo’nalishi tashkilotning zimmasidagi funksiyalar, xizmatlar va maxsulotlari iste’molchilarining qanoatlanish darajasini aniqlashtirishga qaratiladi. Iste’molchi jismoniy shaxs, yuridik shaxs, davlat yoki nodavlat organlari ham bo’lishi mumkin. Istemolchilarning tashkilot faoliyatiga beradigan baxosi belgilab olingan me’zonlar asosida shakllantiriladi. Bunday mezonlar sirasiga tashkilot funksiyalarini bajarilishining me’yoriy tartiblari, muddatlari, narxlari, axborot ta’minoti, servis darajasi, davlat xizmatchilarining malaka darajasi singari me’zonlarni kiritish mumkin.

Tashqi muxitni o’rganishning uchinchi yo’nalishi sifatida tashkilotning “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari rivojlangan xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlarining faoliyatini o’rganish maqsadga muvofiq. SHu bilan birga, tegishli soxadagi ekspertlar, ilmiy xamjamiyatlar vakillarining ilmiy tadqiqotlari xulosalarini, ham o’rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Umuman olganda, davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ma’muriy va opratsional jarayonlarini davriy ravishda monitoring qilib borish mexanizmi sifatida barcha vazirlik-idoralarda tashkilotning strategik rejalashtirish xamda reja-iqtisodiyot bo’limi xamda yuridik xizmatlari raxbarlari bilan bir qatorda tegishli soxaga mutaxassislar yetishtirib beruvchi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibidagi institut va universitetlar, shuningdek Fanlar akademiyasi xamda tegishli tuzilmaviy ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy-ta’lim muassasalari vakillaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi amaliy tadqiqot ishchi guruxini tuzib qo’yish maqsadga muvofiqdir.

Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi

Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining joriy faoliyati xolatini o’rganish aloxida e’tibor talab etadi. Tashkilotning me’yoriy hujjatlarda, nizomlari, xizmat vazifalari yo’riqnomalarida qayd etilgan faoliyati tartiblari amaliyotda har doim ham risoladagidek bajarilmaydi. SHu munosabat bilan ham tashkilot ma’lum muddat ichida reinjiniring ob’yektiga aylanib qoladi.

Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatining taxlilini quyidagi bosqichlarda olib borish mumkin:

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar xrolnologiyasi va amaldagi ichki xujjatlar taxlil qilish;

Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish;

Talab darajasi yuqori bo’lgan asosiy xizmatlar ro’yxatini shakllantirish;

Funksiya va xizmatlarning amaldagi reglamentlarini ishlab chiqish;

Funksiya va xizmatlar uchun resurslar sarfini taxlil qilish;

Tashkilotning asosiy jarayonlari joriy xolati diagrammasini “BPMN 2.0.” formatida tayyorlash va faoliyatining joriy xolati xaqida axborot taxliliy hujjat tayyorlash.

Tashkilotning me’yoriy-huquqiy hujjatlari ob’yektning ichki muxitini ochiq manbaalar asosida va ichki muxitini birlamchi o’rganish jarayonlarida ko’rib chiqilgan bo’lsada mazkur bo’limda batafsil taxlil qilinadi.

1) Hususan, me’yoriy huquqiy xujatlar 2 ta asosiy bo’limga bo’lib o’rganiladi. Birinchisi, tashkilotning faoliyatini tartibga solish bo’yicha xukumat darajasidagi me’yoriy-huquqiy aktlar (MXA) bo’lsa, ikkinchisi ichki tuzilmaviyme’yoriy-huquqiy hujjatlar (MXX) hisoblanadi.

Davlat hokimiyati markaziy organlari tomonidan qabul qilingan MXA lar taxlilini 1990-yilda amalda bo’lgan xujjatlardan to shu kunga qadar yangilangan barcha MXAlarni batafsil o’rganib chiqishni taqozo etadi. Ushbu xronologik taxlil tashkilot faoliyati qaysi yo’nalishlarda islox qilinganligi taxlil etish hamda istiqbolli loyihada inobatga olish joiz bo’lgan huquqiy ta’minot masalalarini oydilashtirishga imkoniyatini beradi.

