• Maqsadli
  • Muvofiqlashtiruvchi
  • Bozor sektori bo’lmagan iqtisodiy boshqarish
  • Nazorat qiluvchi
  • Amerika modeli.
  • Yapon modeli.
  • Nemis modeli
  • Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari




    Download 1,27 Mb.
    bet2/16
    Sana16.01.2024
    Hajmi1,27 Mb.
    #138986
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    4-mavzu Elektron hukumat tushunchasi

    2.Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari.
    AKTni davlat boshqaruvida joriy etish bir necha bosqichdan iborat.
    Birinchi bosqich – veb portallarning yaratilishi hukumatni elektron tarmoq tuzilmasiga chiqishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda hukumat bir yoki bir necha saytga ega bo’lib, axborot bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Sayt orqali aholiga hukumat tarkibi, uning vazirlari, agentliklari va boshqalar haqida ma’lumot beradi. Shuningdek, telefonlar, manzillar, qabul vaqtlari va boshqalar haqida ma’lumotlar joylashtiriladi. Saytda fuqarolar va tashkilotlar tomonidan berib boriladigan savollarga javoblar ham muntazam ravishda joylashtirib borilishi mumkin.
    Ikkinchi bosqich –veb portal ishtirokida hukumat saytlari orqali foydalanuvchilarga maxsus va yangi ma’lumotlarni ko’plab taqdim etish mumkin. Bu ma’lumotlar hukumat nashrlari, huquqiy hujjatlar, yangi axborotlardan iborat bo’lishi mumkin. Tarmoqda hukumat agentliklari soni oshib boradi va har biri bilan bog’lanish mumkin bo’ladi. Elektron manzil, qidiruv tizimi, biron bir izoh yoki taklif yuborish imkoniyati yuzaga keladi.
    Uchinchi bosqich – interaktiv veb portallar aholiga xizmat ko’rsatish bilan birga, davlat tuzilmalari va fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarning izchilligini ham oshiradi. Milliy hukumat veb-saytlari foydalanuvchini veb portal ko’rinishida to’g’ridan-to’g’ri vazirliklar, departament va agentliklar bilan bog’laydi. Fuqarolar va provayderlar xizmatlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish tarmoq foydalanuvchilariga o’zlarini qiziqtirgan ma’lumotlar bilan tanishish imkonini beradi. Foydalanuvchi maxsus ma’lumotlarni olishi, turli shakl va blankalarni tarmoq orqali to’ldirishi, rahbarlar bilan bitimga kelishishi, elektron majlislarda qatnashishlari mumkin. Bu erda foydalanuvchi uchun sayt xavfsizligi va paroli yuzaga keladi.
    To’rtinchi bosqich –foydalanuvchi uchun axborot oqimi veb portali tarmoq orqali hujjatlarni olish va kelishuvlarga erishishni ta’minlaydi. Fuqarolar vizalar, pasport, tug’ilganlik yoki o’lganlik haqida guvohnoma, litsenziya, ruxsatnoma va boshqa axborot xizmatlaridan foydalanadi. Hukumat veb-sayti portal hisoblanadi, fuqarolarga hukumat tuzilmalari va xizmatiga to’g’ridan-to’g’ri murojaat etishni ta’minlaydi. Bunday portallar hukumat tuzilmasi va vazifasidan ko’ra, asosan, aholining talab va e’tirozlarini inobatga olishga qaratilgan. Fuqarolar, shuningdek, soliq va kommunal to’lovlarini tarmoq orqali amalga oshirishlari mumkin. Bu bosqichda elektron raqamli imzodan foydalanish mumkin.
    Beshinchi bosqich – to’liq integrallashgan veb portal hukumat portali tarmog’i orqali xizmat ko’rsatish va bog’lanishni ta’minlaydi, tarmoq foydalanuvchisiga ixtiyoriy xizmatni o’z vaqtida olishini ta’minlaydi.
    Mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini yaratish borasida ishlar jadal olib borilmoqda, uning amaliy tadbiqi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi, aholining turmush tarzi o’sadi, xalqning davlat boshqaruvidagi ishtiroki izchilligi oshadi, davlat boshqaruv organlari xizmatchilarining rahbarlik faoliyatidagi mas’uliyati oshib, mukammal qarorlar qabul qilinishiga erishiladi.
