Davlat boshqaruvi va xo’jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlar




Download 1,27 Mb.
bet9/16
Sana16.01.2024
Hajmi1,27 Mb.
#138986
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi

Davlat boshqaruvi va xo’jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati – idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog’i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda idoralar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko’rsatiladi:
 umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan, Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo’yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;
 bir tomonlama o’zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;
 ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so’rov bo’yicha qabul qilish, tahlil (ko’rib chiqish) va javob yuborishni o’z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish vaG’yoki berish);
 elektron shakldagi ma’lumotlar to’liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan, xizmatlar ko’rsatish va ularga haq to’lash.
Bugungi kunda aholiga davlat organlarining veb-saytlari orqali interaktiv davlat xizmatlari asosida 500dan ortiq turdagi interaktiv xizmatlar ko’rsatilmoqda.
Quyidagi veb-sahifalardan Davlat boshqaruvi va xo’jalik yurituvchi organlar veb-sahifalari orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlar, ular faoliyati haqidagi yangiliklar, xabarlarni olish mumkin.
Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari «elektron hukumat» tizimini faol joriy qilmoqda. Bu davlat tuzilmalarini boshqarishga, davlat va tadbirkorlar o’rtasida hamkorlikni yo’lga qo’ygan holda biznes jarayonlarni samarali rivojlantirishga, shuningdek, fuqarolarga Internet tarmog’i orqali ochiq interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatishga yordam beradi.
Bugungi kunda «elektron hukumat»ning samarali elementlari sifatida 20 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Ular quyidagilar:
O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali – gov.uz bo’lib, tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasida elektron-axborot hamkorlik infratuzilmasining tizim hosil qiluvchi elementi hisoblanadi.
Har bir fuqaro yoki korxona, tashkilot, muassasa vakili O’zbekistondagi davlat hokimiyatining barcha elementlari yuzasidan to’liq axborotni olishi mumkin, shuningdek, hokimiyatning u yoki bu organiga gov.uz portali orqali elektron shaklda rasmiy so’rov yuborishi mumkin. Mazkur portalda Asosiy interaktiv davlat xizmatlarining to’liq ro’yxati chop etilgan.
«E-Kommunal.uz» portali uy-joy, kommunal xo’jaligi sohasidagi umumiy axborot infratuzilmasi bo’lib, aholi, nazorat qiluvchi organlar va uy-joy mulkdorlarining shirkatlari, shuningdek, kommunal xizmatlar o’rtasida axborot almashishni osonlashtiradi. Mazkur portalda O’zbekistondagi uy-joy va kommunal xo’jaligining barcha masalalariga doir axborot, shuningdek tariflar to’g’risida ma’lumot berilgan hatto, barcha kommunal xizmatlarning interaktiv kalkulyatori qulay shaklda joylashtirilgan. Xohlovchilar portalda kommunal xo’jaligi muammolariga oid xabar, fotosuratlarni joylashtirishlari mumkin, davlat hokimiyati tegishli organlari tomonidan ko’rib chiqilib, muammolarni bartaraf etish choralari qo’llaniladi.
stat.uz, soliq.uz tadbirkorlik sub’ektlarining elektron shakldagi statistik, soliq va boshqa moliyaviy hisobotlarini to’plash va ishlov berishni avtomatlashtirish tizimi. Davlat soliq qo’mitasi saytida har bir soliq to’lovchi ham yuridik, ham jismoniy shaxs sifatida elektron shaklda xizmatlarning to’liq ro’yxatini olishi, soliq hisoboti yoki daromadlari to’g’risidagi deklaratsiyani taqdim etishi yoxud o’zining soliq to’lovchi identifikatsiya raqamini (INN) olishi mumkin.
Statistika davlat qo’mitasining sayti orqali har qanday tadbirkorlik sub’ekti elektron shaklda statistik hisobotni topshirishi mumkin, yangi firma tashkil etayotganda har bir fuqaro firma nomini rezerv qilishning elektron tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega. Hozir davlat statistik hisobotining 101 ta shakli (141 ta amaldagi shakldan) Internet tarmog’i orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin. Joriy yilning 1 fevral holatiga ko’ra, 103 mingdan ortiq firma nomlari elektron shaklda rezerv qilingan.
O’zbekiston qonunchilik milliy bazasi (lex.uz) 25 mingdan ortiq normativ hujjatni barcha uchun ochiq tarzda o’z ichiga olgan. Lex.Uz milliy tizimining asosiy maqsadi yuridik va jismoniy shaxslar uchun normativ-huquqiy hujjatlarga keng kirishni ta’minlash yo’li bilan aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqiy axborot bilan ta’minlash ishlarini takomillashtirishdan iborat.
Ushbu ma’lumotlar bazasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, mustaqillikka erishilgandan so’ng hozirgacha qabul qilingan qonunlar, kodekslari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari hamda boshqa hujjatlari, Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud va Oliy xo’jalik sudining qarorlari, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari o’zbek va rus tillarida joylashtirilgan. Shuni ta’kidlash lozimki, Lex.Uz milliy bazasi Internet tarmog’i orqali normativ-huquqiy hujjatlarga bepul kirishni ta’minlovchi O’zbekistondagi yagona axborot-huquqiy tizim hisoblanadi.
uzbekenergo.uz - har bir elektr energiyasi iste’molchilari o’zlarining shaxsiy ma’lumotlariga kirishlarini ta’minlovchi alohida xona. Har qanday korxona, tashkilot yoki oila elektr energiyasi iste’molchisi hisoblanadi. Mazkur loyiha mamlakatdagi barcha iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanish hisobini qulay interaktiv shaklda nazorat qilish imkonini beradi.
evisa.mfa.uz - chet el fuqarolari uchun O’zbekistonga viza olishni rasmiylashtirish onlayn-anketa. Tizim O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi veb-saytining bir qismi bo’lib, hozirda alohida veb-sahifa sifatida o’zbek, ingliz va rus tillarida ishlamoqda, kelajakda boshqa tillarda ham ishlashi mumkin. O’zbekiston - eVisa tizimini joriy etgan dunyodagi to’qqizinchi mamlakat. Bu mamlakatimizning turistik va biznes salohiyatini oshiradi.
license.uz - amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining ro’yxati va litsenziya hamda ruxsatnoma olishning tartib-taomillari, talab etiladigan hujjatlar va boshqa masalalar to’g’risida axborot olish imkonini beradigan litsenziatning yagona portali. O’zbekistonda litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari doimo qisqaradi va ularni olish tartib-taomillari soddalashtiriladi. Mazkur loyiha axborot va zarur litsenziyalarni olishda ortiqcha rasmiyatchilikni kamaytirishga yordam beradi.

Download 1,27 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Download 1,27 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat boshqaruvi va xo’jalik yurituvchi organlar veb sahifalari orqali ko’rsatiladigan interaktiv xizmatlar

Download 1,27 Mb.