Ichki tuzilmaviy MXX larni taxlili tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar vertikali bo’yicha xar bir xodimning xizmat vazifalar yo’riqnomasigacha bo’lgan hujjatlar taxlil etib chiqiladi. Bu o’rganish tashkilot zimmasidagi bo’lgan barcha funksiya va xizmatlarning reglamentatsiya qilinganligi xolatini taxlili uchun juda ham muxim. Tashkilotning reglamentatsiya qilinmagan barcha funksiya va xizmatlarning xizmat yo’riqnomalari va reglamentlarini ishlab chiqish tavsiyasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Tashkilot va uning xizmatchilarining funksiya va xizmatlari “asosiy”, “yuklatilgan” va “qo’shimcha” vazifalar bo’yicha tasniflab o’rganiladi. YUklatilgan vazifalar tasnifiga xodim tarafidan, o’zining asosiy vazifalaridan tashqari raxbar topshirig’iga binoan davriy ravishda bajariladigan, tashkilotning boshqa tuzilmaviy bo’liinmasining asosiy vazifalari kiritiladi. Qo’shimcha vazifalar tasnifiga esa xodim tarafidan, o’zining asosiy va yuklatilgan vazifalaridan tashqari raxbar topshirig’iga binoan davriy ravishda bajariladigan, tashkilot tizimiga va soxaga xos-taaluqli bo’lmagan boshqa tizim yoki soxa tashkilotlarining asosiy vazifalari kiritiladi.

3) Keyingi bosqichda optimallashtirishni talab etuvchi funksiya va xizmatlarga aloxida e’tibor qaratish lozim. Xususan, ortiqcha funksiyalarni, autsorsing tartibiga o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’lgan funksiyalarni, bir birini takrorlovchi funksiyalarni, takomillashtirishni talab etuvchi funksiyalarni, xamda yangidan joriy etilishi lozim bo’lgan, ya’ni yetishmayotgan funksiyalarni topish masalasi nazorat topshirig’i sifatida turishi lozim.

Xar qanday tashkilot xodimlarining amaga oshiradigan va mashg’ul bo’ladigan ishlarini 3 xildagi faoliyat turlariga ajratish mumkin:

- Loyihalar;

- Jarayonlar;

- Funksional faollik.

Tashkilotning funksiyalarining umumiy ro’yxati tarkibidagi xizmatlarni faoliyat turlariga qarab loyiha, jarayon va funksional faollik turlariga tasniflab chiqish lozim (6-jadval). Tashkilot uchun jarayonlar I darajali, loyihalar II darajali, funksional faollik toifasidagi xizmat vazifalari esa III darajali axamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz. SHuning uchun ularga o’zlarining darajalariga mos ustuvorlik belgilanadi.

Tasniflash natijasida paydo bo’lgan asosiy jarayonlar ichidan talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalari ajratib olinadi. Talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalari “Forma-2_BPR” (Ilova 7) jadvali orqali shakllantiriladi. Mazkur ro’yxatdagi xizmatlar “Forma-2_BPR” jadvali asosida Davlat interaktiv xizmatlari YAgona portalida joriy etilgan “Davlat xizmatlari, forma va blanklari yagona reyestriga (ro’yxatiga) kiritiladi va ularning xar biriga identifikatsion (ma’muriy, adminstrativ) kod biriktiriladi.

Davlat xizmatlari, forma va blanklari yagona reyestriga kiritilgan xizmat jarayonlari uchun optimallashtirish tadbirlari o’tkaziladi. Mazkur ro’yxatga kirmagan, loyiha va funksional faollik toifasidagi, xizmat vazifalari imkon qadar soddalashtiriladi, ixchamlanadi va qisqartiriladi.

4) Talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalar optimallashtirishni talab etuvchi jarayonlar sifatida batafsil o’rganiladi. Mazkur jarayonlarning (vazifalarning) xar birining joriy reglamentlarida qayd etilgan tartiblar va amaldagi real xolatda qanday bajarilishi xaqida batafsil malumot yig’iladi va taqqoslab chiqiladi. Olingan malumotlar asosida jarayonning xozirgi xolatining «BPMN 2.0.» standartidagi modeli (diagrammasi) ishlab chiqiladi.