     
    “Elektron hukumat” shakllangan davlat xizmatlari turlari haqidagi ma’lumot va xizmatlarni aholiga, tijorat va davlat organlari shaxobchalariga, tashkilot rahbarlariga etkazadi, axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanib, buyurtmachi va davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar masofasini mumkin qadar qisqartiradi.
    “Elektron hukumat” davlat boshqaruvida elektron hujjat aylanishi tizimi hisoblanib, mamlakat miqyosida barcha boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirishga asoslangan va davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida har bir jamiyat a’zosi uchun ijtimoiy kommunikatsiya kechikishlarini qisqartirishga qaratilgan. Elektron hukumatning yaratilishi jamiyat boshqaruvining umumdavlat tarmoqlangan hujjatlarni boshqarish va qayta ishlash jarayonlariga bog’liq bir qator masalalarni echishga qaratilgan tizimni shakllantirishni taqozo etadi. Elektron hukumat amaldagi hukumatga qo’shimcha bo’lmay, balki axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida davlat xizmatlari samaradorligini oshirishdan iborat.
    Xozirgi kunda “elektron hukumat” “yagona oyna” sifatida bugungi kunga nisbatan yanada dolzarb bo’lishi muqarrar. Bu jarayon ijtimoiy tarmoqlarning jadal rivojlanishi bilan bevosita bog’liq. Bunday texnologiyalar ijtimoiy-siyosiy kommunikatsiya imkoniyatlari darajasini yanada oshirib, hukumat, tijorat va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro integratsiyaning yangi shakllari yaratilishiga sabab bo’ladi.
    Bugungi kunda “elektron hukumat”ning yagona kontseptsiyasi yaratilgan, faqat har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyat va sharoitidan kelib chiqqan holda, hukumat fuqarolar va tijorat sohasi xizmatchilarining kerakli ma’lumotlarni olib ishlatishiga bo’lgan talablari majmuasi yaratilgan. Turli daraja va toifadagi foydalanuvchilarni yagona maqsad birlashtiradi, ularning qisqa vaqtda, kam sarf-xarajatda, eng yaqin yo’l orqali ma’lumot olish uchun samarali vositaga ega bo’lishlari, davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarining sodda, tezkor va qulay kechishini ta’minlaydi.
    Shunday qilib, “elektron hukumat” yaratishdan ko’zlangan maqsad:
    - aholi va tijoratga hukumat tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlarni optimallashtirish;
    - barcha saylovchilarning davlatni boshqarish va rahbarlik jarayonlaridagi ishtiroki darajasini oshirish;
    - fuqarolarning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishlari imkoniyatlari darajasini oshirish va quvvatlash;
    - fuqarolarning saviyasi va texnologik ta’minlanganlik darajasini oshirish;
    - o’zaroaxborot almashinuv jarayonlarida geografik jihatdan joylashish faktorlariga bog’liq ta’sirlar darajasini kamaytirish;
    - davlat boshqaruvida sarf-xarajatlarni kamaytirish, samaradorlikni oshirish, raqobatbardoshlikni ta’minlash va h.z.
    "Elektron hukumat” ma’muriyat boshqaruvi samaradorligi va unga bog’liq sarf-xarajatlarni kamaytiribgina qolmay, balki jamiyat va hukumat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tubdan o’zgartiradi. Bu o’z navbatida demokratik jamiyatning takomillashuvi va davlatning xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshiradi.
    “Elektron hukumat”ning joriy etilishi davlat va aholi munosabatlarini muvofiqlashtiradi, hukumatga bo’lgan xalq noroziligini kamaytiradi, davlat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro elektron muloqot va kelishuvlar tufayli siyosiy qarama-qarshiliklar barham topadi. Natijada, yangicha barcha jamiyat institutlari va tuzilmalarini: davlat xizmatchilari, tijoratni, tashabbuskor fuqarolarni, ta’lim tizimi va tadqiqotchilik institutlari, jamoa guruhlari va fuqarolik jamiyatini bog’lovchi Internetga asoslangan davlat boshqaruvi tuzilmasi shakllanadi.
