|
-rasm. AKTga investitsiyalarni 10 %ga oshirganda,
YaIMning o’sishi holati
|
bet | 11/16 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #138986 |
Bog'liq 4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi1-rasm. AKTga investitsiyalarni 10 %ga oshirganda,
YaIMning o’sishi holati[1]
AKT rivojlanishining yuqori tezlikda bo’lishi ularni joriy etish va foydalanish xarajatlari juda ham past ekanligiga ham bog’liq. Shuning uchun ham an’anaviy texnologiyalarga nisbatan AKTdan olinishi mumkin bo’lgan iqtisodiy samaradorlik tezkor va katta hajmda bo’lishi mumkin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida iqtisodiy o’sish va jamiyat ijtimoiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
AKT sektorining yuqori sur’atlarda o’sishi;
bozor va sub’ektlar boshqaruvi samaradorligiga AKTning ijobiy ta’siri;
ta’lim sifati yuksalishi va ommabopligi o’sishi;
davlat boshqaruvi samaradorligi yuksalishi va fuqarolik jamiyati rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy institutlarga AKTning jiddiy ta’siri;
jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonlarining rag’batlantirilishi va tezlashishi;
bank tizimining rivojlanib borishiga keng ko’maklashish. Hozirgi kunda kompyuterlashtirish inson faoliyatining barcha sohalarini keng qamrab olib, axborot maydonini kengaytirishga yordam bermoqda. Endi zamonaviy jamiyatni AKTning ta’sirisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Dunyo hududlari bo’yicha AKTdan foydalanish darajasi ko’rsatkichlariga ko’ra, Shimoliy Amerika davlatlarining boshqaruv va xo’jalik sub’ektlari hamda uy xo’jaliklarida ulardan foydalanish bo’yicha ancha yuqori (1-jadval). Ularda keng polosali Internet bilan uy xo’jaliklarining 85 %i, mobil aloqa bilan aholining 72 %i, uy xo’jaliklarining 93%i esa shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlangan.
Dunyoning turli hududlarida AKT tarqalishi, %
Hududlar
|
Uy xo’jaliklari-ning keng polo-sali internet bilan ta’minla-nishi
|
|
|
| |