Ushbu diagramma asosida mazkur funksiya va xizmatlarning joriy xolati modellashtiriladi va sinovdan o’tkaziladi. Oldindan belgilab olingan me’zonlar bo’yicha ularni amalga oshirish uchun xarajat qilinadigan barcha resurslar sarfi taxlili o’tkaziladi. Bu xarajatlar tarkibiga vaqt, jalb etiladigan ishchi kuchi, moliyaviy, tashkiliy-xuquqiy, moddiy-texnik, axborot-kommunikatsiya, kommunal, servis va faoliyat ixtisosligidan kelib chiqadigan va sarflanadigan mutlaqo barcha resurslari kiritiladi.

5) Ushbu bo’lim yakunida davlat va ho’jalik boshqaruv organlari funksiya va xizmatlarining umumiy ro’yxatidan belgilangan me’zonlar asosida tanlab olingan, talab darajasi yuqori bo’lgan funksiya va xizmatlar (asosiy jarayonlar) uchun “BPMN 2.0” formatida joriy xolat (“As-is”) modelini yakuniy diagrammasi tayyorlanadi. (Ilova – 8.1, 8.2.) SHuningdek zarur xollarda jarayon algoritmi dekorativ va xronologik sxema shakllarida xam tayyorlanishi mumkin. (Ilova – 8.3, 8.4.)

SHuningdek, “Tashkilot joriy faoliyati xolati xaqida” axborot taxliliy hujjat tayyorlanadi.

Reinjiniring ob’yekti istiqbolli modelini loyhalashtirish bosqichi

2 – 4 bosqichlardagi tadbirlarni amalga oshirish jarayonida reinjiniring ob’yektining amaldagi xolati xaqida batafsil ma’lumotlar yig’iladi, tahliliy xulosalar shakllanadi. Navbatdagi bosqich o’tkazilayotgan reinjiniring tadbirining operatsion qismi bo’lib Tashkilotning istiqbolli modelini loyihalashtirishdek mas’uliyatli jarayondan iborat.

Mazkur tadbir quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

Halqaro ilg’or tajribani o’rganish;

Istiqboli model konsepsiyasini shakllantirish;

Tashkilotning istiqbolli funksional-matritsa turiga mos tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish;

Funksional va operatsion jarayonlarni optimallashtirish;

Funksiya va xizmatlarning istiqbolli reglamentlari loyixalarini ishlab chiqish;

Faoliyatning istiqbolli modelini joriy etish “Tarmoq grafigi” va “CHora-tadbirlar rejasi” loyixasini ishlab chiqish,

1) “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari rivojlangan davlatlardagi turdosh vazirlik-idora va tashkilotlarning joriy xolati va ilg’or tajribalari reinjiniring ob’yektining istiqbolli modeli loyhasini ishlab chiqish uchun eng qulay mo’ljal va na’muna vazifasini o’taydi. Bunda, davlat va ho’jalik boshqaruv organlarining rivojlangan xorijiy davlatlardagi analoglarini yanada takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan yoki ishlab chiqilayotgan strategik rejalarini inobatga olish eng muxim omil xisoblanadi. Mazkur yo’nalishdagi taxlillar ob’yektiv, keng qamrovli va samarali bo’lishi uchun paralel ravishda tegishli soxa bo’yicha ilg’or bo’lgan bir nechta muqobil davlatlar amaliyotni va strategiyasini taxlil qilib chiqish maqsadga muvofiq.

SHakllanadigan xulosa va qarorlar xolisligini ta’minlash maqsadida, na’muna sifatida, janubiy-sharqiy osiyo davlatlari, g’arbiy yevropa davlatlari, dunyoviy va demokratik boshqaruv joriy etilgan islom davlatlari, shuningdek ayrim yangi mustaqil davlatlarning nafaqat bugungi kundagi amaliyoti va ilg’or tajribasi, balki - eng asosiysi, ularning yaqin va o’rta muddatga mo’ljallangan yanada rivojlantirish strategiyalarini batafsil o’rganish lozim. Ushbu bo’lim yakuni xam tegishli axborot-tahlily hujjat bilan mustaxkamlanadi.

2) Istiqbolli model konsepsiyasi reinjiniring talablariga mos ravishda tashkilotning joriy xolatini islox etish bo’yicha innovatsion yondashuvlar va g’oyalar tizimi, majmuasi sifatida shakllantirilishi joiz. Tashkilotning istiqbolli modeli Konsepsiyasi – bu tashkilotning kelajakdagi faoliyatining ruxiyati, xarakteri va ko’lamini yorituvchi mantiqan yakunlangan tahliliy hujjat xisoblanadi.