    Odatda, “elektron hukumat”ni joriy etish jarayoni uch bosqichni o’z ichiga oladi:
    Birinchi bosqichda AKT vositasi davlat organlari axborotlariga tashkilot, korxona va fuqarolarning murojaatini tezlashtiradi, aniq manzilini belgilaydi. Bu bosqichni amalga oshirish uchun davlat organlari o’zlarining veb-saytlarini yaratadilar, ularga qonunchilik va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar, ularning kerakli shakllari, statistik va iqtisodiy ma’lumotlar kiritiladi. Bu bosqichning asosiy elementi - ma’lumotlarning tez yangilanishi, barcha davlat axborot resurslarini jamlovchi va “yagona oyna orqali” murojaatni ta’minlovchi davlat veb-portalining mavjudligi.
    Ikkinchi bosqichda davlat xizmatlari (ko’chmas mulk va er maydonlarini ro’yxatga olish, soliq dekloratsiyalarini to’ldirish, ruxsatnoma olish uchun arizalar berish) online rejimida taqdim etiladi. Bu bosqichga o’tish byurokratik to’siqlarga barham beradi, murakkab jarayonlar kamayadi, bevosita tashkilot rahbarlari bilan muloqot keskin kamayadi. Bu bosqichning amalda joriy etilishi hukumat organlariga elektron shaklda (e-servises) “yagona oyna” orqali haftaning 7 kuni va kunning 24 soati mobaynida xizmat ko’rsatadi.
    Uchinchi bosqichda davlat boshqaruvining barcha bosqichlarida hukumat siyosati ishlab chiqishning jarayonlarida fuqarolar va firmalarning siyosatchilar va rahbarlar bilan interaktiv munosabatlari orqali ishtiroki ta’minlanadi. Bu ishlar asosan veb-forumlar orqali amalga oshirilib, qonunchilik dalolatnomalari va me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, taklif va tavsiyalar jamlanaib, muhokama etiladi.
    Yangi texnologiyalarning joriy etilishi hukumatdan vaqt kategoriyalariga nisbatan juda e’tiborli bo’lishni taqozo etadi. Ma’muriy organlar tomonidan kelajakni o’ylab qabul qilingan qarorlar texnologiyaning rivojlanishi bilan tezda o’zgarmoqda. “Elektron hukumat”ni joriy etishda yo’l qo’yilgan xatolar moliyaviy jihatdan qimmatga tushadi, ayniqsa, fuqarolar va tijorat sohasi xodimlarining ishonchini yo’qotishdan ehtiyotkor bo’lishni talab etadi. Mamlakatning elektron hukumatga o’tishi hukumatning yangi sharoitga moslashish qobiliyati qay darajada shakllanganligini namoyish etish imkonini beradi. Raqobatli, jahonda yuz berayotgan izchil o’zgarishlar davrida elektron hukumatni joriy etish borasida olib borilayotgan islohotlardagi kechikish mamlakat iqtisodiy rivojlanishida qimmatga tushadi.
    Elektron xizmatning keng joriy etilishi uchun uni qog’ozdagi jarayonlar kabi tan olinishi va quvvatlanishi lozim. Shuningdek, online rejimida xizmat ko’rsatishni muvaffaqiyatli rivojlanishi axborotlarning daxlsizligi va xavfsizligini ta’minlashga bevosita bog’liq.
    Elektron texnologiyaning shakllanishi hukumat faoliyatida boshqaruv xarakteri o’zgarishini taqozo etadi. Axborot jamiyatida amaldagidan farqli o’laroq hukumat boshqaruv organlari vakolatlaridan kelib chiqqan holda yangi tuzilma va boshqaruv tamoyillariga o’tiladi. Odatdagi hukumat bilan yangi elektron hukumat boshqaruv mezonlari orasidagi farqni keltirib o’tamiz. Amaldagi qaror qabul qilish jarayonlari nazoratda va buyruqni bajarishga asoslangan bo’lsa, yangi usulda asosiy parametr sifatida rozilik va kelishuv ishlatiladi. Amaldagi boshqaruvda asosiy e’tibor huquq va vaqtga qaratilgan bo’lsa, zamonaviyda majburlanmagan meyorlarga, jamoaning taklif va tavsiyalariga, kelishuvlarga asoslangan. Amaldagi davlat hukumat va parlament, tarmoqli jamiyatda yangi boshqaruv ommaviy davlat shaklini: komissiya, forum, demokratik tashkiliy guruhlarni o’z ichiga oladi. Avval axborot boshqaruv uchun markazlashgan va maxfiy bo’lsa, endi axborot tarqalgan, ochiq tarmoqli bo’lib, tarmoqli forum, ta’lim va boshqalarni o’z ichiga oladi, axborot jarayonlari esa interfeys va protokollar bilan bog’langan. 
