|
Mavzu: Sezgi organlari
|
bet | 1/5 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 490,21 Kb. | | #145200 |
Bog'liq yer qatlamlariatmosfera TABIATDAN OQILONA FOYDALANISH: ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISH
Atmosfera – Yerning havo qobig`i
Iqlim va uni hosil qiluvchi omillar
Atmosfera tarkibining o’zgarishi
Iqlimning global isishi va aholi salomatligiga ta’siri
4
1
2
3
Mavzu: ATMOSFERA
Reja:
Atmosfera yunoncha, “atmos” - bug’ “sfera” – shar degan ma`noni anglatib, geografik qobiqning eng yuqori qismini egallagan, yengil va serharakat havo qobig’idir. U yerning boshqa qobiqlari bilan uzviy aloqada bo’lib, o’zaro ta’sir etib turadi.
Atmosfera samodan keladigan meteor jismlardan, Quyoshning tirik organizmlar uchun zararli bo’lgan ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi. Atmosfera bo’lmaganida Yer yuzi +120 Cgacha qizib, tunda esa -180-200C gacha sovub ketar edi. Havo qobig’I Yer yuzini shaffof ko’rpa kabi asrab turadi. Yer o’ziga tortishish kuchi bilan havoni ushlab turadi, shuning uchun ham sayyoramizda atmosfera bor.
Havodagi gazlarning 78 % ini azot (N2), 20.8 % ini kislorod (O2) tashkil etadi. Bundan tashqari karbonat angidrid, inert gazlar, suv bug’lari, changlar ham bor. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo’lib 1774 – yilda fransiyalik olim A. Lavuazye aniqlagan.
Your Text
Your Text
Your Text
Your Text
Your Text
Your Text
Inert gazlar
2.2 %
Kislorod
20.8 %
Azot
78 %
Atmosferaning
gaz tarkibi
Atmosfera qatlamli tuzilishga ega bo’lib, ular bir – biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Quyi qatlam troposferaga ( yunoncha burilish) atmosfera havo massasining 80% i to’g’ri keladi. Bu qatlamda: ob-havo, iqlim, shamollar, yog’inlar kuzatiladi. O’rtacha qalinligi 10 – 11km bo’lib, ekvatorda 17 km, qutblarda 17 km. Bu qatlamda bulutlar paydo bo’ladi. Havo harorati har 100 m ga ko’tarilganida 0.6 C ga soviydi. Troposferadan yuqorida stratosfera (yunoncha stratum – qatlam). Yuqori chegarasi 50-55 km gacha. Qatlamning quyi qismida havo harorati -45C dan -75C gacha pasayadi. Lekin yuqoriga ko’tarilgan sari havo isib, -10C gacha ko’tariladi. Undan yuqorida mezosfera ( 80-85 kmgacha), termosfera ( 1000 km gacha), ekzasfera (2000 km gacha) qatlamlari joylashgan.
|
| |