U tuzilish bo’yicha quyidagi bandlardan iborat bo’lishi maqsadga muvofiq: titul varog’i, mundarija, kirish, konsepsiyaning maqsad va vazifalari, glossariy, tahlil etilayotgan tashkilotning horijiy turdosh analoglarining ilg’or na’munalari va strategiyalarining tahlili, tashkilot faoliyatini takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlash, xulosalar va konsepsiyani joriy etish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlar bo’yicha ishlab chiqilgan loyixalar, takliflar, sxema, grafik va taqribiy kichraytirilgan nusxa modellari.

Umuman, Konsepsiyaning ruxiyati va xarakterida yaqin va uzoq muddatli istiqboldagi, xozirgidan bir-necha barobar samaraliroq bo’ladigan faoliyat mexanizmi va jarayonlari o’z aksini topishi, tavsiflanishi lozim.

3) Davlat va ho’jalik boshqaruv organlari tashkiliy tuzilmasining istiqbolli funksional-matritsa turiga moslashtirish va modellashtirishda “toza varaq” tamoyilidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda, birinchi o’rinda o’rganilayotgan davlat va ho’jalik boshqaruv organini, nazariy jixatdan, mamlakatimiz davlatchilik tizimidagi asosiy missiyasini, funksiyalarini nimadan iborat ekanligi belgilab olish lozim.

Ikkinchi navbatda ushbu genezis funksiyani eng optimal ravishda amalga oshirish uchun qanday jarayonlar kerak ekanligi, zarur bo’ladigan birlamchi mexanizmlari va instrumentlarini aniqlab olinishi kerak. Undan keyingina boshqaruvning tashkiliy tuzilma sxemasi “matritsa” turiga mos xolda ishlab chiqiladi.

Ularni samarali ishlatish uchun zarur bo’ladigan kuch va vositalarning eng maqbul kombinatsiyasi xisob-kitobini ishlab chiqish talab etiladi. Ushbu xisob kitoblarga ko’ra istiqbolli model asosidagi faoliyat samaradorligi an’anaviy faoliyatdan eng kamida 5-10 barobar yuqori bo’lishi reinjiniring tadbirining minimal natijasi sifatida tan olinadi.

Bunday natijaga erishish uchun xozirgi kunda tashkilot genezis funksiyani istiqbolli loyixa asosida amalga oshirish uchun ortiqcha yuk bo’layotgan qo’shimcha vazifa, kuch, vositalar va jarayonlarning baxridan o’tish, voz kechish kerak. Resurslarni maqsadsiz, samarasiz sarflanishi, isrof qilinishiga olib keluvchi birorta xam funksional jarayon qoldirilishi kerak emas. Asosiysi, tashkilotning eng quyi bo’g’inida yoki raxbarlar tarkibida bo’lishidan qat’iy nazar faoliyatining samaradorligi past bo’lgan davlat xizmatchilari lavozimlariga biriktirilgan xizmat vazifalari taqsimotini xronometraj asosida o’rganib, optimallashtirish talab etiladi.

Aloxida ta’kidlash joiz bo’lgan jixati shundaki, davlat xizmatchilari lavozimlarini optimallashtirishda quyi ijro etuvchi lavozimlarni emas, asosan ma’muriy vazifalarni bajaruvchi davlat xizmatchilari lavozimlarini optimallashtirish maqsadga muvofiq. SHuningdek, xozirgi kunda keng qo’llanilayotgan, qisqartirijarayonlarni quyi bo’g’indagi boshqa bo’linmalarga rasmiylashtirib, ilgari bajargan ishlarini davom ettiraverish singari xufiyona, noqonuniy amaliyot uchun javobgarlik tartibi qat’iy va muqarrarligi yodda tutilishi joiz. (7-jadval).