    Odatda “elektron hukumat”ning uchta asosiy elementi ajratiladi:
    1. Elektron vositalar yordamida ommaning fikrini (fuqarolar tarmog’i, ovoz berish va boshqalar) shakllantirish va qarorlar qabul qilishga asoslangan elektron demokratiya hamda ishtirok (e-democracy and participation);
    2. Elektron vositalar yordamida o’zaro ommaviy, xususiy va ommaviy institutlar o’rtasidagi hamkorlik shakli elektron foydalanish tarmog’i (electronic production network) hisoblanadi;
    3. Foydalanuvchilarga, xususiy shaxs yoki jamoaga mahalliy, hududiy yoki milliy portal orqali xizmatni taqdim etishga asoslangan ommaviy elektron xizmat (electronic public services).
    Ushbu elementlar u yoki bu ma’noda siyosiy tizimga aloqasi bor. Shuning uchun ham “elektron hukumat” siyosiy ma’muriy tizimda amalga oshirilayotgan o’zgarishlarni o’rganish imkoniyatini beradi.
    “Elektron hukumat”ni ikki ma’noda talqin qilish mumkin: Birinchisi – yangi axborot texnologiyalari asosida davlat boshqaruv faoliyatini takomillashtirish ma’nosini anglatib, oxir-oqibatda aholiga samarali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Ikkinchisi – faqat tashkilotlararo munosabatlar xarakterini yangilabgina qolmay, balki, davlat boshqaruvining jamiyat bilan o’zaro munosabatlarini to’liq yo’lga qo’yadi.
    Shunday qilib, “hukumat elektron” vositalar yordamida aholiga, biznes-tashkilotlarga samarali xizmat ko’rsatadi, hukumat tuzilmalari o’rtasidagi munosabatlarni ham takomillashtiradi. Bunda quyidagi natijalarga erishish mumkin:
    - hukumat va jamiyat o’rtasidagi hamkorlik shakllarini kengaytirish va mustahkamlash;
    - fuqarolar va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish;
    - ish va boshqaruv faoliyati sharoitining o’zgarishiga muvofiq ravishda tez va samarali moslashish;
    - aholi va biznes-tuzilmalarga interaktiv xizmat turlarini kengaytirish va optimallashtirish, xizmat to’lovlari miqdorini muntazam kamaytirib borish;
    - davlat boshqaruvida tashkilotlararo o’zaro munosabatlar samaradorligini oshirish;
    -  davlat boshqaruv tizimida etuk mutaxassislar salohiyati va saviyasini oshirish;
    -  aholiga va biznes-tuzilmalarga xizmat ko’rsatishda davlat xizmatchilari mas’uliyatini oshirish, davlat boshqaruvi faoliyati shaffofligi darajasini oshirish. 
    Iqtisodiy boshqarish sub’ekti sifatida “elektron hukumat”ning vazifalari:
    1. Maqsadli – asosiy milliy iqtisodiy rivojlanish yo’nalishlari va prioritetlarini, maqsadini aniqlash.
    2. Me’yoriylashtiruvchi – hukumat qonunchilik, me’yoriy - huquqiy bazalariga asoslanib, iqtisodiyot sub’ektlari uchun faoliyat qoidalarini belgilaydi, faoliyat doirasi huquqlarini aniqlaydi.
    3. Muvofiqlashtiruvchi – jamiyatning yashash sharoitini ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan mo’’tadilligini ta’minlash va salbiy oqibatlarga olib kelishini bartaraf etish, takomillashuv jarayonlarini rivojlantirish maqsadida iqtisodda resurslarni taqsimlash.
    4. Ijtimoiy – hukumat tomonidan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirish, foydani taqsimlash, ijtimoiy himoyani, ijtimoiy huquq va kafolatni ta’minlash.
