• 1.Elektron hukumat tarixidan.
  • Reja: Elektron hukumat tarixidan. Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari. Elektron hukumat joriy etishning Janubiy Koreya tajribasi. Tayanch iboralar




    Download 1,27 Mb.
    bet1/16
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #138986
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi


    Elektron hukumat tushunchasi, maqsad va vazifalari. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirishning me’yoriy-huquqiy asoslari
    Reja:
    1.Elektron hukumat tarixidan.
    2.Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari.
    3.Elektron hukumat joriy etishning Janubiy Koreya tajribasi.
    Tayanch iboralar: Elektron hukumat, E-Government, Elektron xuqumatni joriy etishning bosqichlari.
    1.Elektron hukumat tarixidan.
    Hukumat faoliyati samaradorligini oshirish uchun yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish g’oyasi yangi davlat menejmenti g’oyasi asosida olib borilayotgan ma’muriy faoliyatda reforma o’tkazish jarayonida 1990 yillarda yuzaga keldi. Lekin “elektron hukumat” iborasi keyinroq (e-government), 1997 yili AQSh milliy ilmiy fondi tashabbusi bilan yuzaga keldi. Bu erda asosiy urg’u davlatning ommaviy boshqaruv organi tizimiga berilgan. Yangi davlat menejmenti asosida elektron hukumat dasturini amalga oshirish jarayonida ma’muriy o’zgarishlar g’oyasi tor ma’noda bo’lib qoldi, ommaviy boshqaruvning o’ziga xos xususiyatlarini to’liq o’z ichiga olmadi. Shuningdek, jamiyat taraqqiyotida yangi tendentsiyalar globallashuv, tarmoq tuzilishi, kommunikatsiya inqilobi, bilimlar jamiyati yuzaga keldi. Yangi texnik vositalarni boshqaruv jarayonlariga tadbiq etish 1940 yillarning oxiri va 1950 yillar boshlariga to’g’ri keldi. 1951 yili tijoratda foydalanish uchun birinchi kompyuter yaratilgan. Ma’lumotlarga ko’ra, bu “First Ferranti MARKI” va UNIVACI hisoblanadi. Bunday kompyuterlar aholini ro’yxatga olishda ishlatilgan. 1950 yillarning birinchi yarmidan kompyuterlardan ilmiy va texnik sohada, qisman tijorat va ommaviy boshqaruvda foydalanilgan. 1965 yillarga kelib Kongress siyosati va Prezident ma’muriyatida ma’lumotlarni qayta ishlashda kompyuterlardan foydalana boshlandi. Asosiy e’tibor elektron kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib, menejment faoliyati sarf-xarajatlarini kamaytirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan. 1966 yilgi statistik ma’lumotlarga ko’ra, o’sha yillari AQShda 2600 kompyuter mavjud bo’lib, ularda 71 ming mutaxassis faoliyat yuritgan. Kompyuterning yaratilishi boshqa texnologiyalar imkoniyatlariga nisbatan ko’proq ta’sir ko’rsata boshladi. Kompyuterning asosiy imkoniyatlari jumlasiga: inson va sun’iy yo’ldoshlarning koinotga uchishi, tibbiyot olami tadqiqotlaridagi yutuqlar, soliq tizimini boshqarish orqali davlat jamg’armalarini oshirish, ijtimoiy xavfsizlikni boshqarish, mudofaa sohasida logistik tizimni boshqarish, sug’urta to’lovlarini tezlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish, kam xarajatli yo’llarni loyihalash va infrastrukturani yaratish kiradi. Qonunchilikka asosan kompyuterlardan davlat faoliyatida foydalanish uch tashkilot tomonidan amalga oshirila boshlandi: Bosh ma’muriy xizmat, savdo vazirligi va Byudjet byurosi. 1970-80 yillarga kelib ma’lumotlarni uzatish va qayta ishlash texnologiyasi asosida kommunikatsion tarmoqlar yuzaga kela boshladi. Shaxsiy kompyuterlarning va ularga mos ravishda dasturiy vositalarning yaratilishi butunjahon axborot tarmog’i va Internet yuzaga kelishiga sabab bo’ldi.