Ma’muriy jarayonlarni optimallashtirishda, anologik tarzda, operatsion jarayonlarni emas, ikkinchi darajali funksional aktivlik yoki loyixa toifasiga mos bo’lgan faoliyat turlarini optimallashtirishga katta axamiyat qaratilishi joiz. Buning uchun asosiy ish bajariladigan operatsion jarayon va lavozimlar saqlab qolinishi va yanada takomillashtirilishi lozim. Bajariladigan funksiya, yaratiladigan maxsulot yoki ko’rsatiladigan xizmat sifatiga va qimmatiga xissa qo’shmaydigan, balki o’zining mavjudligi bilan qo’shimcha qiymat qo’shib, muddatlarni uzaytirib, uning tan narxini oshirib yuboradigan faoliyat va jarayonlarni bartaraf etish majburiy shartdir.

4) Funksional faollik va loyixa toifasidagi faoliyatlarni qisqartirish, asosiy operatsion va funksional jarayonlarni optimallashtirish reinjiniring tadbirining markaziy masalasidir. Funksional va operatsion jarayonlarini optimallashtirish bosqichida “Forma-2_BPR” jadvali orqali aniqlab olingan eng asosiy vazifalari ro’yxatiga kiritilgan funksiya va xizmatlarining amaldagi tartiblari, bosqichlari, protseduralarini konsepsiyadagi yondashuvlardan kelib chiqqan xolda tubdan takomillashtirish uchun qaytadan tuzib chiqish tadbirlari amalga oshiriladi.

Bunda ustivor deb topilgan xar bir jarayonni amalga oshirish bosqichlari qismlarga ajratilib, xar bir bosqichga sarflanayotgan vaqt,
Davlat organlari va xizmatchilari Faoliyatining Samaradorligini Baxolash Mexanizmi (FSBM) vazirlik-idoralar vazifalarining inventarizatsiyasi orqali shakllantirilgan umumiy ro’yxatidagi asosiy funksiya, xizmatlar va jarayonlarni reyting tizimi asosida baxolashni amalga oshiradi.

Mazkur mexanizm asosiy funksiya va xizmatlar bo’yicha bir nechta muqobil manbalar orqali qabul qilib olinadigan ma’lumotlarni, belgilab olingan me’zonlar bo’yicha, qiyosiy taxlil qilish orqali davlat organlari va xizmatchilari faoliyati samaradorligi baxolarini generatsiya qiluvchi “Reinjiniring” - Axborot-taxliliy tizimi (RATT) shaklidagi, portal yechimidagi axborot tizimi ko’rinishida bo’ladi.

Mazkur axbort tizimi vazirlik-idoraning asosiy xizmat vazifalari va funksiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi 5ta muqobil manbaalardan qabul qilib oladi:

1. Davlat va ho’jalik boshqaruv organining o’zidan;

2. Jismoniy yoki yuridik shaxs maqomidagi barcha istemolchilardan;

3. Funksiya va xizmatlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xamkor idoralardan;

4. Nazorat qiluvchi va huquq tartibot organlaridan;

5. Vazirlik idoraning “Elektron hukumat” tizimlari eng rivojlangan davlatlardagi turdosh idoralari bilan taqqoslash va qiyosiy taxlil qilish bo’yicha ekspert va ilmiy tadqiqot guruhlaridi.

Davlat va ho’jalik boshqaruv organlaridagi ma’muriy jarayonlar murakkabligi koeffitsenti maxsus ishlab chiqilgan informatsion sistema tomonidan quyidagi formulalar bo’yicha generatsiya qilinadi

(1) M(k)= Σ c(p)

(2) c(p)=Σ(i)p(i) ∗ w(i)

Ushbu koeffitsent davlat organi va xizmatchilari faoliyat samaradorligini baxolash mexanizmining yakuniy maxsuloti bo’lib, uning asosida vazirlik-idoralarning ma’muriy jarayonlar murakkabligini reytingi shakllantiriladi.



Ushbu reyting tegishli vazirlik-idoralarda maqsadli tekshirish va reinjiniring tadbirlarini o’tkazishga asos bo’lib xizmat qiladi. Reinjiniring tadbirlari yakuniy natijasida davlat va ho’jalik boshqaruv organlari, jumladan vazirlik-idoralar, ularning tuzilmaviy va xududiy bo’linmalari faoliyati innovatsion boshqaruv usullari qo’llanilgan xolda Jarayonlar va Kommunikatsiyalarga asoslangan innovatsion usullar (BPR) asosida modernizatsiyalanadi.
Download 37.34 Kb.




Download 37.34 Kb.