|
Reja: Elektron hukumat tarixidan. Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari. Elektron hukumat joriy etishning Janubiy Koreya tajribasi. Tayanch iboralar
|
bet | 15/16 | Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #138986 |
Bog'liq 4-mavzu Elektron hukumat tushunchasiRaqamli iqtisodiyotni tartibga solish bo’yicha yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar. Oxirgi yillarda raqamli iqtisodiyotni kompleksli va jadal (yangi qonunchilik joriy qilish umumiy mezonlari bo’yicha) tartibga solish g’oyasi ustunlik qildi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2018 yil 13 dekabrdagi PF-5598-sonli farmoni raqamlashtirishni ta’minlash va raqamli iqtisodiyotga o’tishga to’sqinlik qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklarni hal qilish maqsadida davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona printsiplarini ishlab chiqish, “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasini lozim darajada rivojlantirish, bu davlat xizmatlarini ko’rsatish va idoralararo elektron hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo’llashga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda ta’sirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik yondashuv asosida resurslarning oqilona foydalanilishiga olib kelishi hamda tadbirlarning samaradorligi oshishiga qaratildi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimining joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat o’rtasida samarali o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish. Iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Ҳаракатлар стратегиясини amalga oshirish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror, ijobiy o’sishini ta’minlamoqda. Strategik rivojlanish hujjatlari, yangi qonunchilik va boshqa me’yoriy hujjatlar rejalashtirilgan o’zgarishlar uchun asosiy g’oya bo’lishi lozim bo’lib, ularning bir qismi qabul qilingan, me’yoriy hujjatlarning boshqa qismini isloh qilish, shuningdek, yangi qonunlar qabul qilish ko’zda tutilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019 yil 8 yanvardagi PF-5614-sonli farmoni respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirish, tovarlar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish, samarali fiskal siyosatni yuritish, soliqqa tortish tizimi va soliq ma’muriyatchiligini tubdan isloh qilish; asosiy resurslarni taqsimlashda bozor tamoyillarini keng joriy qilish asosida respublikaning raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o’tishi jarayonlarini tezlashtirish; fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ularga davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini mustahkamlash, aholining ijtimoiy ko’makka muhtoj qatlamlarini himoya qilish hajmlari va turlarini ko’paytirish; davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini yanada oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash; tabiiy boyliklardan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish bo’yicha raqamli iqtisodiyotni yo’lga qo’yish nazarda tutilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019 yil 18 maydagi PQ-4321-sonli qarori bilan “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi mablag’lari hisobidan “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha yagona integrator” MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamida 51 foizga oshirishni ta’minlash; “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo’llab-quvvatlash bo’yicha yagona integrator” MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushini keyinchalik “Universal Mobile Systems” MChJga ustav kapitalini ko’paytirish ko’zda tutilgan edi.
“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimini rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo’yicha qarorlar, buyurtmachini majburiy tarzda belgilash, “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi doirasidagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida: davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning elektron hamkorligini ta’minlash uchun idoraviy va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish qismida – O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi; davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish qismida – O’zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo’yicha davlat inspektsiyasi; idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tizimini rivojlantirish qismida – vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tomonidan ta’minlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi 2020 yil 2 martdagi PF-5953-sonli farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati faoliyatida 2020 yildan boshlab fuqarolarning Internet tarmog’idagi murojaatlari asosida parlament va deputat so’rovlarini shakllantirish, saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish maqsadida elektron portal va mobil ilovadan foydalanish imkonini beruvchi “Elektron parlament” tizimi joriy etish va
Samarqand viloyati xalq deputatlari Kengashining faoliyatini “namunali Kengash” sifatida yo’lga qo’yish bo’yicha amaliy tashkiliy chora-tadbirlar ko’riladi hamda mahalliy vakillik organlari faoliyatida Kengash so’rovi instituti joriy qilinadi.
Dasturda raqamli iqtisodiyot unda asosiy ishlab chiqarish omili raqamli shakldagi ma’lumotlar hisoblangan hamda jamiyat va fuqarolarning sifatli va ishonchli ma’lumotlar olishga ehtiyojini hisobga olgan holda axborot makonini shakllantirish, axborot infratuzilmasini rivojlantirish, Respublika axborot-telekommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va qo’llash, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy soha uchun yangi texnologik asoslar shakllantirishga xizmat qiladigan xo’jalik faoliyati sifatida tavsiflanadi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqarish uchun “yo’l xaritasi” shakllantirilgan bo’lib, u har bir asosiy yo’nalish bo’yicha dasturning maqsadlari va asosiy vazifalari tavsifidan iborat bo’ladi, shuningdek, ularga erishish muddatini belgilab beradi. Hukumat dasturi haqiqatda bajarilgan holatda o’zgarishlarning ijobiy tomoni, eng avvalo, davlat organlari uchun ochiq bo’lgan katta ma’lumotlarni jipslashtirish va boshqarishni markazlashtirish darajasini oshirishdan iborat. Biznes uchun (eng avvalo, yirik biznes uchun, chunki bu borada uning imkoniyatlari ko’proq) Dastur va Rejaga kiritilgan imtiyozlar olish va ma’lumotlar to’plamiga ulanishni kengaytirish hisobiga ma’lum bir (jumladan, iqtisodiy) foyda ham kuzatiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli choralar ko’rilmoqda, elektron hujjat aylanmasi tizimi joriy qilinmoqda, elektron to’lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat sohasidagi me’yoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2020 yil 28 apreldagi PQ-4699-sonli qarori asosida 2023 yilga kelib, raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko’paytirishni nazarda tutgan holda, shu jumladan, ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy xo’jalik faoliyatida hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish;
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Reja: Elektron hukumat tarixidan. Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari. Elektron hukumat joriy etishning Janubiy Koreya tajribasi. Tayanch iboralar
|