    Ikki yo’nalish – AKTning rivojlanishi va ommaviy boshqaruv modeli 1990 yillarda ma’muriy islohotlar o’tkazilishini taqozo etdi. Natijada AQShda «hukumatni yangilash» (Reinventing government) dasturi ishlab chiqildi. Buyuk Britaniyada 1994-96 yillarda elektron hukumatni joriy etish strategiyasi ishlab chiqildi. 1997 yilga kelib, Britaniyada konservativ hukumat tomonidan elektron hukumat xizmatlarini joriy etish bo’yicha bir qator loyihalar ishlab chiqildi. Hukumatning 1999 yilga kelib leyboristlar qo’liga o’tishi bilan hukumatni modernizatsiyalash dasturiga bir qator yangi g’oyalar kiritilib, 2000 yil uni joriy etish dasturi - «Elektron hukumat»: axborot asosida ommaviy xizmat uchun strategik asos qabul qilindi. 1990 yillarga kelib, boshqa davlatlar ham hukumatni elektronlashtirish dasturini qabul qila boshladi. 1999 yil Evropa komissiyasi «Elektron Evropa yaratish initsiativasi (tashabbusi)» dasturini ishlab chiqdi.
    “Elektron hukumat” quyidagi yo’nalishlarda ishlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
    - davlat boshqaruvida AKTdan foydalanish sohasida standartlar va takliflarni shakllantirish:
    - hukumat axborot tizimi integratsiyasi va AKT asosida tashkilotlararo axborot almashinuvi samaradorligini ta’minlash;
    - AKT yordamida aholi va davlat boshqaruv organlari orasidagi o’zaro bog’lanish samaradorligini ta’minlash;
    - davlat boshqaruv organlari faoliyatida axborot boshqaruv tizimini joriy etish;
    - davlat boshqaruv organlari faoliyatini ta’minlash uchun namunaviy dasturiy-texnik echimlarni topish;
    - chora-tadbirlar dasturlarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish.
    Shunday qilib, yangi asrda “elektron hukumat” tizimining yaratilishi muhim voqea bo’lib, barcha davlatlarni qamrab olgan. Elektron hukumatning nazariy jihatlari uning amaliy tadbiqi bilan birga, har bir mamlakatning milliy va o’ziga xos hususiyatlarini inobatga olgan holda rivojlanib borishida namoyon bo’lmoqda.
    Axborot, dasturiy va elektron texnik vositalarning rivojlanishi davlat boshqaruv jarayonlari hamda tuzilmasiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Avvaliga bu qarorlar qabul qilish jarayonida ma’lumotlardan foydalanish, yig’ish va qayta ishlash samaradorligini oshirishda, keyinchalik barcha davlat boshqaruv tizimlarini tashkil etish usullari va institutlari transformatsiyasida namoyon bo’lmoqda. Umuman olganda, elektron hukumat rivojlanishi elektron biznes va elektron tijoratning rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Davlat elektron vositalariga asoslanib, aholi va tijorat tashkilotlariga xizmat ko’rsatib keladi, hukumat tuzilmalari orasidagi o’zaro bog’lanishni takomillashtiradi. Bunda davlat faoliyatida umumiy maqsadga erishiladi:
    - davlat va tashkilotlar o’rtasida hamkorlik shakllari kengayadi hamda mustahkamlanadi;
    - tashkilot va fuqarolarning ijtimoiy hamda iqtisodiy rivojlanishiga erishiladi;
    - faoliyatning sharoitlari o’zgarishlariga tez va samarali moslashadi;
    - aholi va tijorat tuzilmalariga xizmat ko’rsatish takomillashadi, xizmat ko’rsatish turlari oshib, narxi pasayadi;
    - davlat boshqaruvida tashkilotlararo munosabatlarda samaradorlik oshadi;
    - davlat boshqaruvida kadrlar samaradorligi oshadi;
    - davlat boshqaruvida shaffoflik darajasi va davlat xizmatchilari mas’uliyati oshadi, xizmatchilar tashabbuslari rag’batlantiriladi.

    Download 1,27 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Elektron hukumat tarixidan. Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari. Elektron hukumat joriy etishning Janubiy Koreya tajribasi. Tayanch iboralar

    Download 1,27 Mb.