     
    -
    Elektron xuqumat strukturasi.
    5. Bozor sektori bo’lmagan iqtisodiy boshqarish - iqtisodning davlat sektorini muvofiqlashtirish, ijtimoiy jamiyat mahsulotlari va xizmatlarini yaratish.
    6. Rag’batlantiruvchi – faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlariga samarali ta’sir ko’rsatish va jamiyat yo’nalishlari uchun ma’qul bo’lgan iqtisodiy jarayonlarni rag’batlantirish.
    7. Nazorat qiluvchi – davlat nazorati va qonunlar me’yoriy - huquqiy hujjatlar, belgilangan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy standartlar ijrosini nazorat qilish.
    “Elektron hukumat”da iqtisodiy vazifalarning bajarilishi byudjet, moliyaviy-kredit, tuzulmaviy, investitsion, baholash, ijtimoiy, tashqi iqtisodiy va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yo’nalishlari mexanizmlarini yaratish orqali amalga oshiriladi.
    Davlat boshqaruv qarorlarining ijrosini ta’minlashda salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar to’rt guruhga bo’linadi:
    1. Axborotning cheklanganligi.
    2. Hukumatning qabul qilgan boshqaruv qarorlariga jamiyat munosabatini to’liq nazorat qila olmasligi. (Jamiyatning qiziqish ehtiyojlari va imkoniyatlarini inobatga olmagan holda bir tomonlama boshqaruv qarorlari qabul qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin).
    3. Siyosiy jarayonlarning takomillashmaganligi (saylovchilar ta’sirida, ijtimoiy guruh qiziqishi, ayrim davlat organlari tomonidan noto’g’ri siyosat yuritish va boshqaruvning muvofiq usullarini qo’llamaslik holatlari va hokazo.
    4. Davlat apparatini nazorat qilishning cheklanganligi (boshqaruv xodimlari sonini oshirib yuborish, byudjet sarf-xarajatining oshib ketishi).
    Iqtisodiy qarorlar qabul qilishda bozor va hukumat kamchiliklarining ta’siri natijasini taqqoslagan holda davlat boshqaruvining optimal shakli va chegaralarini aniqlash mumkin.
    Odatda, davlat boshqaruvining to’rtta modeli amalda keng tadbiq etiladi.
    1. Amerika modeli. Liberallashgan milliy iqtisodni boshqarish tizimida iqtisodiy jarayonlarda bozor munosabatlarini muvofiqlashtirishga asosiy e’tibor qaratiladi. Davlat boshqaruvida huquqiy bazalardan foydalanish usuliga asoslanib, jamiyatning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratiladi. Amerika modelida jamiyat va iqtisodni boshqarishda hukumatning aralashuvi juda kam. Bu o’z samarasini bermoqda. Olimlarning ta’kidlashlaricha, demokratik davlat boshqaruvi jamiyat va iqtisodni dinamik ravishda rivojlanishini ta’minlamoqda.
    2. Yapon modeli. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini iqtisodiy va shakllanmagan davlat boshqaruv turli usullaridan foydalanib, markaziy muvofiqlashtirish. Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanishining o’ziga xos xususiyati bozor munosabatlarini shakllantirish mexanizmi asosida davlat korporativ tuzilmasi yotadi. Bunda jamoaning dunyoqarashi, hamjihatliligi, shaxsning qiziqishi, jamoa va davlat siyosatiga tobeligi asosiy mezon hisoblanadi.
    3. Nemis modeli. Milliy iqtisodiy-ijtimoiy boshqaruv tizimi asosida bozor munosabatlari (asosan raqobat) va davlat darajasida fuqarolarni samarali ijtimoiy himoya qilish tizimini yaratish yotadi.
    4. Shved modeli. Davlat ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvida hukumatning bevosita ishtirok etishi asosiy holat hisoblanadi. Bunda asosiy faktor tenglik va hamjihatlilik hisoblanadi, xalqni ijtimoiy himoya qilish tizimini yaratish, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida hukumatning bevosita ishtirok etishi ko’zda tutiladi.

    Download 1,27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron xuqumatni joriy etish bosqichlari

    Download 1,27 Mb.